Kechirganlari


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

o‘zi
yaxshi-a, Gek, shunday emasmi?
- Shunday, Tom, bu juda yaxshi ish. Biz kimlar- 
ni talaymiz?
- Kim to‘g‘ri kelsa talayveramiz-da! Qaroqchilar 
singari yoldan o'tgan, ketgan otliq-yayov, hamma- 
sini talayveramiz-da!
- Ulami oldiramiz hammi?
- Yo‘q, har doim oldiravermaymiz. Eng yaxshi- 
si, ular o'zlari uchun xun to lab chiqqunlaricha
ulami g‘or ichida asir qilib saqlaymiz.
267


- Xun deganing nima o‘zi?
- Xun deganim pul-da! Ularga o‘z yor-do‘stlari- 
dan kuchlari yetguncha pul yig‘ib olib kelish taklif 
qilinadi. Agar shundan so‘ng bir yilgacha xun to lab 
olib ketmasalar, u vaqtda oldirishga to‘g‘ri keladi. 
Xotinlarni oldirish yaramaydi. Ular juda chiroyli 
va juda boy, o'zlari esa juda qo'rqoq boladilar. 
Ularning soatlari va shunday narsalari tortib 
olinadi. Biroq ular bilan so‘zlashganda, boshdan 
qalpoqni qolga olib, odob bilan so‘zlashish kerak. 
Qaroqchilar juda ham odobli xalq boladilar. Bu 
so‘z hamma kitoblarda ham yozilgan. Xotinlar odat 
boyicha qaroqchilarni yaxshi ко‘rib qoladilar. G‘or 
ichida bir hafta, ikki hafta o‘tirganlaridan keyin 
ular yiglashdan to‘xtaydilar-da, keyinroq borib 
o‘zlari ham ketishni xohlamaydilar. Kitoblarning 
hammasida shunday deb yozilgan.
-Tom deyman, bu juda ham ajoyib-ku! Bu hatto 
dengiz qaroqchisi bolishdan ham yaxshi ekan.
- Albatta, yaxshi, har jihatdan ham yaxshi -
uyingga ham yaqinroq yurasan, umuman... sirkka 
kirish ham mumkin... umuman...
Shu orada bolalar qayiqdagi hamma narsalarini 
tashib olib, yoriqdan g'orning ichiga kirib oldilar. 
Tom oldinda borardi. Ular tunnelning narigi boshi- 
ga borib, kanoplarning uchini bir qoya toshga 
boglab qoyib, nariga qarab yurib ketdilar. Ular bir 
necha qadam yurganlaridan keyin buloqning yoni­
ga yetib bordilar, buloqni ko‘rib Tomning butun 
badani seskanib ketdi. U Gekka xuddi devoming 
tagida bir to‘da tuproq ustida qolgan sham piligini 
ko‘rsatib Bekki bilan ikkalasi shamning yonib tu- 
gashini tomosha qilib o'tirganlarini so‘zlab berdi.
Bolalar o‘zlari ham sezmay, tovushlarini juda 
pasaytirib, shivirlashib so‘zlasha boshladilar. 
Atrofdagi jimjitlik ularga juda qattiq ta’sir qilardi. 
Ular boshqa bir yolakka burilib, «halokatli sakrash
268


maydoni»ga yetib borgunlaricha uzoq yol yurdilar. 
Shamning yoruglda bu maydonchaning osti tagsiz 
chuqur bolmay, yigirma-о‘ttiz metr chamasi tik 
chuqurlik yer ekani malum boldi.
- Hozir senga bir narsa ко‘rsataman, Gek, - dedi 
Tom shivirlab.
U qolidagi shamni balandga ko‘tardi.
- Anavi burchakdan mumkin qadar nariga, 
uzoqroqqa qara-chi. Anavi katta toshdagi qora 
kuya bilan yozilgan yozuvni ko'rdingmi?
- Tom, bu xoch shakli-ku!
Endi «ikkinchi g‘or»ning qayerda ekanini bil- 
dingmi? Xochning tagida degan edi, esingda 
bormi? Endi tushundingmi? Men ham hindi Joni 
xuddi shu yerda ko'rgan edim. U qoliga sham 
ushlab yurar edi.
Gek sirli belgiga uzoq tikilib qoldi, keyin qaltiroq 
tovush bilan:
- Tom, tezroq shu yerdan keta qolaylik! - dedi.
- Nima deysan? Xazinani shu yerda qoldirib 
ketamizmi?
- Ha, qoldirib ketamiz. Hindi Joning arvohi shu 
yerlarda aylanib yurganga o'xshaydi.
- Yo‘q, Gek, unday emas. Agar uning arvohi 
aylanib yurganda ham bundan besh mil narida, 
o'sha hindining olgan yerida, g‘orning kirave- 
rishida yuradi.
- Yo‘q, Tom, sening bu so‘zing to‘g‘ri emas. U 
faqat shu pul turgan yerda, pulni poylab yuradi, 
arvohlar doim shunday boladilar. Buni sen ham 
bilasan, men ham.
Tom: «Ehtimol, Gek haqlidir», deb о У lay boshladi 
va yuragiga vahima tushdi. Bir fikr qo'qqisdan uni 
harakatga keltirdi.
- Bolmagur so‘zlarni aytasan, qo“ysang-chi! 
Xoch bor yerda hindi Joning arvohi yurmaydi.
269


Bu so‘z ishonchli bolib ko'rindi va ancha ta’sir 
qildi.
- Tom, men bunday bolishini oyiamagan edim. 
Sen haqsan. Bu yerda xoch bolishi bizning bax- 
timiz. Yur, pastga tushib sandiqni qidiramiz.
Dastlab Tom tushib ketdi. U oyoqlari ostidagi 
bo'sh tuproqli yerga mumkin qadar zinapoyaga 
o'xshatib iz solib borar edi. Gek uning orqasidan 
yurdi. Bir qoya tosh turgan kichkina g‘or ichiga 
to‘rt tomondan to‘rt yolak ketardi. Bolalar ulardan 
uchtasini qarab chiqishib, hech narsa topa olmadi- 
lar. G‘orga yaqinroq yerdagi devor ichiga kichkina 
yashik o'matilgan, unga ко‘rp alar taxlanib qo'yil- 
gan, yerda eski tasma, qazidan ajratilib tashlangan 
po‘st va uch-to‘rtta tozalangan parranda suyaklari 
yotardi, lekin pul solingan sandiq yo‘q edi. Bolalar 
hamma yerni tintib qaradilar, hech narsa topa 
olmadilar. Nihoyat, Tom:
- U, «xochning tagida» degan edi. Uning aytgan 
yeri xuddi shu yerning o‘zi. Ular xuddi qoya toshning 
ostida bolishi mumkin emasku! U yerga tep-tekis 
yopishib turibdi-ku! - dedi.
Ular yana biroz qidirdilar-da, keyin dam olish 
uchun otirdilar. Gek hech narsa uylab topa olmadi. 
Nihoyat, Tom:
- Mana buni qara, Gek, qoya toshning bir to- 
monida oyoq izlari va shamning yoglik doglari bor, 
ikkinchi tomonida esa hech narsa yo‘q. Nima uchun 
bunday ekan? Garov boglaymanki, pul shu toshning 
tagida, men hozir shu tuproqni kavlab ko‘raman.
- Bu fikring yaxshi Tom, - dedi Gek ruhlangan 
holda.
Tom pichoglni olib, to‘rt dyuym chamasi yemi 
kavlab ham ulgurmagan edi, pichogl yogbchga tegdi.
- Gek, eshitdingmi?
Gek endi o‘zi ham unga yordamlashib, g'ayrat 
bilan kavlay boshladi. Tezdan ular qoya toshning
270


ostiga tushadigan kovakni berkitib turgan taxtalar- 
ni topdilar. Tom kovakning ichiga tushib, qolidagi 
shamni tutib qaray boshlagan edi, shamning yorugl 
kovakning ichini butunlay yoritmaydi, keyin u ko­
vakning ichini yaxshilab tekshirmoqchi boldi. U 
engashib nariga yurib ketdi. Torgina, burilib-burilib 
ketgan yol borgan sari chuqurlikka tushib borardi. 
Tom oldinda, Gek uning orqasidan yurib bordilar. 
Ular o'ngga burildilar, keyin solga burilib, yana bir 
burilishdan otgan edilar, birdan Tom:
- Gek buyoqqa qara! - deb qichqirib yubordi.
Bu koVingan shubhasiz, pul solingan sandiqcha
edi. Uning yonida miltiq doridan bo‘shalgan bir 
bo‘sh yashik, charmdan ishlangan gllof ichida ikki- 
ta miltiq, kamar va har xil mayda-chuyda narsalar 
o‘sha tokchaning tepasidan tomib turgan suv bilan 
hoi bo lib yotar edi.
- Hah, endi yetibmiz-a! - dedi Gek va qoraya 
boshlagan kumush tangalar ichiga qolini tiqib 
ag'darib ko‘ra boshladi. - Tom deyman, endi ikka- 
lamiz ham juda boy bolamiz-da!
- Gek, men o'zimning boyib ketishimga har doim 
ishonar edim. Endi bu pullar bizniki, bu turgan gap. 
Biroq, bu yerda ortiqcha o'ralashib yurishimizdan 
foyda yo‘q. Qutini olib chiqishimiz kerak. Qani, 
ko'rayin-chi, men uni kotara olarmikanman?
Sandiqchaning oglrligi ellik qadoqcha kelar 
edi. Tom uni yerdan zo‘rg‘a ko'tarib oldi, lekin olib 
yurolmadi.
- 0 ‘zim ham shundaydir, deb o'ylagan edim, - dedi 
Tom. - U ko'rinishidan ham ancha oglr koVinar edi: 
anovi ajinalari bor eski uydan ular ikkovlari ko'tarib 
chiqayotganlari esingda bormi? 0 ‘zim bilan birga qop 
olib kelish esimga tushib qolgani ham yaxshi boldi.
Bolalar pullarni qopga ag‘darishib, qoya tosh 
ustiga olib chiqdilar.
271


- Endi miltiqlarni va boshqa narsalarni olib 
chiqaylik, - dedi Gek.
- Yo‘q, Gek, ulami shu yerda qoldirib ketamiz. 
Biz bundan keyin qaroqchilik ishiga kirishib ket- 
ganimizda, ular kerak bolib qoladi. Biz bulami shu 
yerda saqlaymiz va aysh-ishrat qiladigan yerimiz 
ham shu yer boladi. Aysh-ishrat qilish uchun bu 
joy juda ham qulay yer.
- Aysh-ishrat deganing nima?
- Bilmadim. Harholda qaroqchilar har doim 
aysh-ishrat qilib yurar emishlar, demak bizga ham 
shunday qilib turishga to‘g‘ri keladi. Qani, turaqol 
endi. Gek, hali ham biz bu yerda juda ko‘p o‘tirib 
qoldik. Kun kech bolib qoldi, mening bolsa juda 
qornim ochib qoldi. Biz endi o‘shayoqda qayiqning 
ichida ovqatlanib, tamaki chekib olarmiz.
Ular qalin butazorlar orasidan chiqib, ehtiyotlik bi­
lan atrofni ko‘zdan kechirdilar, suv botyida hech kim 
yo'qligini bilganlaridan keyin borib qayiqqa otirib
ovqatlana boshladilar. Quyosh ufuqqa tomon og‘a 
boshlaganda ular o'rinlaridan turib yolga tushdilar. 
Tom eshkaklarini o‘zi eshib, Gek bilan chaqchaqla- 
shib so‘zlashib borardi; u qayiqni suv bo^iga yaqin 
olib yurardi, negaki oqimga qarshi ketayotganlari 
uchun suvning o‘rtasidan yurish qiyin edi, kun 
qorayganda ular qayiqni qirgbqda to'bctatdilar.
- Qani, Gek, - dedi Tom, - biz endi pullarni ho- 
zircha mana bu beva xotin Duglasning o‘tinxonasi 
ustidagi tomning ostiga yashirib qoya turamiz. 
Men ertalab kelarman, pullarning hammasini 
sanab ко‘rib, bolib olamizda, keyin o‘rmonning 
ichidan bir xavotirsiz yer topib, ko'mib qoyamiz. 
Sen hozir shu yerda pullarni poylab turatur, men 
borib Benni Teyloming g‘altak aravasini olib kela- 
yin, bir zumda kelaman.
U ko‘zdan g‘oyib boldi va chindan ham ko‘p 
vaqt o'tmay g'altak aravani olib keldi. Bolalar unga
272


ikkala qopni soldilar-da, ustini eski-tuski latta- 
lar bilan o‘rab, aravani sudrab tepaga olib chiqa 
boshladilar. Cholning uyi yoniga borib, dam olish 
uchun to'xtadilar. Ular dam olib endi jo‘naymiz, 
deb turganlarida eshik oldida chol ko‘rinib:
- Hoy, kim bor bu yerda? - deb baqirdi.
- Gek bilan Tom Soyer.
- Juda yaxshi! Qani, men bilan birga yuringlar, 
bolalar, biz sizlarni ko‘pdan kutib o'tirgan edik. 
Qani, tezroq yuringlar! G'altak aravalaringni men 
sudrab boraman. Lekin bu ancha oglr ko'rina- 
di-ku, nimasi bor ichida? Glshtmi yo eski temirmi?
- Eski temir, - dedi Tom.
- Men ham shundaydir, deb o^lagan edim. 
Bizning bolalar shunday eski temirlarni yig‘ib 
yurishga har qancha bolsa ham vaqtlarini sarf 
qilaveradilar; uni ma’dan quyadigan zavodga olib 
borganlarida olti sentga oladi. Agar bundan ikki 
baravar ortiq pul topadigan bolganlarida ham 
boshqa ishga bormaydilar. Odamzod shunday 
bolar ekan-da, qani, ha, tezroq yuringlar!
Ammo bolalar bunchalik shoshilib borishning 
sababini bilishni xohlar edilar.
- Beva xotin Duglasning uyiga borsangiz, o‘sha 
yerda bilasizlar, - dedi chol.
Biroq Gek o'rinsiz ayblanishga o'rganib qolgan, 
shuning uchun qo‘rqa-pisa:
- O'zi nima gap, mister Jons? Biz hech qanday 
yomonlik qilganimiz yo‘q-ku? - deb so'radi.
Chol xoxolab kulib yubordi.
- Bilmadim, Gek, bilmadim, bolam. Bu to‘g‘rida 
hech narsa bilmayman. Beva xotin Duglas bilan sen 
о‘zing juda inoqsan-ku!
- Ha, shunday, harholda menga uning muomalasi 
yaxshi.
- Ana ko'rdingmi? Shunday bolgandan keyin nega 
qoVqasan?
273


Gek bunga javoban biror so‘z o*ylab topgani ham 
yo‘q ediki, Tom bilan ikkalasining orqasidan turti- 
shib, ichkariga - missis Duglasning mehmonxo- 
nasiga kirgizdilar. Mister Jons g‘altak aravani eshik 
yonida qoldirib, o‘zi ham ichkariga kirdi.
Mehmonxonaning ichi juda yorug‘ va unda sha- 
haming barcha atoqli kishilari to'plangan edi. Bunda 
Techerlar ham, Garperlar, Rojerslar, Polli xola, Sid, 
Meri, domla, gazeta muharriri va boshqa juda ko*p 
kishilar bolib, hammalari bayramdagidek yasangan 
edilar. Bulaming ustiga bizning qahramonlarimiz 
yog‘ va loyga belanib kirib keldilar, bulami har bir 
uy egasi mehmonini qanday qarshi olsa, beva xotin 
ham bulami chin ko'nglidan shodlanib kutib oldi.
Polli xola uyalganidan qip-qizil bolib ketdi. U 
Tomga qarab qovoqlarini solib, ma’noli nazar bilan 
boshini chayqab qoydi, lekin bolalar o‘zlarini ham- 
madan ham ortiqroq 
0‘ng‘aysiz sezardilar.
- Tom uyda yo‘q ekan, - dedi mister Jons, - men 
uni topishga urinmagan ham edim, hozir esa Gek 
bilan ilckovlari xuddi eshigim yonida duch kelib qol- 
dilar, men ulami darhol bu yerga olib keldim.
- Juda yaxshi qilgansiz, - dedi beva xotin. - Qani, 
bolalarim, buyoqqa, mening orqamdan yuringlar.
Beva xotin bolalami yotoglga olib borib:
- Endi yuvinib, boshqa kiyim-boshlar kiyib oling- 
lar. Mana bu yerda ikkita yangi kostyum bor. Koyiak, 
paypoq, kerak narsaning hammasi bor. Bular Gek 
uchun tayyorlangan. Yo‘q, yo‘q, Gek, sen menga 
rahmat dema: bulardan birini men sotib oldim
ikkinchisini mister Jons sotib olgan. Bu kiyimlar 
ikkovingizga ham yaraydi. Tezroq kiyininglar-da, 
bolganlaringdan keyin pastga tushinglar. Biz sizlarni 
kutib turamiz, - dedi.
274



Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling