Mark Tven
(
1835
-
1910
)
Mark T ven (Samuel Klem ens) 1835-yilda A Q S h n in g
Missuri shtatiga qarashli Florid qishlog'ida
xizmatchi oilasida
tug'ildi. Uning otasi dastlab sudda, keyinchalik
tijorat ishlarida
faoliyat ko'rsatgan, biroq xalq ta’biri bilan aytganda, hech
qachon «biri ikki b o im a g a n » odamlardan edi. O g ‘ir
turmush
sharoiti tufayli Samuel 12 yoshlarida maktabni tark etib,
mustaqil
hayot kechirishga, tirikchilik qilishga majbur b o ‘ladi:
duch kelgan odamlar xizmatini qiladi,
kichkina bir viloyat
gazetasida harf teruvchi, muxbir b o ‘lib ishlaydi.
U o ‘ziga «Mark T ve n » taxallusini tanladi.
Sababi Samuel
Missisipi
daryosida
darg'alik
qilib
yurgan
paytlarda
Missisipidagi matroslar daryo chuqurligi kemaning o'tishi
uchun yetarli darajada bexavotir ekanligini aniqlab olishgach,
«т а г к -tven!» deb qichqirishardi. «Bexavotir suv» degan bu s o ‘z
b o ‘lg‘usi adibga m a ’qul
va manzur b o lib , mazkur taxallusni
tanlagani aniq.
Mark
T ven
«T o m
Soyer»,
«Geklberri
Finn»,
«Toblanganlar»,
«Missisipidagi
hayot»
singari
rom an
va
qissalar, juda k o ‘p
hikoyalar yozib, Am erikada va undan
tashqaridagi ellarda mashhur b o lib ketdi. Ayniqsa,
uning
felyetonlari va hajviy hikoyalari shuhrat qozondi.
Adib
jahondagi
million-million
kishilarning
eng
sevimli
yozuvchilaridan biriga aylandi.
ISBN 978-9943-27-779-3
Do'stlaringiz bilan baham: