Kechirganlari


TOM BEKKI BILAN TANISHADJ


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

OLTINCHI BOB 
TOM BEKKI BILAN TANISHADJ
Tom Soyer, dushanba kuni ertalab uyqudan 
uyg‘onarkan, o‘zini juda baxtsiz his qildi. Har bir 
dushanba kuni erta bilan uning ahvoli hamisha 
shunday bolar, chunki uning maktabda kechiradi- 
gan azob-uqubatlari haftasi shu dushanba kunidan 
boshlanar edi. U hatto kechagi kunning bayram 
bolganligi uchun ham achinar, chunki ozodlikda 
yurgandan keyin, yana erksizlikka duchor bolish 
undan ham oglrroq edi.
Tom oyianib yotardi. Birdan unga o'zini kasallik- 
ka solish va shuning bilan maktabga bormay, uyda 
qolish istagi ma’qul tushdi. Chindan ham bu olijanob 
ish bolar edi-da! U o‘z vujudini tekshirib koVdiv Hech 
bir yeri og^rimaydi va u o‘z tanasining turli yerlarini 
yana bir qayta qoli bilan ushlab ko‘rdi.
49


Unga qomi sanchib og'riyotgandek tuyuldi va 
keyinroq bu og‘riq kuchayib ketar, degan umid bilan 
juda sevingan edi. Biroq, aksincha, qomining og‘rig‘i 
pasayib, sekin-asta butunlay yo'qolib ketdi. Tom 
yana o^ga botib turar ekan, birdan tishining qimirlab 
qolgani esiga tushdi. Bu uning uchun juda qulay bir 
narsa bolib chiqdi, va u endi ingramoqchi bolgan edi. 
Birdan esiga shunday narsa kelib qoldi, agar tishim, 
deb og'zimni ochdim degunimcha, xolam darhol 
tishimni sugtirib olib tashlaydi, bu esa juda alamli 
bolar, deb oyiadi. Shuning uchun u tish ogViglni 
bir tomonga qoVib turib, boshqa biror hiyla topish- 
ga urinmoqchi boldi. Biroz vaqt hech narsa oyiab 
topolmay turdi. Keyin u, bir kishining ikki-uch hafta 
kasal bolib yotgani va unda barmogidan ajralish xav- 
fi tugllgani to'gVisida bir doktorning qilgan hikoyasini 
esladi. Bola darhol ко Waning ostidan oyoglni chiqa- 
rib, bosh barmoglni tekshirib ko'ra boshladi. Lekin u 
o‘sha kasalning qanday belgilari bolishini bilmas edi. 
Shunday bolsa ham bir sinab ko‘rsam zarar qilmas, 
deb o‘zidan-o‘zi ingray boshladi.
Sid uyg‘onmay yotar edi.
Tom qattiqroq baqirishga tutindi va unga endi 
chindan ham barmogi ogViy boshlagandek tuyuldi.
Sid esa hech qimirlamay uxlab yotardi.
Tom baqiraverib, hansirab qoldi. U biroz damini 
olib nafasini rostlagandan keyin, bir necha marta 
juda g'alati qilib baqirdi.
Sid xurrak otishdan to'xtamasdi.
Sidning uyg'onmay yotishi Tomning jahlini 
chiqardi. U bir-ikki marta «Sid! Sid!» deb chaqirib, 
ukasiningyelkasidan ushlab silkib qoydi. Tom yana 
qattiqroq ingray boshladi. Sid bir esnadi, kerishib ol- 
gandan keyin tirsagi bilan suyanib turdi-da, burnini 
torta-torta Tomga tikilib qarab qoldi. Tom ingrashida 
davom etar edi. Sid unga qarab:
50


- Tom! Menga qara! Tom! - dedi. Javob bolmadi.
- Eshitayapsanmi, Tom? Tom senga nima boldi
Tom?
Sid ham akasining yuziga tikilib qarab, uning 
yelkasidan ushlab silkib qoydi.
Tom qattiq ingrab:
- Qoy, Sid! Menga tegma! - dedi.
- Senga nima boldi, Tom? Men hozir xolamni 
chaqiraman.
- Yo‘q, kerak emas, chaqirma. Balki bu kasal 
o‘zidan-o‘zi tuzalib ketar. Hech kimni chaqirma, 
kerak emas.
- Yo‘q, yo‘q, albatta chaqirishim kerak. Buncha 
ingramasangchi! Qanday yomon bu! Ko'pdan beri 
ogftydimi?
- Bir necha soat boldi. Voy! Xudo xayr bersin, Sid, 
menga ko‘p qattiq tegma! Sen meni oldirib qoyasan.
- Nega meni oldinroq uyg'otmading, Tom? Unday 
ingrama, jonim! Sening ingrashingdan badanlarim 
muz bolib ketayotir. Qayering og‘riydi?
- Sid, men barcha gunohlaringni kechirdim!.. 
(Ingraydi). Sen mening oldimda har qanday ishga 
aybli bolsang ham, men hammasini kechirdim. Men 
olganimdan keyin...
- Hoy, Tom, nahotki sen olib ketsang? Tom jonim, 
olma... Qoy, kerak emas, balki...
- Sid, men hammaning gunohini kechirdim 
(Ingraydi). Sen shuni ulargayetkiz. Mening deraza 
ramkam bilan bir ko'zlik mushuk bolamni bolsa, 
ana shu shaharga yaqinda kelgan qizga ber va 
unga aytginki...
Biroq, Sid shu vaqt chalvorini qoliga olib yugur- 
ganicha ketdi: Tom endi chinakamiga kasal bolgan, 
uning kallasi astoydil ishlar va uning ingrashlari ham 
juda tabiiy, kasal kishining tovushidek eshitilar edi.
Sid zinapovadan yugurib tushib borar ekan:
51


- Xola, Polli xola, tezroq keling! Tom о lay deb 
yotipti, - deb baqirdi.
- Olay deb yotipti, deysanmi?
- Ha, ha, nimaga qarab turasiz? Tezroq yursan- 
gizchi!
- Behuda gap! Ishonmayman!
Ammo shunday bolsa ham, u shoshilganicha 
yuqoriga qarab yugura boshladi, Sid bilan Meri esa 
uning orqasidan chopishib bordilar. Polli xolaning 
ranglari о‘chib ketgan, lablari qaltirab turar edi. U 
Tomning to‘shagi yoniga yetib borar ekan:
- Tom bolam, senga nima boldi? - degan so‘zlar 
og'zidan zotg'a chiqdi.
- Oh xola, men...
- Nima boldi, nima boldi, bolam?
- Oh xola, barmoglmning ichi o t bolib yonayotir!
Polli xola stulga o‘zini tashlab kulib yubordi, keyin
yigladi, keyin yana kulib, yana yigladi. Kampirning bu 
qilgani uning yuragini ancha bo‘shashtirdi, keyin u:
- Tom, meni juda ham qo'rqitib yubording-ku! 
Qani, endi bunday jinniliklaringni yigishtirib qo^ib, 
o‘mingdan tur! - dedi.
Tomning ingragan tovushlari bir damda jimib
barmog'ining og‘rig‘i ham o'sha ondayoq to'xtadi. 
Bola biroz xijolat bolib:
- Polli xola, bu barmogim butunlay jonsizlanib 
qolgandek boldi, u shunday ogtidiki, hatto tishim- 
ning ogtiglni ham unutib yubordim, - dedi.
- Ana, buni ko‘ringlar-a! Xo'sh, sening tishingga 
nima boldi?
- Tishimning bittasi qimirlab qolgan va shunday 
og'riydiki, chidab bolmaydi.
- Ha, bas endi, bolmasa yana ingray boshlarsan. 
Qani og‘zingni och-chi! Ha, tishing chindan ham 
qimirlab qolgan ekan, biroq bu bilan odam olmay- 
di-ku. Meri, menga bir qatim ipak bilan oshxonadan 
chala yongan kosovni keltirib ber.
52


- Jon xola, qo^ing, kerak emas, u endi og'rimay- 
di. Agar yana og'risa ham men hech ingramayman, 
hatto ogViganini ham bildirmayman, xolajon, qoying, 
unday qilmang, men uyda qamalib o'tirishni xohla- 
mayman, men maktabga boraman...
- Ha, ha, shunday degin! Sen bu hiylalaringning 
hammasini, maktabga bormay, o‘qish o‘miga baliq 
ovlab yurish uchun о у lab chiqargan ekansan-da! 
Oh, Tom, men seni shuncha yaxshi ko‘raman-u, sen 
bolsang doim shunday yaramas ishlami qilib, meni 
ranjitib yurasan.
Shu orada tish sug'urish asboblarini ham olib 
keldilar. Polli xola ipning bir uchini sirtmoq qilib 
bogladi-da, uni Tomning ogVigan tishiga solib, ipning 
bir uchini bolsa karavotning temiriga boglab qoydi. 
Keyin, yonib turgan kosovni olib, uni Tomning ba- 
sharasiga qarab turtmoqchi bolgan-da, Tom boshini 
bir silkib, tortib yuborgan edi, uning tishi suglirilib 
chiqib, karavotga boglangan ipda osilib qoldi.
Kishining har bir tortgan qiyinchiligi qanday bolsa 
ham mukofotlanmay qolmaydi. Tom nonushtani qilib 
maktabga kelganida hamma o'rtoqlari unga suqlanib 
qaray boshladilar, chunki uning yuqoridagi qator 
tishlari orasida bo‘sh qolgan yeri unga juda yangi 
va bugungacha hech ko'rilmagan usulda tupurish- 
ga imkoniyat berardi. Uning bu ahvoliga qiziqqan 
bolalar orqasidan talashib ergashib yurar edilar. 
Bundan ilgari bolalardan biri barmog'ini pichoq 
bilan kesib olib, uning bilan barcha bolalaming 
hurmat va diqqatini o‘ziga tortib yurar edi, bolalar 
Tomning tishini ko'rganlaridan keyin, unga qaramay 
qoydilar. Bu bilan u o‘z ixlosmandlarini yo'qotdi, 
uning shuhrati so'ndi. Shu sababli u ancha xafa 
boldi va Tomga istehzo bilan qarab: «Tom Soyeming 
bunday tupurishi hech gap emas, uni har kim ham 
qila oladi» - dedi; boshqa bir bola esa «Yoshsiz, hali
53


g‘o‘rasiz», deb qoydi. Shundan keyin bolaning ancha 
shaxti qaytib, biilarning oldidan nari ketdi.
Oradan ко*р vaqt otmay, Tom shaharda hammaga 
mashhur bolgan bir araqxo'ming o‘gli - Geklberri 
Fin degan bola bilan uchrashdi. Shahardagi hamma 
bolalaming onalari Geklberrini chin ko'ngillaridan 
yomon ko'rar, lekin shu bilan birga, undan juda 
qo‘rqar edilar, chunki u juda yalqov, yaramas, ax- 
loqsiz bola bolib, hech qanday tartib va qonunlarga 
boysunmas edi. Yana shuning uchun qo‘rqar edHar- 
ki, bolalaming hammasi ham undan o‘zlarini olib 
qochmas, garchi taqiq qilingan bolsa-da, u bilan 
oynashni, birga bolishni sevar va hamma narsada 
unga ergashmoqchi bolar edilar. Tom «yaxshi xo- 
nadonlardan» chiqqan bolalardek, kuni boyi hech 
bir ish qilmay yuradigan bu bolaga qiziqib qarar edi. 
Bu chuvrindi bola bilan o“ynash Tomga ham qattiq 
man qilingan edi. Albatta, xuddi shuning uchun, 
Tom ham bu bola bilan biroz oynab olish yolida har 
bir to‘g‘ri kelgan paytdan foydalanib qolishga tirishar 
edi. Geklberri kattalaming egnidan tushgan eski-tus- 
ki uvadalami kiyib yurar edi. Yilning har qanday 
mavsumida ham uning kiyimi har xil doglar bilan 
qoplanib, uvadalari osilib yurar, boshidagi qalpogl 
ham goyo nuragan chordevorga o'xshar, qalpoglning 
bir parcha yirtiq yen xuddi yarim oy singari pastki 
tomonga cho'zilib tushgan edi. Ustidagi kamzuli bi- 
rovning eskisi bolgani uchun etagi tovonlariga tegib 
yurar, uning orqa tomondagi, beldan yuqori yerdagi 
tugmalari esa belidan ancha pastda turar, chalvori 
bittagina ip bilan yelkasiga tortib qoyilgan, orqa 
tomoni esa shalpillab osilib yotar, pastki pochalari 
titilib ketgan va loyda sudralib yurar edi. Geklberri 
qayemi xohlasa, shu yerda daydib yuruvchi erkin bir 
qushcha edi. Havo ochiq vaqtlarda u har qayerda, 
eshik ostonalarida tunab qolar, yoglngarlik vaqt-
54


larda esa bo‘sh bochkalar ichiga kirib yotardi. Uni 
hech kim maktabga va cherkovga borishga majbur 
etmasdi. Uning bo“ysunadigan kishisi, ya’ni tepa- 
sidan xojayinlik qiluvchi kishisi yo‘q. U xohlagan 
vaqtida va xohlagan yerida baliq ovlab yoki cho'milib 
yurar va suv ichida ham xohlaganicha o*tira berar 
edi. Birov bilan mushtlashishni ham unga hech 
kim man qilmasdi. Uxlashga ham xohlagan vaqtida, 
hatto yarim kechadan keyin ham borib yota berardi. 
Koldam bolsa, u boshqa bolalaming hammasidan 
oldin yalangoyoq yura boshlar, kuzda esa oyoqlariga 
hammadan keyin etik kiyar edi. U yuz-qollarini yu- 
vishni va toza kiyim-bosh kiyishni hech oyiamasdi. 
Soldshishga kelganda esa, u juda usta edi. Xullas, 
bu bola hayotga shodlik kiritadigan xususiyatiarning 
hammasini egallagan edi... Sankt-Peterburgning 
«yaxshi uylari»da «yaxshi tarbiya» olgan va o‘z erklari 
bilan yura olmaydigan bolalaming hammasi shun­
day deb oyiar edilar. Tom haligi romantik daydi 
bolaga salom berib:
- Hoy, Geklberri! Beri kel! - deb chaqirdi.
- Ishing bolsa о‘zing kelaqol...
- Qolingdagi nima?
- Olgan mushuk.
- Qani, Gek, menga ber, bir ко‘ray! Juda qotirib 
qoyibsanku. Qayerdan topding buni?
- Bir boladan sotib oldim...
- Nima berding?
- Bitta kolc bilet bilan qushxonadan 
0
‘glrlab olgan 
holrizning pufagini berib oldim...
- Kolc biletni qayerdan olding?
- Bundan ikki hafta ilgari Ben Rojersdan bir qam- 
chi berib olganman.
- Menga qara, Gek, bu olgan mushuging nimaga 
yaraydi?
- Nimaga yaraydi, deysanmi? So‘galni yo‘qotadi.
55


- Rostdanmi? Men uning bundan ko‘ra yaxshiroq 
dorisini bilaman.
- Bundan yaxshi dorisi yo'qligiga garov bog‘- 
lashaman, sening aytganing qanday narsa?
- Sasigan suv.
- Sasigan suvmi? Sen aytgan sasigan suv hech 
narsaga yaramaydi.
- Hech narsaga yaramaydi? Sen uni so‘gallami 
yo‘qotish yolida ishlatib koVganmisan?
- Ishlatib ko‘rgan emasman. Bob Tanner buni 
sinab ko'rgan.
- Sen buni qayerdan bilasan?
- U buni Jef Techerga aytgan. Jef Jonni Bekkerga 
aytgan. Jonni Jim Xolmsga aytgan. Jim Ben Rojersga 
aytgan. Ben bir negrga aytgan. Negr esa menga kelib 
aytdi. Shuning uchun men buni bilaman.
- X o ‘sh, nima bofcti? Ular hammasi yolg'onni juda 
boplaydilar. Faqat sen aytgan negmi bilmayman. 
Biroq negrlaming ham yolg'on so‘zlamaydiganlarini 
men shu vaqtgacha ko'rgan emasman. Bulaming 
hammasi quruq safsata! Gek, sen menga ayt-chi, 
Bob Tanner so‘gallami qanday qilib yo‘qotdi?
- Ortiqcha bir ish qilgani yo‘q. Daraxtning chirik, 
kovak bolib qolgan yerida to'planib qolgan yomg‘ir 
suviga qolini tiqib olgan, xolos.
- Kuppa-kunduz kuni-ya?
- Albatta.
- 0 ‘sha daraxt to‘nkasiga qarab turib-a?
- Ha, shunday. Boshqacha iloji bolarmidi?
- Shunday qilayotganida, u biror narsa deb so‘z- 
laganmi?
- Hech narsa demagan bolsa kerak... Bunisini 
men qaydan bilayin?
- Ha, ha. Sen hali bir ishni yaxshilab udda qila 
olmaysan-u, yana shu sasigan suv bilan so‘gallami 
yo‘qotmoqchi bolib yurasanmi? 0 ‘z-o‘zidan malum- 
ki, bunday aqlsizlikdan hech qanday natija chiqmay-
56


di. Buning uchun kishi yolglz o‘zi eng qalin o‘rmon 
orasiga borib, shunday sasigan suv bor daraxtni 
moljallab kelishi, so'ngra xuddi yarim kechada o‘sha 
daraxt yoniga borib unga orqasini o'girib turib, qolla­
rini o‘sha daraxt kavagidagi suvga tiqishi va qollarini 
euvga tiqqan vaqtda:

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling