Kechirganlari
Download 6.61 Mb. Pdf ko'rish
|
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven
0 ‘TTIZ TO‘RTINCHI BO B
OLTIN CHASHMALAR - Tom, - dedi Gek, - agar bitta arqon topib olsak, mana bu derazadan osilib tushib, qochib ketsak boladi. Bu uylaming derazalari unchalik baland emas. - Bu qanday bemaza gap? Nima uchun qochamiz? - Bilasanmi, men ko'pchilik ichida bolishga odat- lanmaganman-da! Men bunga sira toqat qilib tura ol- mayman. Tom, men ulaming oldilariga bormayman. - Hech gap emas. Menga bolsa, baribir. Men sira qo'rqmayman. Men hali sening to‘g‘ringda ham gapi- rishga harakat qilarman. Ostonada Sid ko‘rindi. - Tom, xolam seni tushlik ovqatdan beri kutib oti- ribdi, qayerdayuribsan. Men sen uchun yakshanba kunlik kostyum tayyorlab qolgan, hammalari se ning uchun tashvishdalar. Ustingdagi kiyimlaringga nimalar tekkan, loymi, yog‘mi? - Mister Siddi, sizga o‘z ishingiz bilan shug'ul- lanib, birovning ishiga tumshug'ingizni tiqmaslikka maslahat beraman. Lekin ular nima qilib yuribdilar, bulaming hammasi nima uchun qilinayotir? - Hech gap emas, beva xotin o'zining odatda qil- adiganidek o‘z uyida bayram otkazayotir... Bu gal u, anavi chol bilan uning o‘g‘illari, o‘sha kecha buni falokatdan qutqazganliklari sharafiga ziyofat qilib berayotir. Bilasanmi, basharti qiziqsang, yana bir narsani aytmoqchiman. - Qani nima gap? - Mana bunday: qari mister Jons bugun nima bilandir hammani hayron qoldirmoqchi; men uning shu yashirin simi bugun xolaga so'zlab turganda eshitib oldim va mening bilishimcha, bu gap endi hammaga malum bo lib qolgan, deb о “y layman. 275 Buni hamma biladi, hatto buni bilmayman, deb o‘zi- ni bilmaslikka solib yurgan beva xotin ham biladi. 0 ‘z-o‘zidan malumki, mister Jons Gekni shu yerga olib kelishi kerak edi. Geksiz uning oyiagan ishidan hech narsa chiqmas edi. - Xo'sh, uning siri nimada ekan, Sid? - Buning siri shundaki, o£g‘rilarning uyigacha kuzatib kelgan Gek bolgan. Mister Jons o‘z xayolida shu bilan hammani taajjubda qoldirmoqchi boladi, haqiqatda esa bundan hech narsa chiqmaydi. Sid qiqirlab kulib qoydi; u, aftidan cholning oyla gan ishidan hech narsa chiqmasligidan mamnun ko'rinar edi. - Sid, shu gapni hammagayoyib yuborganmisan? - Kim aytsa ham baribir emasmi? Nima bolsa ham hammaga malum bolib qolgan-da! - Sid, butun shaharda shunday olchoqlik qilishga qobil birgina kishi bor, u ham bolsa sen. Agar sen Gekning o'mida bolsang, allaqachon tepadan qochib ketib, o‘g‘rilar borligini hech kimga ham bildirmas eding. Sen faqat shunga loyiqsan va sening olding- da biror kishi maqtalsa, sen chidab tura olmaysan. Senga missis Duglas aytgandek, minnatdorchilik qilib rahmat aytish kerak emas, - dedi-da Tom uka- sining quloglni cho‘zib, tepib-tepib eshikdan chiqarib yubordi. - Yo'qol endi bu yerdan! Agar yana borib xolangga chaqimchilik qilsang, ertaga bundan ham ortiqroq qilib ta’ziringni beraman. Bir necha daqiqadan keyin beva xotinning meh- monlari stol yonida ovqat yeb otirar edilar. Kattalar katta stolda, bolalar bolsa o'sha joy va o'sha zamon odati boyicha uning yon tomoniga taqab qoyilgan kichkina stol yonida olirardilar. Eng so‘nggi lagan ustida mister Jons ldchkinagina nutq so'zladi. U o'ziga va o‘gillariga koVsatgan hurmati uchun beva xotinga minnatdorlik bildirdi, lekin shu bilan birga, 276 bu xizmatlar hammasi bulamiki bolmay, boshqa bir kishiniki ekanini malum qildi. Mister Jons majlisda о ‘tirganlarning oldida bu ish- ning hammasida Gekning qatnashganligini ochish uchun so‘zga juda ustalik bilan tayyorlangan edi, lekin bundan ilgariroq bu siming ochib qoyilishi un ing hikoyasini ancha bo‘shashtirib qo^di va kishilar- ning bu ishga ajablanishlari ortiqcha sezilmay qoldi. Shunday bolsa hamki, missis Duglas go Vo bu ishga ortiq darajada ajablangandek bo lib, Gekni shunday maqtovlar va minnatdorchiliklar bilan ko‘mib tash- ladiki, u o'zining o‘ng‘aysizlik holati va o‘zini siqib turgan yangi kiyimlarini ham unutib yubordi. Missis Duglas Gekni o‘z uyiga olib, unga tarbi- ya bermoqchi va undan keyin unga biror yaxshi ish boshlab yuborishi uchun yordam qilmoqchi bolganini bildirdi. Endi Tomga navbat keldi. Tom: - Gek bunga muhtoj emas. Gek o‘zi boy kishi, - dedi. Agar bu yerda yigllib otirganlar yaxshi tarbiya koVmagan kishilar bolganda bu so'zlami kulgi bilan qarshi olar edilar, lekin indamay qolish ham ancha o‘ng‘aysiz bolib chiqdi. Shuning uchun Tom yana so‘z ochib: - Gekning puli ham bor. Sizlar menga ishonma- sangiz ham mayli, lekin uning puli juda ham ко‘p. Kulmangizlar, men sizlarga hozir ko‘rsataman. Biroz tobctab turinglar! Tom yugurganicha uydan chiqib ketdi. Otirgan- laming hammasi ham taajjublanishib bir-birlariga qarar va: «O'zi nima gap?» degandek qilib Gekka ko‘z tashlab qo^ar edilar, Gek esa churq etmay otirar edi. - Sid, Tomga nima boldi? - dedi Polli xola.- U... yo‘q, bu bolaning nimalar qilib 3mrganini hech vaqt bilib bolmaydi. 277 - Men umrimda... Polli xola so'zini tugata olmadi, chunki shu vaqt, yelkasidagi ikkita og‘ir qop ostida bukchayib, Tom kirib keldi. U stol ustiga bir to‘da oltinni to lab tashlab, tantanali ravishda: - Mana! Mening aytganlarim to‘g‘ri ekanmi? Mana shuning teng yarmi Gekniki, qolgani meni- ki! - dedi. Shuncha oltinlarni ko‘rgan kishilar hatto nafas ham ololmay entikib qoldilar. Bir-ikki minut davo mida birortasi ham nima deyishini bilmay, hayron bolib qotib qoldi. Ancha vaqtdan keyingina ular, albatta, buni tushuntirib berishni so'radilar. Tom ham bunga rozi boldi. Uning hikoyasi juda uzoq bolishi bilan birga, kishilarni maroqlantirarlik darajada juda qiziq edi. Biror kishi ham churq etib, uning so'zini bolmadi. Tom hikoyasini tamom qilgandan keyin mister Jons turib: - Men, bu yerda o'tirganlar uchun juda qiziq narsa tayyorlab qo'ydim, deb o'tirgan edim, bi roq buning oldida meniki hech gap bolmay qoldi. Bunga o‘zim ham iqrorman, - dedi. Pulni sanadilar. O'n ikki ming dollardan ortiqroq ekan. Bunchalik pulni bu yerda o'tirganlarning hammasi ham umrlarida hech ko'rmagan ekanlar. Download 6.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling