Kechirganlari


UCHINCHI BOB URUSH VA SEVGI BILAN


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

20


UCHINCHI BOB
URUSH VA SEVGI BILAN 
MASHG‘UL BO'LISH
Torn Polli xolaning oldiga kelganida, xolasi ham 
yotoqxona, ham ovqatxona, ham ishxona bolib xiz- 
mat etadigan orqa tomondagi bejirim bolmaning 
lang ochiq derazasi yonida otirar edi.
Barakali yoz havosi uyda hukm surgan jimjitlik, 
gullaming xushboy hidlari, asalarilaming allalovchi 
g‘o‘ng‘irlashlari Polli xolaga o‘z ta’sirini o'tkazar edi: u 
to‘qib otirgan ishi ustidan mudrab otirar, birdan-bir 
sherigi bolgan mushuk ham uning tizzasida pinakka 
ketgan edi. Uning ehtiyotdan peshonasiga kotarib 
qolgan ko‘zoynagi ustiga oq sochlari tushib turar 
edi. Tomning allaqachon qochib ketganiga u albatta 
ishongan va Tomning qachon qolga tushishini bilgisi 
kelardi. Birdaniga Tomning ovozi eshitilib qoldi:
- Men endi o'ynagani borsam maylimi?
- Nima uchun? Darrov-a? Xo‘sh, qancha joyni 
oqartirding?
- Hammasi boldi, xola.
- Tom! Aldama! Men yolg'onni yomon ko‘raman!
- Yolg'on so‘zlayotganim yo‘q, xola, buyurgan 
ishingizning hammasi tamom boldi.
Polli xola ishonmadi.
U borib, o‘z ko‘zi bilan ко‘rib kelish uchun ketdi; 
u Tom aytgan so‘zning loaqal yigirma foizi rost chiq- 
sa ham juda xursand bolur edi. U borib ko'rarkan, 
devorning hammasi boshdan-oyoq juda yaxshilab
- qalin qilib oqlanganiga, hatto devorning ostidagi 
yerga ham ko'ndalangiga oq tasma tushirilganiga 
juda hayron qoldi.
- Obbo, azamatey, men hecham bunday bolar, 
deb oyiamagan edim... Tom, men senga insof bilan 
aytishim kerak, agar sen sidqidil ishlasang, har
21


qanday ishni ham eplay olar ekansan. - Shu yerda 
u maqtovning hovrini biroz pasaytirmoqchi boldi 
va ilova qildi: - Lekin bu g'ayratingni kamdan-kam 
ko'rsatasan. Buni aytib olish kerak. Bor, o'yna, faqat 
shuni bilgin, uyga kech qolmay, vaqtida yetib kel, 
bolmasa men seni...
Polli xola uning g‘ayratidan shunday shodlangan 
ediki, uni qaznoqqa оИЬ kirib, halollik bilan ishlash- 
ning o‘z lazzati bolishi haqida uzoq so‘zlab, unga eng 
yaxshi olmadan bittasini tanlab berdi. Tom esa shu 
orada xolasiga koVsatmay, shirin nondan bittasini 
o‘girlab oldi.
U yugurganicha tashqariga chiqqan edi, Sidni 
ко‘rib qoldi. Sid endigina zinadan chiqib bormoqda 
edi. Bu zina binoning tashqarisida bolib, yuqori 
qavatning orqa tomonidagi uylarga olib chiqardi. 
Tomning qolida otishga choglangan bir qancha 
kesak bolib, darhol ulami ota boshladi. Bu kesak- 
lar Sidning ustiga doldek yoglldi. Polli xola kelib 
ajratib olguncha, Tomning kesagi Sidga kelib tegdi, 
Tom esa devordan oshib, qochib qoldi. Hovlidan 
chiqadigan kichkina eshik ham bor edi, lekin unga 
tezda yetib olishga Tomning fursati bolmadi. Endi 
u Sidni urib, bir vaqtlar Polli xolaga yoqasidagi qora 
ipni ko‘rsatib chaqqani uchun qasdini olganidan 
yuragi quvonch bilan toldi.
Tom butun binoni aylanib olib, bir iflos yolga 
chiqib oldi. Bu y o l Polli xolaning molxonasi orqasida 
edi. Endi u tamom xotiijamlik bilan borar, chunki 
bu yerda uni yana tutib olish xavfi yo‘q edi. Shuning 
uchun u shahar bozoriga, ya’ni o‘z o‘rtoqlari bilan 
ilgaridan maslahatlashib qolgan yerga qarab jo ‘na- 
di; bu joyda hozir mushtlashish uchun bolalaming 
jangovar ikki otiyadi to'plangan edi. Bu armiyalardan 
biriga Tom, ikkinchisiga esa uning qadrdon do‘sti Jo 
Garper degan bola qo'mondonlik qilardi. Bu ikkala
22


ulug‘ harbiy boshliq bir-birlari bilan shaxsan olish- 
maguncha, bir-birovlariga y o l bermas edilar, ko'pin- 
cha, mayda askarlar olishar, komandirlar esa ikki 
tepaning ustida o‘z yordamchilari orqali buyruqlar 
berib turar edilar. Ancha uzoq va oglr olishuvlardan 
keyin Tomning askari yengib chiqdi.
So‘ngra ikkala qo'shin ham o‘z askarlari orasi­
dan «Olgamlami sanab chiqdilar, asirlami ayir- 
boshladilar, kelgusi ixtiloflar to ‘g‘risida yangi bitimga 
keldilar va keyingi, qat’iy jang kunini belgiladilar. 
Keyin jangchilar saflarga tizilishib, tantanali «marsh» 
bilan jang maydonidan chiqib ketdilar. Tom uyga 
yolglz o‘zi ketdi.
Jeff Techer yashab turgan uyning yonidan otib 
borar ekan, Tom shu yerdagi bog4 ichida notanish 
bir qizga ko'zi tushdi. Bu qiz - oltindek sap-sariq 
sochlarini ikki o‘rim qilib, orqasiga tashlagan, ко It 
ko'zli, yozlik oq nafis koyiak va guldor ishton kiygan 
chiroylik bir qizaloq edi.
Hozirgina shuhrat qozongan qahramon uning 
qarshisida jangsiz yengildi. Emmi Lorensin degan 
qiz uning qalbida hatto iz ham qoldirmasdan shu 
soatdayoq yodidan kotarildi. U esa Emmi Lorensin 
haddan tashqari sevaman, hurmat qilaman, deb 
faraz qilar edi! Bu yerda haddan tashqari aldanish- 
dan boshqa narsa yo‘q ekan. Bir necha oy urinib, 
Tom uning sevgisiga muvaffaq boldi. Qiz bundan 
faqat bir hafta burungina unga muhabbat qo^ga- 
niga iqror boldi. Shu qisqagina muddat - yetti kun 
ichida u o‘zini mag‘rurlik bilan dunyoda eng baxtli 
bola, deb hisoblab yurdi, mana endi ular bir lahza 
tasodifiy mehmondek uning xotiridan kotarildi.
Tom sekin-asta, sezdirmasdan bu qizga mahliyo 
bolib tikilib qaray boshladi. Bir vaqt uning ham o‘ziga 
ko‘zi tushganini payqab qoldi. Shunda Tom, go у о bu 
qizni ko'rmagandek bolib va o‘z ko'nglida bu qizga
23


o'z «epchilligi»ni ko'rsatish niyatida har xil o'xshovsiz 
qiliq va harakatlar qila boshladi. Odatda, bolalar bi­
ro vga yoqmoqchi bolganlarida shunday harakatlar 
qiladilar. Shunday ajoyib fokuslami birmuncha vaqt 
davom etdirgandan keyin, Tom o‘zining qandaydir 
xavfli gimnastika harakatlari orasida qiz tomonga 
ko‘z tashlab uning burilib ketayotganini ko'rdi.
Tom bundan xafa bolib, devor yoniga yaqinlashib 
keldi; u qizning biroz bolsa ham shu yerda, bog‘da 
yurishini istar edi. Qiz chindan ham ostona oldida 
biroz to'xtab turdi-da, keyin eshikka tomon yo'naidi. 
Qiz, oyoglni eshik ostonasiga qoyar ekan, Tom og'ir 
bir xoVsinib qo^di, biroq birdan uning yuzini yana 
shodlik qopladi. Qiz eshik orqasiga o'zmi olmasdan 
burun, u yoq-bu yoqqa alanglab qaradi-da, qolidagi 
gulni devordan oshirib unga tashladi. Tom yugur- 
ganicha borib, gul yotgan yerdan ikki qadam berida 
to'xtadi va qolini ko'zlari ustiga tutib, biror qiziq nar­
sa koVgandek, ko'cha tomonga tikilib qaray boshladi. 
Keyin u yerdan bir cho'pni olib, bumi ustiga qoydi 
va uni tushirmaslik uchun boshini orqasiga tashlab, 
gavdasini u yoq-bu yoqqa tebratdi-da, sekin-asta 
gulga yaqin bora boshladi. U shu tariqa yurib bo- 
rarkan, gulga yondashib, uni oyogl bilan bosib oldi 
va gulni sekingina oyoq panjalari orasiga qisib, bir 
oyoqlab sakray-sakray, qimmatli hadyasini oldi va 
burchakdan burilib, ko'zdan g'oyib boldi. Uning 
ko'zdan yo'qolishi uzoq davom etmadi; u burchak 
orqasiga olib, nimchasiningtugmalariniyechib, gul­
ni koloragiga, ya’ni yuragiga, balki qomiga yaqinroq 
yerga (chunki u, anatomiya bilimidan xabarsiz edi) 
yashirish uchun qancha vaqt kerak bolsa, shuncha 
vaqt koYinmay turdi.
Keyin u yana qaytib kelib, o'sha kuni kechgacha 
har xil nayrangbozliklar koYsatib yurdi. Garchi Tom: 
«Qiz biror derazadan bekinib qarab turgandir», de-
24


gan umid bilan o‘zini ovitib, har xil o'yinlar ko‘rsatsa 
hamki, qiz qaytib ko‘rinmadi. Nihoyat, Tom bechora 
tamom umidsizlanib, boshi har xil shirin xayollar va 
orzular bilan tolgani holda noiloj uyiga qaytib keldi.
Kechki ovqat ustida u butunlay xayolga cho‘mib, 
shunday hayajonli bir holatda otirdiki, xolasi uning 
ahvolini ко‘rib: «Bu bolaga nima boldi ekan?» deb 
hayron qoldi. Sidga kesak otgani uchun uni juda 
qattiq koyidi, biroq u bundan sira xafa bolmagandek 
ko'rinar edi. U xolasining ko‘zi oldida bir bolak qand- 
ni sekingina ilib olmoqchi bolgan edi, xolasi uning 
qoliga bir urdi. Tom, xafa bolmadi, faqat:
- Xola, Sid ham qandingizdan oldi-ku, uni nega 
urmaysiz? - deb qo^di.
- Sid senga o'xshab, hadeb boshqalami qiynay- 
vermaydi. Agar men bolmasam, sen qantdonning 
ichidan qolingni olmas eding.
Xolasi oshxonaga qarab ketdi, Sid esa o‘zining 
jazolanmaganidan xursand bolib, shu zamon Tom­
ning g'ashiga tegdi-da, qolini qantdonga cho‘zdi. 
Tom uchun bu chidab bolmas bir hoi edi! Biroq, shu 
vaqt Sidning qolidagi qantdon yerga tushib chil-chil 
boldi. Tom shunday suyunib ketdiki, shodligidan 
biror so‘z ham aytolmay, jim bolib qoldi. U xolasi 
kirib kelguncha, hatto xolasi kirib kelgandan keyin: 
«Buni kim qildi», deb so‘ragunicha ham indamay 
qarab otirmoqchi va xolasi ko‘rgandan keyingina 
aytmoqchi boldi. U endi odobli, «erka bola»ning 
kaltak yeyishini awaldan sezib, shodlanib otirar edi. 
Kampir qaytib kirdi-da, singan qantdonning tepasiga 
kelib, ko‘zoynaklari ustidan g‘azab bilan qaradi va 
qollarini yozganicha hayron bolib qotib qoldi. Tom 
ichida: «Ana endi ish boshlandi-ku!» deb turar edi. 
Biroq oradan bir nafas otmay, Tomning o‘zi yerga 
ag‘darilib, kaltak ostida qoldi. Xolasi uni yana qay- 
ta-qayta urmoqchi bolib turar edi, Tom yigl aralash:
25


- To'xtang! To'xtang, xola! Siz meni nima uchun 
urayotirsiz? Qanddonni sindirgan men emas, Sid- 
ku! - dedi.
Polli xola hayron bolib, qarab qoldi. Tom endi 
achinar, rahmi kelar, deb oyiagan edi. Biroq xolasi 
o'zini tutib oldi-da, faqat:
- Ha, ha. Shundaymi? Harholda bu kaltak sen­
ga o'rinsiz tegmagandir, deb oyiayman. Men yo'q 
vaqtimda sen ham anchagina sho'xlik qilgandirsan,
- dedi.
U vijdonan azoblana boshladi. U bolaga uch-to‘rt 
oglz bolsa ham yaxshi so'zlar aytib, uni yupatib 
ko'nglini olmoqni juda istar edi, lekin qo'rqardi, 
basharti erkalatsa, xola o'zini gunohkordek hisoblar, 
bu esa tartib-intizomga xilof bolar edi. Shu sababli 
kampir churq etmay, o'zining odatdagi ishlari bilan 
shugtillanaverdi. Tom burchakka borib otirib oldi, 
u go у о o'z yarasiga malham qoyar edi. U xolasining 
chin yurakdan afsusda ekanini bilar va shu xayol 
uning ko'nglini ozgina bolsa ham shodlantirgandek 
bolar edi. Tom sirini boy bermaslikka, murosasozlik- 
ka tomon bir qadam ham qoymaslikka va xolasining 
ko'nglidagi oldnchini bilmagandek bolishga tirishar 
edi. Xolasining unga o'qtin-o'qtin, yoshlangan qay- 
gtili ko'z bilan qarashini bilar, lekin buni sezishni 
istamas edi. U o'z xayolida qattiq kasal bolib, olim 
oldida yotgandek, xolasi kelib undan bir oglz bolsa 
ham kechirim sotashini kutgandek, o'zi esa, bunga 
e’tibor qilmay, yuzini devor tomonga o'girib olib, jon 
bergandek bolar edi. Shunday bolsa, xolasi qanday 
ahvolda qolar edi? U yana o'zicha xayol surar: goyo 
u suvga cholckan, uning oligini suvdan topib olgan - 
lar, jingalak sochlari butunlay hoi, ma’sum qollari 
kolcsiga qovushtirilgan holda, yuragi abadiy urmay 
qoygan. Shunda xolasi uning oligi ustiga tashlanib, 
ko'z yoshlarini duv-duv toldb yiglar va Xudodan
26


o‘z bolasini qaytarib berishni so'rar, agar qaytarib 
bersa, uni hech vaqt xafa qilmaslikka so‘z berar edi. 
Lekin u rangi o'chgan, tanasi muzlagan holda, tirik- 
lik belgisini bildirmasdan, xuddi g‘am-g‘ussalardan 
abadiy qutulgan ma’sum bola singari qimirlamay 
yotmoqchi bolar edi. Bu manzaradan uning yuragi 
shunchalik siqildi va ta’sirlandiki, ko'zlari jiq yoshga 
to lib va sekin-asta sizib, bumining uchidan tomib 
tushib turdi. O'z xafachiligini qadrlash uning uchun 
shunchalik lazzatli ediki, u o'z yonida bolayotgan 
shodlik va kulgilarga chidab turolmas edi. Shuning 
uchun ham u Meri degan qizning yosh qarindoshi 
eshikdan o'ynab-sakrab, ashula aytib kirgan vaqtda, 
xafachilikdan qovoqlari soliq holda hovlidan chiqib 
ketdi. U o'rtoqlaridan uzoqda, yuragidek g‘am va 
anduhlarga tola kimsasiz yerlarda tentirab yurdi.
Xariga o'xshagan sol uni qiziqtirdi; u solning eng 
chekkasiga otirib olib, daryo yuzini tomosha qilib 
bordi. Shu M an birga hech bir sezmasdan va hech 
qanday o‘ng‘aysizlikka uchramasdan bir lahzada 
g‘arq bolib ketishni orzu qilar edi. So‘ngra u gulini 
esladi. Nimchasining ichidan uni oldi, - gul soli- 
gan va ezilgan edi, - bu hoi uning qayg'usini yana 
ham kuchaytirdi. U o‘z-o‘ziga: «Agar u qiz ichimdagi 
qayglalarimni bilsa, meni ayarmidi, yiglarmidi va 
boynimga osilib, meni yupotarmidi? Yoki hozir ta- 
kabbur odamlar menga qayrilib qaramaganlaridek, 
u ham qayrilib qaramasmidi?» degan soVoqlami bera 
boshladi. Shu haqda fikr uni shunday bir yengilgina 
g‘am bilan o'rab oldiki, u tarqalib ketgunicha har 
maqomga solib ko'rdi. Nihoyat, o'midan turdi va 
oglr bir nafas olib, qorongl ko'chaga y o l oldi. Soat 
to'qqiz yarim yoki o'nlarda u odamlar juda kam qat- 
naydigan bir ko'chaga kirib keldi; bu ko'chada uning 
sevgani - begona qiz turardi, u bir nafas to'xtadi-da, 
atrofga quloq sola boshladi - churq etgan ovoz eshi-
27


tilsa-chi! Ikkinchi qavatdagi uyning derazasidan 
miltillab yonib turgan shamning shulasi pardaga 
tushib turardi... Qiz shu bolmada emasmikin? U 
xarilardan oshib o‘tib, chakalakzor orqali yurib 
sekin-asta naq deraza tagiga borib to'xtadi. Uzoq 
vaqt mehr bilan derazaga qarab turdi, keyin soligan 
gullarini qollari bilan kokragiga bosgani holda, shu 
yerda chalqanchasiga yotib oldi. Mana shu ahvolda 
u ochiq havoda olib ketishni, bevafo dunyodan ko'z 
yumishni istar edi; hech kimning jon berish oldidan 
chiqqan peshona terini artmaydi, so'nggi nafasini 
olayotgan choglarda hech kim uning oldiga bosh 
egmaydi. Ertaga, ko'ngilli tong paytida qiz uyg'onib, 
mazkur derazadan qaragan vaqtida, uni shu ahvol­
da ko‘radi, - nahotki shu choqda uning jasadiga bir 
dona ham ko‘z yoshini tomizmasa, o‘ndan bir guli 
endigina ochilgan yosh bolaning juda bevaqt olganini 
ko‘rganida, nahotki qalbidan aqalli biron marta og‘ir 
xo'rsinish chiqmasa?
Birdan deraza ochildi. Qandaydir xizmatchi xotin- 
ning ko'targan shovqini qorongl kechaning sukuna- 
tini buzdi va bir paqir suv bolaning ustiga ag'darildi. 
Hayron bolgan qahramon, yotgan joyidan irg‘ib tu­
rib, ust-boshini silkishga kirishdi. Shu vaqt havodan 
bir narsaning uchib o‘tayotgani sezildi, qulog'iga 
birovlaming soTdshayotgan ovozi va oynaning ja­
ranglab singani eshitildi-da, ko'ziga panjara ustida 
bilinar-bilinmas bir narsaning qorasi ko‘rinib, shu 
onda ko'zdan у о‘qoldi.
Oradan bir necha vaqt o'tgandan keyin Tom, hoi 
bolgan kiyimlarini yechib, sham yoruglda ko'zdan 
kechira boshladi. Sid uyg'onib qoldi. Sid balki Tom 
oldida o'z aybini yopib ketmoqchi bolgandir, ammo 
u o'zining bu fikrini tezlik bilan o'zgartib, jimgina 
uxlagan bolib yota berdi, chunki Tomning ko'zla- 
rida yaxshilik alomatlari ko'rinmas edi. Tom kechki
28


ibodatini ham qilib o‘tirmasdan, uxlamoq uchun 
o‘miga borib yotdi. Sid esa buni fahmlab, ko‘ngliga 
tugib qoydi.

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling