Kbk: 84(5O‘zb)7


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/33
Sana09.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#260913
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
Қизлар дафтарига (3)

Yaxshi kelin
Shakarxonni nikoh oqshomining ertasiga
tong endi ko‘z uqalay boshlagan subh sodiqda 
kelin salomga olib chiqishdi. Qaynata-qaynana, 
qaynag‘a-qayn egachi, amma-xola, yaqin-uzoq 
qarindoshlar ataganlarini ushlab qator turishardi. 
Shakarxon boshiga solingan harir hind-u 
ro‘moli ostidan ularga qaradi-yu, yugurib borib 
qatorlariga turib olgisi keldi. Shunchalar yaqin, 
shunchalar aziz ko‘rdi ularni o‘ziga!
Shakarxon yanga e’loni bilan avval qaynatasiga 
ikki bukilib salom berdi. Qaynatasi ataganini 
uning boshiga qo‘yib, uzoqdan uzoq duo qildi. 
Yetti pahlavon o‘g‘il-u, yetti jonon qiz tiladi. Ahil 
bo‘linglar, totuv yashanglar, dedi. Qaynanasi 
esa, Shakarxonning boshiga bitta sopol laganni 
to‘q etkazib qo‘ydi-yu, duo ham qilmay, qayrilib 
ketaverdi. Yer yorilmadi-yu, Shakarxon yerga 
kirib ketmadi. Birinchi kundanoq shunaqa 
sovuq muomala boshlansa, keyin nima bo‘ladi? 
Shakarxon shu narsalarni o‘yladi-yu, ustidan 
bir chelak sovuq suv quyib yuborilgandek bo‘ldi. 
U hozirgi holatida o‘zini yer ustida emas, jar 
ostida his qilardi. U bir entikib o‘zini orqaga 


123
oldi, ko‘zlari tindi, quloqlari shang‘illab ketdi. Bu 
shang‘illash Shakarxonga hozirgina bitta sopol 
laganni boshiga to‘qillatib qo‘yib chiqib ketgan 
qaynanasining xunuk baqirig‘iga o‘xshar edi. U 
o‘zini yo‘qotib, nes bo‘lib qoldi. Endi u kimlarga 
salom berdi – bilmadi, kimlar nima dedi – uqmadi. 
Faqat uyga kirgandagina o‘ziga keldi. Yanga shu 
yerda edi, u ma’yus dedi:
– Bu qanaqasi bo‘ldi, a, opa? Qaynana ham 
shunchalik bemehr bo‘ladimi? Tavba! Halitdan 
shunday qilsalar, keyin nima bo‘larkin, a?
Yanga uning qalbida tutay boshlagan o‘tni 
yondirmadi. O‘zini og‘ir tutib, bosiq ovozda dedi:
– Nima bo‘lishi o‘zingga bog‘liq, aylanay. Yaxshi 
bo‘lsang, ular ham yaxshi bo‘lib ketadilar. Yomon 
bo‘lsang-chi, hali buni holva bilaver. Odamni 
odam ilitadi, esingda bo‘lsin! – dedi yanga
Shakarxonga dalda berib.
Shakarxon yangasining aytganini qildi. Qay-
nanasi bilan gaplashganda tilidan bol tomardi,  
dakki-dashnom eshitganda lab-lunjini osiltirib, 
qora bulutga o‘xshab olmay, charaqlab kular, 
ayniqsa, bir narsani unday qilmabsiz, bunday 
qilmabsiz desa, voy kallam qursin-ey, aqlim 
yetmabdi-ya! Xo‘p, oyijon, siz aytga ningizday 
qilaman. Basharti undan ham orttirib qoyil qilib 
qo‘ysam – urishmaysizmi? A, oyijon, urishmay-
sizmi? – deydi-yu, charaqlab kelib, qaynanasini 
u betidan-bu betidan cho‘lp-cho‘lp o‘pib oladi. 
Jahli chiqib, qumortqisi oqib turgan serjahl 
qay nanasini ana shunaqa hazil-mutoyiba bilan 
yengib yuboradi. Shakarxonning bu uyda ildizi-
ni mustahkam qilgan, qaynanasini asta-sekin 


124
ilitib olishiga imkon bergan fazilatlaridan biri 
– chaqimchi emasligi bo‘ldi. U qaynanasidan 
haqsizlik, adolatsizlik ko‘rsa ham, ilon po‘st 
tashlab yuboradigan yomon gaplar eshitsa ham 
ichiga yutib, alamini kulgi bilan yengib yuraverdi.
Shakarxon asil kelin ekan. Qaynanasidan 
ko‘rgan adolatsizliklarning birontasini eriga 
aytmadi, ko‘z yoshi qilib zorlanmadi, onangiz 
undoq dedi, onangiz bundoq dedi, deb erining 
yuragini ezmadi. Ayniqsa, unday bo‘ldi, bunday 
bo‘ldi, deb onasining oldiga yig‘lab bormadi. 
Aksincha, hech qanday jafo ko‘rmagan baxtli 
odamday, ota-onasining oldiga kulib borib, kulib 
kelib yurdi. Shakarxon bu ko‘rgiliklarni ertami-
kech shifo topib ketadigan o‘tkinchi dardga 
o‘xshatar, shifo kuni ke lishini qanoat bilan ku-
tar edi. Shu taxlit kunlar, oylar o‘tdi. Qildan 
qiyiq topadigan, o‘zining gapidan o‘zgasini tan 
olmaydigan, qaysar, kajr qaynana Shakarxonni 
shunchalar yaxshi ko‘rib qoldiki, uni yerga ham, 
ko‘kka ham ishonmay e’zozlaydigan bo‘ldi. Qizig‘i 
shu bo‘ldiki, tabiatan qo‘rs, tars-turs gapiradigan 
qaynanasi Shakarxon sharofati bilan noppa-
nozanin muloyim, yumshoq so‘z ham bo‘lib qoldi.
– «Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi» 
deganlari shu ekan-da! – deb quvonadi qaynatasi, 
xotinining yumshoq bo‘lib qolganidan terisiga 
sig‘may xursand bo‘lib.
Ha-da:
Gulki berdi tikan zahriga bardosh
Bo‘ldi oqibat gul misoli quyosh.


125

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling