Kbk: 84(5O‘zb)7
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Қизлар дафтарига (3)
matlarida: «Uyning oroyishi, uylikning osoyishi
– xotinda; jamoli bo‘lsa – ko‘ngilga marg‘ub, aqli bo‘lsa – jonga matlub; aqlli bo‘lsa – ro‘zg‘orda intizom, uying tartibli-yu saranjom; qayg‘uli kunda hamdaming, dardli damda malhaming; yomon tillik bo‘lsa – ko‘ngil yaroliq, yomon ishlik bo‘lsa – yuz qaroliq!» – degan edi. «Xotin pokiza bo‘lsin, erga sodiq do‘st, vafoli yor bo‘lsin, hayoli, andishali, tili totli bo‘lsin; xushfe’l, xushatvor bo‘lsin», deydi dono xalqimiz. Har bir ayol, har qancha huquqqa, har qancha amalga, har qancha davlat va mavqega ega bo‘lganda ham xalqimizning bu dono o‘gitlarini esda tutishi lozim. Xotin-qizlarimizga berilayotgan beqiyos imkoniyat va imtiyozlar, doimiy g‘amxo‘rlik va e’tibor, shubhasiz, biz ayollarning boshlarimizni osmonga yetkazadi. Lekin bu ulug‘ ne’matlarni suiiste’mol qiluvchilar ham borligi bizni afsuslantirmay qo‘ymaydi. Nazarimizda, ba’zi ayollar bu oliyjanob imtiyozlardan kibrlanib ketishayotganga o‘xshaydi. Ayrim ayollarning xulq-atvori, yurish-turishi, jamiyatda o‘zini tutishi, axloq-odob doirasiga sig‘maydigan betayin qiliqlari bizni o‘ylatib qo‘yyapti. Erkaklar bilan huquqimiz bir deb, erni er o‘rnida ko‘rmaydigan ayollar ham ba’zan uchrab qoladi. Bunday ayollar teng 144 huquqlik zamirida o‘zlarining ayollik latofatlarini, oilaga, bola-chaqaga mehr-u muhabbatlarini, ayniqsa, ayollik latofati, andishasini orttiruvchi kuch borligini anglamasalar kerak. Yaxshi ayol har qanday sharoitda ham o‘z latofati va mehr-u shafqatini yo‘qotmaydi. Xoh olima, xoh shoira, xoh baland martaba sohibasi bo‘lsin, baribir, u hamma sharoit va muhitda ayol, xotin, ona bo‘lib qoladi. Shuning uchun kerilib- gerdayish, men falonchiman, deb havolanish, erga o‘dag‘aylash – ayol sha’niga isnod. Juda katta isnod! Yaxshi xotin erini o‘ziga faqat umr yo‘ldoshi debgina tushunmaydi. Ayni zamonda bolalarining g‘amxo‘r otasi, oilasining suyanchig‘i, o‘zining zabardast himoyachisi ham deb tushunadi. Erining shunaqaligidan faxrlanadi. Axir, er uyda bo‘lsa, hammayoq yorishib, to‘lib ketganday bo‘ladi. Qizlarim, har bir xotinning o‘ng quloq-so‘l qulog‘ida bo‘lsin; er – oila boshlig‘i. Uni izzat qilish kerak. Er kelishi bilan uy fayzga to‘lib ketadi, hamma narsaga ruh, jon kiradi. Lekin bu narsa o‘z- o‘zidan bo‘lmaydi. Buni xotin, ya’ni er hurmatini joyiga qo‘ygan yaxshi xotin vujudga keltiradi. Er ko‘chadan kirganda, yaxshi xotin «hormang» deb kutib oladi, shirin gapirib, shirin qabul qiladi. Bolalari sho‘xlik qilayotgan bo‘lishsa, ularni tinchitadi, eri oldiga choy keltirib, hol so‘raydi. Biron gap bo‘lsa, yotig‘i bilan aytadi. «Ertalab ta- yinlagan narsamni qilmabsiz!» – deb do‘q urmaydi. Ishdan charchab kelgan erini bema’ni g‘idi-bidilar bilan ta’bini xira qilmaydi. Ovqatini zaharga, to‘shagini tikanga aylantirmaydi. Ba’zi betamiz xotinlar erdan baland kelish maqsadida uni xo‘rlaydilar. Ana shunday payt- 145 l arda er janjalni gazak oldirmaslik uchun o‘zini bossa, farosatsiz xotin, mendan qo‘rqyapti, deb avjiga chiqadi. Hatto uy sirini ko‘chaga olib Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling