Kbk: 84(5O‘zb)7


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/33
Sana09.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#260913
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
Қизлар дафтарига (3)

bormi, yo‘lini ayting, ustoz! Ey, attang, yaxshi 
ish qilmabman! Ha, ha, yaxshi ish qilmabman! 
Yaxshi ish qilmaganimni mana endi, sharmanda 
bo‘lganimdan keyin angladim... Angladim-u, u 
ahdi yolg‘onni hech qachon, hech mahal yonimga 
yo‘latmaslikka so‘z berdim. O‘zim-o‘zimga so‘z 
berdim. So‘z? O, so‘zni ham so‘zida turadigan 
bersin ekan! Men bo‘lsam turmadim. Yo‘q-yo‘q, 
turolmadim. Men u yolg‘onchini jonimdan ortiq 
sevar, yo‘lida hasrat chekib yurar edim. Nimayam 
bo‘ldi-yu, bir kun yo‘limdan chiqib qoldi. Teskari 
burilib ketolmadim. O‘tirib gaplashdik, yurib 


69
gaplashdik, uzoq gaplashdik. Goh xo‘rligim kelib 
yig‘lar, goh bu o‘tkinchi baxtli onlardan quvonib 
kular edim...
Kim eshitadi endi mening oh-u zorimni! Axir, 
o‘sha «seni jonimdan ortiq sevaman», deb ont 
ichgan, oyoqlarimga bosh qo‘yib qasamyod etgan 
nomard meni badnom qilib ketdi. Men esam uyatli 
qilmishim o‘tida yonib, sharmandayi sharmisor 
bo‘lib qoldim... Ayting, aytinglar, odamlar, endi 
nima qilay, bu uyatli boshimni qaylarga uray?!»
Maktub faryodidanmi, Saodat buvining boshi 
past ga tushib ketdi. Ko‘zoynaklari ostida bir nima 
yiltira gandek bo‘ldi. Yig‘ladimi, anchagacha bir 
nima demay, chap qo‘lining barmoqlari bilan 
lablarini to‘sib o‘tirdi. Qizlar ham xuddi og‘ir yuk 
ostidadek ezgin edilar.
Tursunoy og‘ir turib kelib, buvijoniga termosdan 
choy quyib tutdi. Saodat buvi choydan ustma-
ust ho‘pladi. Ana shundan keyingina yuziga qon 
yugurib, gazetani yana qo‘liga oldi.
– Xo‘p, o‘qishni davom ettiraylik, – dedi u, 
qizlarga ko‘z yugurtirib.
«Qizlar hayosi umumaxloq va odob tarkibidagi 
masalalarning eng muhimlaridan biri, desak xato 
bo‘lmas. Chunki bugungi qiz – ertaga ona. Ona 
esa farzandlariga hayot bag‘ishlabgina qolmay, 
ayni zamonda ularni xalq xizmatiga yaroqli
jamiyatga ibratli, Vatan himoyasiga salohiyatli, 
bardam, baquvvat, boodob, boandisha odamlar 
qilib tayyorlaydigan tabarruk zotdir. Shuning 
uchun qizlar toifasi bequsur axloqi, beg‘ubor ha-
yosi bilan hamma zamon va makonda shoyon 
tahsindir. Bizda, bizning mamlakatimizda esa, 
ayniqsa, kuchli bu his.


70
Ammo bir afsusga o‘rin bor. Gul tikansiz bo‘l-
maydi. Ba’zi qizlar sharafli cheklariga tushgan 
yuksak burchlarini, ya’ni ona bo‘lish kabi porloq 
istiqbollarini yo anglamaydilar, yo qadrlamaydilar. 
Shuning uchun ham qizlar o‘zlarining sha’nlariga 
yuqorida biz maktubini misol qilib keltirgan qizga 
o‘xshash dog‘ tushirib qo‘yishadi. Keling, qizim 
Muhabbatxon, shu to‘g‘rida bir voqeiy hikoyamiz 
bor, shuni aytib beray:
«Adolat bilan Risolat degan ikki dugona bir 
kunda oliygohga kirdi. Adolat og‘irtabiat, o‘ziga, 
so‘ziga nazorati zo‘r qiz. Qadamini o‘ylab bosadi. 
Ammo odamovi emas. Chehrasi ochiq, kulib turgan 
quvnoq, sarbast qiz. Dugonasi Risolat esa, uning 
teskarisi – hurkak, ichimdan top. Risolat o‘rta 
maktabda o‘qib yurgan kezlarida o‘zini durustroq 
ko‘rsatishga ulgurmagan yo jur’at qilmagan ekanmi, 
oliygohga kirar-kirmas birdan o‘zgardi – o‘zini ham, 
so‘zini ham yo‘qotib, bosar-tusarini bilmay qoldi. 
Bu ahvolida u avvalgi hurkak Risolatga hecham 
o‘xshamas edi. Yurish-turishi dugonasi Adolatga 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling