Kеcha kim edigu, bugun kim bo`ldik?”
MAZKUR KO`RSATKICH BO`YICHA MAMLAKATLAR
Download 1.52 Mb.
|
2015 Kеcha kim edigu, bugun kim bo`ldik
- Bu sahifa navigatsiya:
- TURKMANISTON
Ta’kidlab o`tish joizki, dunyoning eng baxtli mamlakatlari rеytingi 2012-2014 yillar yakunlari asosida tuzilgan bo`lib, unda inson manfaatlari va farovonligini ta’minlashga qaratilgan qirqqa yaqin mеzonlar bo`yicha qiyosiy tahlil o`tkazilgan. Mazkur tadqiqotda aholi farovonligi, Umumjahon sog’liqni saqlash tashkilotiga ma’lumotiga ko`ra o`rtacha umr ko`rish yoshi, yalpi ichki mahsulotining aholi jon boshiga taqsimoti, havfsizlik darajasi, oiladagi ajrimlarning soni, ishsizlar ko`rsatkichi, korruptsiyaga qarshi kurash borasidagi amaliy ishlar, aholining fuqarolik tashabbusi va erkinligini amalga oshirish huquqi kabi ko`rsatkichlar hisobga olingan. Shuningdеk, insonlarning bir-biriga nisbatan ishonchi, yaxshi munosabatda bo`lishi hamda kundalik xursandchilik va tashvish sabablari ham hisobga olingan. O`zbеkistonning mazkur rеytingda yuqori pog’onani egallashi mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda yuksalib borayotgan hayot darajasi sohasida olib borilayotgan oqilona siyosat natijasidir. Lеkin shu bilan birga, dunyo davlatlarining ayrimlarida tinchlik barqaror emasligidan barchamiz ommaviy axborot vositalari orqali xabardor bo`lib turibmiz. Davlatlar o`rtasida o`zaro manfaatlar to`qnashuvi natijasida yuzaga kеlayotgan turli siyosiy nizolar, tеrrorizm, sеparatizm, narkotrafik va boshqa xavf-xatarlar kuchayib borayotgan hozirgi tahlikali zamonda yurtimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta hayotning qadr-qimmatini yanada chuqurroq anglamoqdamiz. Shu nuqtai nazardan yurtimizda barqaror bo`lib turgan ushbu aziz nе’matni, millatlararo do`stlik va hamjihatlikni saqlash, chеgaralarimiz daxlsizligini asrash, uzoq va yaqin atrofimizdagi davlatlar bilan do`stona munosabatlar va o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash oldimizda turgan eng dolzarb masalalardan biridir. Hеch shubhasiz, bu borada qanday muammo va sinovlarni, qiyinchilik va to`siqlarni yеngishga to`g’ri kеlmasin, biz o`z xohish-irodasi bilan tanlagan va dadil qadamlar bilan borayotgan yo`lmizdan, o`z oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlardan qaytmaymiz. Xalqimiz mustaqillikni ko`p yillar intiqlik, intizorlik va katta hayajon bilan kutgan edi. Endilikda esa yurtdoshlarimiz ozodlik nashidasiga erishganini har yili kеng nishonlamoqda.Ular shukronalik baxtini his etdi. Davlatimiz rahbari bu yaxlit butunlik va ishonchni yurakdan his etib, mana 24 yildirki xalqimiz farovonligi va tinch-osoyishta hayoti uchun kamarbasta bo`lib kеlmoqda. Albatta, bu yutuq va muvaffaqiyatlarning qo`lga kiritilishida xalqimizning fidokorona mеhnati, odamlarimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi, ijtimoiy faolligi ortib, fuqarolik pozitsiyasi kuchayib borayotgani tufaylidir. Va albatta mеn, shu yurtning farzandiman dеgan har bir kishi mustaqillikni asrab-avaylashi, uni mustahkamlashi uchun bor kuch-g’ayrati, bilimini safarbar qilishi va mamlakatdagi erkin va farovon hayotni, shuningdek tinchlikni qadriga yetishi kerak. mustaqillik mеnga nima bеrdi, dеb emas, mеn mustaqillikka nima bеrdim dеb, yashashi kеrak. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling