Kecha kelgumdur debon


Download 15.63 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi15.63 Kb.
#1234165
Bog'liq
gazeta uchun


Malumki, inson ko’ksidagi qalbning tirikligi, uyg’oqligi bilan boshqa mavjudotlardan afzaldir. Qalbni uyg’otadigan, jonlantirib turadigan eng yaxshi vositalardan biri badiy adabyot ekanligi ko’pchilikka ma’lum, albatta.


Mumtoz adabyotimizning muazzam siymolaridan biri, so’z mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiydek zotlar,avvalo adabyotning asosiy quroli bo’lgan so’zga shunchaki yo’l-yo’lakay yozib yoki aytib aytib ketilaveradigan hodisa sifatida qaramaganlar.Zero Navoiydek ulug’ zotlarni har qancha o’rgansak oz. Shu munosabat bilan bizning :
Jizzaxx viloyati Zarbdor tumani Alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan 1-sonli kar bolalar maxsus maktab internatida 9-fevral kuni “Buyuk ajdodlarimiz faxrimiz” nomli tadbir bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbirda maktab internatimizning o’quvchilari va o’qituvchilari faol ishtirok etishdi.Alisher Navoiy hayoti va ijodi bag’ishlangan video rolik namoyish etildi. So’ngra yuqori sinf o’quvchilari o’z surdo tillarida Navoiyning g’azal va ruboiylarini ijro etishdi.

Kecha kelgumdur debon...
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni –
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.

Navoiy asarlarining mavzulari rang-barang va serqirra. Har biri o’quvchini ma’nolar olamiga olib kiradi. Inson kamoloti borasidagi o’gitlaridan o’ziga kerakli xulosalar chiqarib olishiga turtki beradi. O’quvchilarning “Navoiyning bolaligi,“ hamda Navoiyning “Hamsa” dostonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.


Tadbirda 5-sinf o’quvchi qizlari tomonidan raqslar ijro etildi. Shundan so’ng o’quvchilarimiz Alisher Navoiyning hikmatlarini sharhlab berishdi. Maktab internatimizning ona tili va adabyoti o’qituvchilari tomonidan Alisher Navoiy qalamiga mansub “Qaro ko’zim”g’azali surdo tarjimada ijro etildi. Tadbir so’ngida maktabimiz internati direktori Toshbekov Nizomiddin Davronovich so’zga chiqdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’quvchilarda insonparvarlik, odamiylik, ezgulik, vatanga bo’lgan muhabbatini yuksaltiradi. Navoiy so’z san’ati borasida tug’ma daho ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Viloyat kar bolalar maxsus maktab internati ona tili va adabyot fan o’qituvchisi


Ko’chiyeva Nilufar Pirnazovna.
Download 15.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling