Kbk: 84(5O‘zb)7
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Қизлар дафтарига (3)
chin muhabbat foydasiga keltirgan dalillaringiz
har qancha asoslidek ko‘rinsa ham, baribir, men o‘z fikrimda qolaman. Sababimi? Sababi bor, albatta. Bo‘lganda ham bitta emas, istaganingiz qadar. Lekin men shulardan faqat bittasi ustida to‘xtayman. Bilim yurtimizda Sabohat degan bir qiz bor edi. A’lo baholarga o‘qirdi, bo‘sh vaqtlarini badan tarbiyasiga bag‘ishlar edi. U bilan ikki yil birga o‘qidim. Juda odobli, hayoli qiz edi. Sinfimiz qizlari kechqurunlari birgalashib dars tayyorlar edik. Shunday paytlarda muhabbatdan gap chiqib qolsa, u o‘zidan o‘zi qizarib, yonimizdan turib ketardi. Sevgidan gap ketganda dugonalaridan ham uyaladigan shunday hayoli, shunday iboli bir tortinchoq qiz oradan yarim yil ham o‘tmay mana shu sevgi o‘tida yona boshladi! Balki tafsil kerakdir? Marhamat, opoqi. Biz har xil tumanlardan kelganimiz uchun bilim yurti yotog‘ida turardik. Kechki paytlarda qo‘limizni band qiladigan uy ishlari bo‘lmagani uchun kim kitob o‘qir, kim rasm chizar, kim jismoniy tarbiya bilan qomatiga chiroy berardi. Sabohat ikkalamiz yugurishni yaxshi ko‘rardik. Uzun, chiroyli oyoqlarini xuddi tog‘ ohusidek chaqqon tashlab, hamma vaqt mendan o‘zib ketardi. U bir necha marta yugurish musobaqalarida qatnashib, bilim yurtimiz sharafini 60 yuksaklarga ko‘tardi. Bo‘y-basti kelishgan, ko‘zlari kulib turgan, chehrasi ochiq shunday dilrabo, shunday jonon qiz uch oy deganda bir yomon kasri bilan dori ichib kasalxonaga tushib qoldi. Men nodon o‘zim bilan, darsim bilan bo‘lib, g‘aflatda qolibman. Xayriyatki, doktorlar bir amallab jonini saqlab qolishdi, ammo avvalgi quvnoq, baxtiyor Sabohatdan juda kam narsa qoldi. Endi u zamonlar o‘tgan sari rangini yo‘qotgan, xiralashib qolgan eski suratga o‘xshar edi. Men voqeani eshitib, darrov kasalxonaga yetib bordim. Sabohat bir ahvolda yotar edi. O‘ziga kel gandan keyin hamma gapni aytib berdi. Ich-ichidan ezilib, yig‘lab o‘tirib gapirdi. Ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kilar, hiq- hiqidan nafasi bo‘g‘ilib qolar edi. Men bir narsani o‘ylab, qo‘rqib ketdim. Uning dard bilan, alam bilan to‘liq gaplari o‘limi oldidan gunohlariga tavba qilayotgan bemor gapiga o‘xshab ketdi. Men ham chiday olmay yig‘lab yubordim. Gap bunday bo‘pti: o‘sha kechasi Sabohatning tushiga onasi kiribdi. Bir ahvolda yig‘lab, sochlarini yulib yurgan emish. Yomon hodisa bo‘ldi, shekilli, deb qo‘rqipti-yu, darsdan keyin shaharlararo telefon stantsiyasiga borib, onasi bilan telefonda gaplashibdi. Onasining mehribon ovozini, uydagilarning tinch, sog‘- salomat ekanliklarini eshitib, zaldan xursand chiqib kelayotgan ekan, eshik tomondan bir sur yigit kelib: «Ketmay turing, hozir chiqaman, birga ketamiz», debdi. Bir begonaning tomdan tarasha tushganday gapi unda hushyorlik uyg‘otishi kerak edi, lekin buning aksi bo‘pti. Qarang, Sabohatning ko‘zlari uning ko‘zlari bilan to‘qnashibdi-yu, yuragi jiz etib, butun vujudini g‘alati bir o‘t 61 olibdi. Sabohat qanchalik tortinchoq, uyatchan qiz bo‘lishiga qaramay, yigitning o‘t chaqnagan ko‘zlari sehridan nes bo‘lib qopti. «Menga nima Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling