Kbk: 84(5O‘zb)7
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
Қизлар дафтарига (3)
– «Farg‘ona vodiysining janubiy shaharlaridan
birida yashovchi Muhabbat ismli qizdan xat oldik, – deb yozibdi maqola muallifi. – Yuragi to‘kilib turib yozilgan bu hayajonli maktubda Muhabbatxon debdi: «...Men bir yo‘lga tushib qoldim. Adashdimmi yo to‘g‘ri tushdimmi – bilmayman. Men sakkiz yillik maktabni tugatib, savdo bilim yurtiga o‘qishga kirdim. Shu paytlarda nima bo‘ldi-yu, bir yigit bilan tanishib qoldim. Hozir magazinda sotuvchi bo‘lib 67 ishlayman. U har kuni do‘konga keladi. Mana uch yil bo‘ldi – o‘sha yigit bilan inoqmiz. Ko‘ngil berib qo‘ygan ekanmanmi, bir zum ko‘rmasam turolmayman. O‘zimni har qancha qo‘lga olishga, undan uzoqlashishga tirishsam ham bo‘lmaydi. Nimaga desangiz, oydek xotini, to‘qlidek bolasi borligini bilib qoldim. Voy, o‘lay, endi nima qildim-a?! Yo xotinini qo‘ydirib tegib olaymi? Hozir o‘t ustida xotinini qo‘yib meni olsa, keyin, taftidan tushgach, meni tashlab ketib qolmasmikan? Axir, bitta yo bir nechta bolasi bilan xotinini tashlab ketgan nomard erkakka ishonib bo‘ladimi. U bir kun emas, bir kun seni ham tashlab ketadi, deyishadi- ku odamlar. Rostdan shunday bo‘larmikan? Voy, o‘lmasam! Qanday kunlarga qoldim-a! Maslahat beringlar, nima qilay? Yo ota-onamga yig‘lab- yig‘lab aytaymi? Ular nima de yishar ekan? Har nima bo‘lganda ham qizlariman, balki rahm qilib, gunohimni kechirishar? Unda yigit nima bo‘ladi? Men, axir, uni yaxshi ko‘raman-ku!..» Saodat buvi gazetani asta oldiga qo‘ydi-da, qizlarga bir qarab olib, keyin davomini o‘qidi: «Ana xolos, endi buyog‘i qanaqa bo‘ldi? Qilar ishni qilib qo‘yibdi-yu, yana maslahat so‘raydi. Men nima deyman? Ota-onangning roziligini olmay, xotini bor, bolasi bor, boshi bog‘liq hirs bandasiga tegaver, deymi? Yo‘q! Hech qachon mendan bunaqa maslahat chiqmaydi. O‘n sakkiz yil hasratini chekib, zo‘rg‘a katta qilgan ota-onani qaqshatish, el-yurt oldida yerga qaratib qo‘yish – farzand ko‘rnamakligigina emas, shafqatsizligi, ota-ona oldidagi farzandlik burchiga behayolarcha tuflashi bo‘ladi-ku, axir! 68 Muhabbatxon, qarang, taqdir ekanmi yo ayanchli bir tasodifmi, bundan bir necha fursat ilgari Muhabbat ismli boshqa bir qizdan ham xuddi shu mazmunda xat olib edim. O‘qib qarang-a: «...O‘tgan yili bir yigit bilan tanishdim. Biz u bilan ancha yaqinlashib qoldik. Oradan to‘qqiz oy o‘tdi. Shu to‘qqiz oy menga qanchalar baxt keltirganini hech bir so‘z bilan ifodalab berolmayman. Lekin, e-voh, baxtli kunlarim o‘sha to‘qqiz oydangina iborat ekan! Dod, men baxti qaro bo‘lib qoldim. Yorim deb bino qo‘ygan yigitimning oyday xotini, qo‘zichoqdek ikkita o‘g‘ilchasi bor ekan... Yo tavba! Men jonimdan ortiq sevsam-u, o‘zi ham sevgisini oyoqlarim ostiga poyondoz qilsa-yu, yana bu qanaqa nayrang?! Xullas, u ahdi yolg‘onning aldoqchiligi oshkor bo‘lgandan keyin yona-yona, kuya-kuya cho‘p bo‘lib qoldim. Nima qilay: do‘st-u dugonalarimga, ota-onamga yorilaymi, dardimni yashirmay aytaymi? Ammo... ammo... ammo qaysi bet bilan? Bu noma’qulchilik, beboshlik yuzimga surtgan qorani endi qanday qilib yuvaman? Yo‘li Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling