Kbk: 84(5O‘zb)7


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/33
Sana09.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#260913
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
Қизлар дафтарига (3)

yoqmay qoldi. Risolatni xoli topib, koyib berdi:
– O‘rtoqjon, bu ketishing juda qaltis-da. Esing 
borida etagingni yig‘ishtirib ol, Risolat! Ha, aqlingni 
yig‘, o‘qishingni o‘yla, – dedi u kuyinib.
Risolatga bu ogoh yoqmadi. Jahli chiqib, jerkib 
tashladi:
– Menga aql o‘rgatadigan onam uyda. Sen 
menga onalik qilma! O‘zingni bil!
Risolat do‘stining o‘gitiga quloq osish o‘rniga 
teskari o‘girilib ketvordi. Shunday bo‘lsa ham 
Adolat dugonasining taqdiriga qo‘l siltamadi. 
Yana bir kun Risolatning yo‘lini to‘sdi. Endi jiddiy 
ta’kidladi:


71
– Sayoq yurishingni bas qil, Risolat! Bo‘lmasa 
oying ga borib aytaman. O‘rtamiz buzilmasin, yana 
boyagidek do‘st bo‘lib qolaylik desang, bas qil bu 
yurishingni! Ha, bas qil! – dedi Adolat qat’iy qilib.
Risolatga bu ta’kid ham ta’sir qilmadi. U o‘z 
foydasiga aytilgan to‘g‘ri gapni emas, kulgili 
hangomani eshitgan odamday qah-qaha urib kuldi. 
Buni Adolat yaxshi tushundi. Shunday bo‘lsa 
ham, yana shashtidan tushmadi, so‘zida qattiq 
turdi. Adolat qasd ma-qasdlikka emas, zaruratdan 
Risolatlarnikiga borishga majbur bo‘ldi. Uyda onasi 
bor ekan, Adolatning kuyib-pishib aytgan gaplarini 
eshitib, qizining g‘ami bilan kelgan odamga rahmat 
aytish o‘rniga bobillab berdi:
– Yursa nima bo‘pti! Ozod zamon, xohlagani bilan 
yuradi, xohlaganiga tegadi. Biz u bilan yurma, bu 
bilan yur, undog‘ qilma, bundog‘ qil, desak zamon 
ko‘tarmas. U qorang o‘chgur eski zamondan zo‘rg‘a 
qutuldig-u, yana qaytishimiz kerakmi! Siz shunga 
ishora qilyapsizmi? Yo‘q, kechirasiz, zamonamiz 
yorug‘, o‘zimiz forig‘. Mening qizim o‘ziga mahkam, 
men qizimga ishonaman. Qo‘ying bunaqa ig‘vo 
gaplarni! – dedi sho‘ring qurg‘ur ona».
– Voy tavba, shunaqayam beg‘am ona bo‘lar 
ekanmi! – deb yubordi Hilola nafratidan o‘zini 
bosolmay.
Saodat buvi chuqur xo‘rsindi. Risolatning onasi 
to‘g‘risidagi gaplar uni qattiq hayajonga solgani 
oshkor ko‘rinib turar edi.
– E-e, ba’zi bebaxt qizlar peshanasidagi sho‘r 
– ko‘pincha shundan, aylanay bolalarim! Onaki 
bolasi ning hayot o‘nqir-cho‘nqirliklarida qoqilib 
qolmasli gining g‘amini yeyish o‘rniga, darvozani 


72
katta ochib: «Katta ko‘cha, xohlagan joylaringga 
borib, xohlagan ishlaringni qillaring» deb tursa, 
qiz bechora adash may kim adashsin?! Axir, u 
hayotda yaxshilik bilan birga yomonlik ham 
borligini, bu qorang o‘chgur yomonlik changaliga 
tushganning holi voy ekanini qayerdan bilsin? 
Meni o‘sha xotinning o‘z qiziga, o‘z jigargo‘shasiga 
munosabati, bu sovuq munosabatda onalik 
mehri, onalik tashvishi yo‘q ligi hayron qoldirdi. 
O‘ylab qaranglar-a: insonni-ku, biz jonivorlar 
olamining eng aqlli xilqati deb bilamiz. Yo‘q, 
shunday deb taniymiz. Risolatning onasi ham, 
shubhasiz, aqlli xilqat toifasiga, inson toifasiga 
kiradi. Shunday bo‘lgandan keyin, u xotinning 
og‘zidan chiqqan gapga, xulq-atvoriga qarab 
g‘azabing kelmay ilojing qancha? U beandisha, 
onaman, deb bosh ko‘tarib yuraverib di-yu, lekin 
onalik burchi nimalardan iboratligi ustida hech 
o‘ylab ko‘rmabdi. Tovuq ham ona. Odamchalik aql-
farosati yo‘q shu kichkina jonivor ham jo‘jalarini 
tashqariga olib chiqqanda, bor, bilganlaringni 
qil, deb ixtiyorni jo‘jalariga berib qo‘ymaydi-
ku! Aksincha, jo‘jalari donlashayotganda ko‘zi 
tevaragida bo‘ladi – kalxat chovlab ketmasin, deb. 
Jo‘jalari to‘yganda esa qanotlari ostiga yashirib 
oladi – mushuk ilib ketmasin, deb. Risolatning 
onasi-chi? U nima qildi? Bolasini yomon ko‘zdan, 
yomon yo‘ldan ehtiyot qildimi? Yo‘q, qilmadi. 
Aksincha, odamlar ichida yomon xulqlilari ham 
borligini pisand qilmay, qizini o‘z mayliga tashlab 
qo‘ydi. Esiz, ona! Sadqayi, ona!
Saodat buvi ichida g‘alayonga kelgan nafratini 
bosolmay, bir necha daqiqa yerga qarab o‘tirdi. 


73
Lablari qimirladi-yu, uni chiqmas edi. Tursunoy 
yana choy quyib tutdi. Saodat buvi piyolani olib, 
yoniga qo‘ydi – ichmadi. Keyin mungga cho‘kkan 
alamli ko‘zlarini qizlarga tikib, g‘am to‘la tovushda 
dedi:
– Xo‘p, endi u yog‘ini o‘qiylik. «Adolat yig‘la-

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling