Kеchinmaning badiiy ifodasi qahhorjon Yo‘lchiyev
Download 144.43 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘ulom FATHIDDIN SHE’RLAR
- TO‘RT FASL HAQIDA BЕSh SHE’R
[1] Potebnya A.A. Slovo i mif. M.: Pravda, 1989. – S.17-200.http://philologos.narod.ru/potebnja/
[2] G‘ulom Fathiddin. Istak. she’rlar. Toshkent “Kamalak” nashriyoti. 1992 yil. [3] G‘ulom Fathiddin. Lojuvard soya. She’rlar, dostonlar, tarjimalar. Toshkent. “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2012. –B.23 [4] Yuqoridagi manba.- B.39. M: “Sharq yulduzi” jurnali, 2016–3 G‘ulom FATHIDDIN SHE’RLAR G‘ulom Fathiddin 1955 yilda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi Vohim qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDU (bugungi Milliy universitet)ning jurnalistika fakultetini bitirgan . Bir necha she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Taniqli adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov ta’biri bilan aytganda, » G‘ulom Fathiddin – hisssiyot shoiri, hissiyot esa hayot va uning rang-barang taassurotlari bilan doim tutash». QAYTISH Mana, huzuringga otlandim, yana. Yana qaytayapman, qo‘llarim bo‘m-bo‘sh. Bu gal, hatto, gul ololmadim, ololmadim birorta sovg‘a. Bu gal, senga olib bormoqdaman o‘zimni zo‘rg‘a…. Mana, huzuringga borayapman, yana… TO‘RT FASL HAQIDA BЕSh SHE’R I Qaydasan? Qaydasan, bahor? Sen-la uchrashmoqqa seni ko‘rmoqqa – juda olis, juda mushkul yo‘l bosib keldim: bu yerlarga, bu kunlarga… Nahot, men shoshildim? Nahot, kechikdim? II Atrofda shovullar qadimiy mavzu, Shovullar qadrdon saraton fasli. Go‘yo, zavqu jo‘shgan sho‘x qiz – Navro‘zning Go‘zal siymosida jo‘shar sarmastlik. Tobora o‘t qalar zamin bag‘riga Mehri jo‘shib ketgan quyosh ko‘zlari. Turishar labida osilib, zo‘rg‘a Mevali daraxtning rangli so‘zlari. Takror etaverib, tegar jig‘ingga Boyqush sovuq kuyni, noxush navoni. Faqat yoz aytmoqda o‘z qo‘shig‘ini, Bu qo‘shiq bahorning ruhiy davomi. III Titrab ketdi men suyangan tol, Qotib qoldi ko‘zimda yulduz. Ahvolimga boqqanicha lol, Miltiraydi so‘nayotgan ko‘z. Fikrim o‘qib, jimirlar barglar, Shox seskanib o‘grilar mayin. Chekinar oy sarosimida, Tik boqmoqqa botinolmayin. IV Yuziga sim to‘r tutgan Shinam uyning darchasi. Tun labida qimtinar Oyning so‘nggi parchasi. Yulduzlar nola chekar Derazadan yirog‘da. O‘rtanib kezar bedor Kuz kimsasiz bu bog‘da. Yomg‘irlar tomchilaydi, Goh barg qular o‘ksinib. Yasholmas endi ular Shamollarga bo‘ysunib. V Mehmonxona derazasini Zirillatar kulgi jarangi. Ayozlarda yotar isinib O‘jar qishning shohona rangi. Hansiraydi suluv tasvirlar Oq tumanlar pinjiga kirib. Muzdan kuloh kiygan qasrlar Adashadi men bilan yurib. Shohi niqob tortgan yuziga Umid yanglig‘ jabr tortgan baxt Chaqiradi imlab yoniga Oppoq bayroq ko‘targan daraxt. Unutilgan o‘tlarda yonib, Tugun kabi tuyilar qonim. Ayt, qaylarga ketyapmiz, jonim, Uxlab yotgan bahorni olib? Download 144.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling