Kechirganlari
Download 6.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
YETTINCHI BOB
KANANI QUVISH VA PORALANGAN YURAK Tom diqqatini kitobga qaratmoqchi bolib qancha harakat qilsa hamki, xayoli bir yerda tummy, tarqalib ketar edi. Nihoyat, u zerikkanidan oglr bir esnab, kitobni yiglshtirib qo'ydi. Uning nazarida katta tanaf- fus hech bolmaydigandek ko‘.rinar edi. Tevarak-atrof jimjit... Na tiq etgan bir ovoz, na nafas olgan tovush eshitilardi. Kishida yalqovlik tug‘dirib, uyquni kel- tiradigan kunlaming ichida eng uyqu keltiradigan 65 kun mana shu kun edi. Yigirma beshta maktab bo- lasining asalariga o*xshab g'o'nglrlashib, darslarini takrorlashayotgan vaqtdagi tovushlari uning joniga orom bergandek va go У о uni allalagandek bolardi. Uzoqda, quyoshning yorqin shulasida, olisdan xuddi qip-qizil bolib ko‘ringan va ko‘z ilg‘amas sarob bilan qurshalgan Kardif toglarining nozik, yashil etaklari ko‘zga chalinar edi; osmonda, juda baland- likda, bir necha qush yalqovlanib uchib yurishardi. Bir-ikkita uxlab yotgan sigirlami hisobga olmaganda, o'sha qushlardan boshqa jon egasi ko'rinmas edi. Tomning jon-dili bilan istagan hozirgi orzusi - ozodlikka chiqib olish, yoki hech bolmasa, bunday qaygtili ravishda cho‘zilgan vaqtni otkazish uchun birorta qiziqroq mashgHilot topib olish edi. Qolini cho'ntagiga solishi bilanoq, uning chehrasida shodlik alomatlari paydo boldi. U sekin-asta chotitagidan yashirin ravishda qutichani chiqarib, uning ichi- dagi kanani oldi-da, partaning uzun, tekis taxtasi ustiga qoydi. Kana, aftidan, shu damda juda shod va mamnun bolgan bolsa ham, lekin uning bu shodligi vaqtinchalik bir narsa edi, chunki u turgan yeridan qo‘zg‘alib ketishi bilanoq Tom uni qolidagi to'gfaoglch bilan orqaga burib, boshqa yoqqa qarab yurishga majbur qildi. Tomning yonida uning eski qadrdon do'sti otirar va u ham Tomdan kamroq zerikmagan edi. Tomning oldida yurgan bu kanani ko'rishi bilan u ham juda shodlanib ketdi. Bu qadrdon do'stining oti Jo Garper edi. Bu ikki bola u haftadan bu haftagacha bir-bi- rovidan hech bir ajralmas, bayram kunlari bolganida esa bir-biriga qarshi ikki qo'shinning boshida turib urush ochar edi. Jo ham nim chasining yoqasi ostidan bir to‘g‘noglchm olib, kanani u yoqdan-bu yoqqa hay- dash uchun o‘z oVtoglga yordam bera boshladi. Bo- ra-bora ikkovlari ham bu ishga juda qiziqib ketdilar. 66 Nihoyat, Tom: «Наг ikkalamiz ham bir-birimizga xalaqit berayotirmiz va bu mashg4ilotimizdan ik- kovimiz ham mamnun bololmas ekanmiz», - dedi. U partaning ustiga Jo Garperning qora toshtaxta- sini qoyib, uning o'rtasidan yuqoridan-pastgacha chizib tushdi. - Mana, - dedi u, - shunday shart qilamiz: kana sening tomoningda yurgan vaqtda, sen uni istagan yeringga quvlab yubora olasan, men tegmayman, basharti mening tomonimga o‘tib qolsa, yana qay tib sening tomoningga o‘tguncha unga tegmaysan. Xo'pmi? - Xo‘p boladi. Qani, boshla bolmasa! Kana tezlikda Tomning oldidan qochib ketdi va ek- vatomi kesib otdi. Jo uning ketidan ко*р ovora bolib yurdi, keyin kana yana Tomning oldiga qaytib ketdi va bu borish-kelishlar juda ко*р takrorlandi. Bolalardan biri kanani u yoqdan-bu yoqqa quvlab yurar ekan, ikkinchisi ham juda qiziqib uni kuzatib turar edi. Ikkovlari ham taxta ustiga engashib olganlari holda butun vujudlari bilan shunga berilganliklaridan, ulaming ko'zlariga boshqa hech narsa ko‘rinmas edi. Keyinroq borib, aftidan, butun omad uzil-kesil Jo qoliga otdi. Bolalardan ham ko'proq hayajon va tashvishga tushgan kana goho u yoqqa, goho bu yoq qa o‘rmalar, lekin har safar Tomning yutib chiqishi kutilib, uning qoli qichib turgan paytda Jo darhol kanani to‘g‘nog‘ich bilan turtardi-da, o‘z tomoniga burib yuborar edi. Nihoyat, Tom bunday ahvolga chi- dayolmadi, qolini cho'zib to'glioglchi bilan kananing yolini to'sdi. Buni ko‘rgan Joning jahli chiqib: - Tom, tegma unga! - deb baqirdi. - Jo, men uni birozgina quvlamoqchiman! - Bu noinsoflik boladi, ser, tinch qo^ing endi uni! - Ko‘p glngshiyverma, birozgina oynayman-da! - Senga aytaman, kanani tinch qoy, deyman! 67 - Tinch qo'ymayman! - Sen unga tegolmaysan, u mening tomonimda. - Xo‘sh, Jo Garper, kananing o‘zi kimniki? - Kimniki bolsa bolaversin... Hozir u mening to monimda demak sen unga tega olmaysan! - Nega tegolmayman! Kana meniki, shuning uchun nimani xohlasam, shuni qilaman! Shu vaqt Tomning yelkasiga yo‘g‘on bir musht tegdi. Undan keyin Jo ham xuddi shunday bir musht yedi. Shu ravishda muallim ikki minut davomida har ikkovining nimchalaridagi changlami astoydil qoqib qoydi va maktab binosi bolalaming qiy-chuvlari bi lan toldi. Bolalar o^inga qattiq berilib ketganliklari- dan maktabda birdan jimjitlik hukm surganini ham sezmay qolgan edilar, chunki muallim oyoq uchi bilan yurib ulaming oldiga borgan va tepalariga kelib turgan edi. Muallim ulaming oyinlarini anchagacha kuzatgandan keyingina savalashga kirishdi. Nihoyat, soat o‘n ikkini urib, katta tanaffus bolganida Tom Bekki Techer yoniga chopqillab bor- di-da, uning quloglga shivirlab: - Qalpoglngni kiyib, uyga ketayotgan kishi bol, burchakka yetgandan keyin boshqalarga yol ber-da, о‘zing tor ko‘chaga burilib bu yoqqa qaytib kel. Men ham boshqa ko‘cha bilan borib, tezdan shu yerga qaytib kelaman, - dedi. Shunday qilib, Tom bir to‘da maktab bolalari bilan, Bekki ikkinchi bir to‘da bolalar bilan maktab- dan chiqdilar. Birpasdan keyin ular bir ko'kalamzor oldida uchrashib, ikkovlari birga maktabga qaytib kelganlarida, maktabda hech kim yo‘q edi. Ular qora taxtani oldilariga qotyib, yonma-yon otirdilar. Tom Bekkining qoliga bir tosh qalam tutqizdi-da, uning qolini o‘z qoli bilan yurgizib, yana bitta g‘alati uy surati ishladi. Saida zerikib ular o‘zaro so‘zlasha boshladilar. Tom o‘zini cheksiz baxtiyor his qildi. 68 - Sen kalamushlarni yoqtirasanmi? - deb soVadi u. - Pufey-y... men ulami juda yomon ko'raman! Ulaming tiriklarini men ham yomon koYaman. Men olgan kalamushlar to‘g‘risida so'zlayapman. Boyinlaridan ip boglab olib, ulami boshingdan oshi- rib aylantirib yursang boladi. - Yo‘q, men kalamushlarni umuman yomon ko‘ra- man. Mening yaxshi koVgan bir narsam bor, u ham bolsa, rezinka chaynab yurish. - Ha, chindan-a! Afsuski, menda hozir rezinka yo‘q. - Chindanmi? Menda ozroq bor. Senga beray, biroz chaynab, keyin menga qaytib ber. Bu ish ular uchun juda ko'ngilli edi, ular ortiq da- rajada mamnuniyat bilan oyoqlarini oynatib, navbat bilan uni chaynashib otirdilar. - Sen ot o^iniga borganmisan? - Ha, borgan edim, agar men aqlli qiz bolib yur- sam, otam yana olib bormoqchi boldi. - Men ot o'yinida uch-toVt marta boldim, ko*p boldim! U yer cherkovdan ko*ra ko‘ngilliroq: unda hamma vaqt yangi narsalami ko'rsatib turadilar. Men katta bolganimda, ot oyiniga kirib masxaraboz bolaman. - Chindanmi? Juda yaxshi boladi-da! Ular ham masi juda yaxshi, rango-rang... - Ha, ular o^inga juda ham usta, shuning uchun pulni ham juda ко*р topadilar... Benning aytishicha, har kuni bir dollardan pul topar emishlar. Menga qara, Bekki, seni unashganlarmi? - Bu nima deganing? - Shuni ham bilmaysanmi, erga tegish uchun biror kishiga unashib qoyganlarmi demoqchiman. - Yo‘q. - Sen shuni xohlar edingmi? - Bilmadim, qanday boladi bu o‘zi? - Qanday b ola r edi! Sen bir bolani yaxshi ko‘rasan-da, men hech vaqt shu boladan boshqa 69 kishiga tegmayman, deysan. Keyin uni o'pasan. Vassalom. Buni har kim ham qila oladi-ku. - O'pasan deysanmi? O'pishning nima keragi bor? - Nima keragi bor, chunki... chunki u yaxshi boladi... Hamma ham shunday qiladi. - Hamma-a? - Ha, bir-birlarini sevgan kishilaming hammasi ham shunday qiladilar. Mening taxtaga yozib senga ko‘rsatgan so'zlarim esingdami? - Ha, esimda... - Xo‘sh, o‘sha nima edi? - Aytmayman. - Balki, men aytsam bolar? - Ha, sen aytsang boladi... faqat hozir emas, bosh qa vaqtda. - Yo‘q, hozir aytaman. - Yo‘q, hozir emas, yaxshisi ertaga. - Yo‘q, yo‘q, Bekki, hozir. Sekingina quloglngga aytaman. Tom Bekkining ikkilanib turganligini ко‘rib, uning indamay turishini rozilik alomatiga yotydi, belidan quchoqladi va og'zini uning qulog'iga qo^ib, o'sha so‘zlami takrorladi. Keyin qizga qarab: - Endi sen ham menga shunday deb ayt, - dedi. Qiz ancha vaqtgachayo‘q, yo‘q, deb turdi-da, keyin Tomga qarab: - Bolmasa sen teskari qarab tur, faqat sen buni hech kimga og‘zingdan chiqarmaysan-a, durustmi, Tom? Hech kim bilmasin. Hech kimga aytmaysanmi? - Yo‘q, yo‘q, hech kimga aytmayman, xotiijam bol. Qani, Bekki, aytasanmi endi? Tom teskari qarab turdi, Bekki esa uyalib: - Men... sizni... sevaman! - dedi. Shundan keyin oVnidan irglb turdi-da, Tomdan qochib, stol va kursilar atrofida yugura boshladi. Tom esa uning orqasidan quvlab yurdi. Oxiri, qiz 70 burchakka borib qisilib, yuzini oq fartug'i bilan bekitib oldi. Tom qizning yelkasidan ushlab, unga gap uqdira boshladi. - Qani, Bekki, endi hamma ish tamom boldi, faqat o'pishishgina qoldi. Buning hech xavfli yeri yo‘q, an- chayin bir narsa. Qani, Bekki, bir о “pay! U qizning koyiagidan va qolidan ushlab, o£ ziga torta boshladi. Qiz sekin-asta bo'shashib, qollarin i pastga tushirdi. Tom borib uning xuddi lablaridan o'pib oldi-da: - Ana, Bekki, hamma ish tamom. Endi sen men- dan boshqa hech kimni yaxshi ko'rmasliging va men- dan boshqa hech kimga hech vaqt erga tegmasliging kerak. Hech vaqt, durustmi, shunday, deb va’da berasanmi? - Ha, Tom, men endi sendan boshqa hech kimni yaxshi ko‘rmayman va sendan boshqa hech kimga erga tegmayman. Sen ham shunday qil, mendan boshqaga uylanma! - Albatta shunday, so‘z shu! Maktabga borishda vamaktabdan qaytishdaham hamma vaqt mening yonimda yur, agar yon-verimizda kattalardan hech kim bolmasa - o^inda ham meni tanlab ol, men ham seni tanlab olaman. Bir-birlariga so‘z berishib, va’dalashgan kuyov bilan kelin hamma vaqt shun day qiladilar. - Juda soz! Men buni hech eshitgan emas edim. - Bu juda ham yaxshi ish-da! Biz Emmi Lorens bilan ham... Bekki Techeming yarqirab, katta ochilib qaragan ko'zlari Tomga o‘z so'zidan yanglishganini bildirib turar edi. - Ey, Tom! Unday bolsa, sening birinchi so‘z berishgan qizing faqat mengina emas ekan-da? - dedi qiz va shu onda yiglab yubordi. 71 - Yiglama, Bekki, men endi uni yaxshi ko‘rmay- man. - Yo‘q, sen o'shani yaxshi ko'rasan. Tom, sen uni juda yaxshi ko'rasan, buni о‘zing ham yaxshi bilasan-ku. Tom uni quchoqlab olmoqchi bolgan edi, lekin qiz uni itarib tashladi-da, yuzini devorga o‘girib yiglab yubordi. Tom unga yaxshi so'zlar aytib yupata bosh ladi va uni quchoqlash uchun yana bir harakat qil gan edi, qiz uni yana itarib tashladi. Shundan keyin Tom ham undan xafa bolib, uni yolg'iz qoldirib o‘zi chiqib ketdi. U ko'chaga chiqdi-da, tashvishlanib, gavdasining oglrligini u oyogldan bu oyoglga tash lab, biroz turdi, u Bekki qilgan ishiga pushaymon bolar, deb dam-badam eshikka qarab qo^ar edi. Biroq Bekki kelmadi, Tom juda toqatsizlana boshladi. Haqiqatda butun ayb yolglz o‘zida emasdi, daFatan yarashish uchun bo yin egib o‘zini-o‘zi majbur etish uning uchun juda oglr edi, shunday bolsa ham u biroz hovridan tushib, qaytib kirdi. Bekki, burchakda yuzini devorga o‘girib, hanuz yiglab turar edi. Tomning yuragi achishib ketdi. U qizning oldiga yaqin borib, gapni nimadan boshlash- ni bilmay, biroz hayron bolib turdi. - Bekki, - dedi u sekingina, - men sendan boshqa hech kimni ham tanimayman. Hech javob bolmadi. Faqat piqillab yiglash eshi- tilardi. - Bekki... (uzr so‘rash ohangida) Bekki! Biror so‘z desang-chi?! Yana qaytadan piqillab yigllash eshitildi. Keyin Tom o‘zining eng qimmatli narsasi - qozon qopgbglning mis soqqasini olib qizga ko'rsatar ekan: - Bekki, jonim, yiglama... Agar istasang, men senga mana shu narsani berayin! - dedi. 72 Qiz unga qarab qolini bir siltab yuborgan edi, bolaning qolidagi soqqasi yerga tushib dumalab ketdi. Shundan keyin Tom tashqariga chiqdi-da, shu kuni maktabga qaytib kelmaslik uchun boshi oqqan tomonga qarab ketmoqchi boldi. Bekki birdan qan daydir yomon bir narsadan shubhalangandek bolib qoldi. U eshikka tomon yugurib bordi, lekin Tom ko'rinmadi. U Tomni о yin maydonchasi tevaragidan topib olarman, degan umidda hovlining atrofini ham aylanib chiqdi, biroq Tom u yerda ham yo‘q edi. Shundan so‘ng qiz uni yo‘qlab chaqira boshladi: - Tom, Tom, qayt! Tomdan darak yo‘q edi. Butun tevarak-atrof suv sepgandek jimjit va hech kim ko'rinmas edi. U otirib, yana qaytadan yiglay boshladi: hozir uni vijdon azobi qiynar edi. Shu orada maktab bolalari ham yigllib kela boshladilar; endi kishini zeriktiradigan, bir necha soatlab davom etadigan tushdan keyingi darslar vaqtida alamingni yashirib, jim o'tirishing lozim edi. Bu begona bolalar ichida uning ko‘ngli- ni kotaradigan kishilari yo‘q edi, shuning uchun ham u ko'nglidagi g‘am-g4issalarini hech kim bilan o'rtoqlasha olmadi. Download 6.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling