Kbk: 84(5O‘zb)7
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Қизлар дафтарига (3)
Yomon kelin
Kajirani nikoh oqshomining ertasiga, tong endi ko‘z uqalay boshlagan subh sodiqda kelin salomga olib chiqishdi. Qaynata-qaynana, qaynag‘a- qaynegachi, amma-xola, yaqin-uzoq qarindoshlar ataganlarini ushlab qator turishardi. Kajira boshiga solingan harir hind-u ro‘moli ostidan ularga qaradi-yu, birdan yuragi orqasiga tortib ketdi. Voy, qorang o‘chgurlar-ey, na muncha ko‘p? Shuncha odam ichida qanday kun ko‘raman-a! Yo‘q, bular yeb tashlashadi meni!» – deb o‘yladi u. Kajira yanga e’loni bilan avval qaynatasiga salom berdi. Kelinchaklarga yarashgan bir ado bilan ta’zim qilmadi, yo‘q, kekkayganicha kallasini bir siltab qo‘ydi. Qaynatasi ataganini boshiga qo‘yib, uzoqdan uzoq duo qildi, yetti pahlavon o‘g‘il-u, yetti jonon qiz tiladi, ahil bo‘linglar, totuv yashanglar, dedi. Qaynanasi ochiqqina, xushchaqchaq xotin ekan, kelinining boshiga yangi chiqqan bir kiyimlik alomat atlas, antiqa ro‘mol, yana allanimalar qo‘yib, u betidan-bu betidan cho‘lp-cho‘lp o‘pdi. U ham baxt-saodat, uzoq umr, totuv hayot tiladi. Le kin bu narsalar Kajiraga yoqmadi. Yangasi qo‘ymaganiga ham qaramay, boshqalarga salom bermasdan, ich- kariga kirib ketdi. Hamma hang-mang bo‘lib qoldi. Yanga orqasidan halloslab kirdi. – Bu qanaqa sharmandagarchilik?! Nomusga o‘ldirding-ku! E, xayf-e! – dedi u, xunobi chiqib. Kajira, xuddi hech narsa bo‘lmagandek, hiringlab kuldi. – Qo‘yavering, yangacha, hechqisi yo‘q. Tuyaga yantoq kerak bo‘lganda bo‘ynini cho‘zgan ekan, 126 bularga ham kelin kerak bo‘lsa, boshimga tosh qo‘ymasdan oyog‘imga bosh qo‘yishsin. Ha, oyog‘imga bosh qo‘yishsin. Men bularga «pochinitsa» qilmay man. Qo‘yavering, yangacha, o‘zlari yalinib kelishadi hali! Yanga nima qilishini bilmay gangib qoldi. U deb ko‘rdi – bo‘lmadi, bu deb ko‘rdi – yana bo‘lmadi. Kajira kajrlik qilib turib oldi. Oxiri yanga: – Endi buyog‘i nima bo‘ladi – o‘zingga bog‘liq. Yaxshi bo‘lsang – oshingni yeysan, yomon bo‘lsang – boshingni! – dedi-yu, cho‘rt o‘girilib chiqib ketdi. Kajiraga zarracha ham ta’sir qilmadi bu o‘rinli ta’na. Agar kelin salom malol kelgan, xo‘rlikday tuyul gan bo‘lsa – bunda ham o‘zi aybdor. Nimaga desangiz, taomilimizda qaynata-qaynana bilan tanishish bahonasida salom berish bor, xohlasang, salomga olib chiqaylik, yo‘q desang, mayli, o‘zing bilasan, deyishganda, Kajira qarshi turmadi. «Mayli, taomili mizda nima bo‘lsa – shu-da», dedi. Mana endi salomni tashlab ketib, o‘zini xunuk ko‘rsatib qo‘ydi. Xayr, bu ham-ku o‘tdi-ketdi. U keyin ham o‘zini qo‘lga olmadi. Qaynanasi bilan qaynatasini erining hurmat qilinishi lozim bo‘lgan ota-onasi o‘rnida ko‘rmay, u deyishsa, bu dedi, bu deyishsa, u deyaverdi. Ularning aytganini emas, o‘ziga ma’qulini qilaverdi. Dard desa, balo dedi. Ayb o‘zida ekani ravshan ko‘rinib turgan nojo‘ya- likda ham o‘zini oqlab, bosh qalarni qoralay verdi, o‘tirsa – o‘poq, tursa – so‘poq, deyaverasizlar, sizlarda insof yo‘q, odamgarchilik yo‘q deb qaynanasi bilan qaynatasiga do‘q uradigan odat chiqarib oldi. Hatto, bir kun: «Tfu! Basharalaring qursin!» – deb so‘ka-so‘ka ko‘chaga ham chiqib 127 ketdi. Bolamiz xafa bo‘lmasin, qaylig‘ining xunuk ishlarini eshitib ezilmasin, deb ular o‘g‘illariga aqalli bir marta ham shikoyat qilishmadi. Kelin esa eri ishdan keldi deguncha, hormang, eson- omon ishlab keldingizmi, deb ko‘ngil olish o‘rniga otang u dedi, onang bu dedi, deb yurak-bag‘rini ezar edi. Uning eng yomon qiliqlaridan biri – uyida o‘tgan past-baland gapni darrov onasinikiga ko‘tarib borishi edi. – Meni kimga berdinglar? O‘lar bo‘lsam o‘lib bo‘ldim! Otasi u deydi, onasi bu deydi, kuyovin- giz esa ota-onasini mundoq bosib qo‘yish o‘rni- ga nuqul kuchi menga yetadi. Sen o‘zing unaqa- san, sen o‘zing bunaqasan, deb kun bermaydi, yo‘q, chiqaman. Yaxshilikcha borib ajratib oling- lar. Bo‘lmasa-chi, ha-da, keyin yomon bo‘ladi – o‘zimni... – Hay-hay, jon bolam, ajratib olamiz, unaqa dema, o‘rgilay, – deydi onasi, yo‘lga otlanib. Kajiraning onasi ham qiziga o‘xshash yen- giltabiat xotin ekan. Qizini shashtidan tushirish, unga nasihat qilish o‘rniga qudalari bilan urishgani chopaverardi. «Men qizimning qo‘lini sovuq suvga urdirmaganman. Endi kelib sizlarning axlatlaringizni tozalaydimi! Yo‘q, men buni sizlarga cho‘ri qilib emas, o‘g‘illaringizga qayliq, uyingizga beka qilib berganman!» – deb Kajirani yetaklab ketardi. Lekin Kajira bir yerda qanoat qiladigan qiz emas ekan. To‘rt-besh kun yo‘q bo‘lib ketgandan keyin onasinikiga ham sig‘may yana qaytib kelar, shunda ham burniga suv kirmay eski qilig‘ini yana qilaverar edi. Axiri bir kun pichoq suyakka yetdi-yu, eri bosig‘i bilan so‘radi: 128 – Kajiraxon, ular-ku, siz da’vo qilganingizdek, bo‘lar-bo‘lmasga janjal chiqarishib, sizni, nohaq xafa qilishar ekan, shundoqmi? Kajira shu to‘g‘ri gapga ham sapchib ketdi. – Xafa qilisharmish-a! Qonimni ichishyapti! Qonimni! – Xo‘p, faraz qilaylik, qoningizni ham ichish- yapti... – «Faraz qilaylik» emish! Farazi yo‘q! Siz shu- naqasiz, uzzukkun o‘sha... ota-onangizning yo ni ni olasiz. – Munchalik ko‘pchimang, Kajiraxon, og‘ir o‘tirib gaplashaylik. Xo‘p, farazi yo‘q bo‘lsa, yo‘q bo‘la qolsin. Xayr, ular-ku, qattiq-quruq gapirib sizni xafa qilishar ekan, a? Kajira to‘ng‘illab: – Ha! – dedi. – Siz-chi, siz ularga shirin gapirasizmi, gaplarini qaytarmaysizmi? – Podumayesh! Nimaga qaytarmas ekanman! Qaytaraman! Ammamning buzog‘iga o‘xshab lallayib o‘tiramanmi?! Nima, meni bu yerga tili yo‘q, zaboni yo‘q qul qilib berishganmi? Net, izvinyayus! Men, bilasizmi, kimman? Bilmasangiz bilib qo‘ying, ha, bilib qo‘ying: men institutni bitirgan oliy ma’lumotli zamonaviy qizman! Otam doktor, professor! Oshlarini oshab, yoshlarini yashab qolgan allaqanday chol-kampirning mog‘orini yuvasan, deb o‘qitishgan emas meni oliygohda! Tavba, shunaqayam aralashqoq bo‘ladimi odam degan! Hali o‘rningni yig‘ishtirmabsan, deb dakki berishadi, hali idish-tovoqlar yuvuqsiz qolibdi, deb dashnom berishadi, nima, men ota-onangizdan so‘kish eshitgani kelibmanmi eshigingizga?! 129 Erining sabr kosasi to‘ldi. Shunday bo‘lsa ham, yana jahlini bosib dedi: – Yo‘q, Kajiraxon, unchalik emas. O‘ylab ko‘rdin- gizmi-yo‘qmi, o‘zingizda ham ayb bor, albatta. Misol keltiraymi? Xo‘p. Masalan, men ertalab ishga ketayot ganim da turib choyimga qaramaysiz, yotgan yerin gizda qimir etmay yotaverasiz. Yaxshi emas-da. Kajira jahli chiqqanidan ko‘karib ketdi. – Nimasi yaxshi emas, uyqumni harom qilib, sizga choy damlab kelmaganimmi? – dedi Kajira chinqirib. – Yo‘q, izvinyayus, men sizning oqsochingiz emasman, xotiningizman! Ha, xotiningizman. Bizning zamonda er bilan xotin huquqi bab-baravar. Ha, esingizdan chiqmasin – bab-baravar! Eri zaharli qilib jilmaydi. – To‘g‘ri, bab-baravar. Ha, bizning zamonamizda er bilan xotin huquqi bab-baravar. Men buni qarsak lar bilan, jon-dilim bilan olqishlayman. Lekin shunisi quvonchliki, bu baravarlik siz o‘ylaganingizcha emas. Ishga ketayotgan erini choy ichirib jo‘natish oqsoch likka kirmaydi. Odamiylikka kiradi. Odamiylikka, Kajira! – E-e, baqirma-e! Meni senlarning uyingga qonini ich, yuragini ez, bos, topta, deb keltirib tashlashganmi?! Turmayman! To‘ydim! Shundan keyin eri ortiq insofga ham chaqirmadi, yalinib-yolvorib ham o‘tirmadi, uyimiz buzilmasin, achchig‘ingizdan tushing ham demadi. Yuklarini mashinaga ortib, onasinikiga oborib tashladi. Nachora: Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling