Kechirganlari


YAKSHANBA KUNGI MAKTABDA «CHIRANISH»


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/63
Sana04.11.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1747444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

TO‘RTINCHI BOB 
YAKSHANBA KUNGI MAKTABDA «CHIRANISH»
G'ala-g'ovursiz, tinchgina shaharcha ustidan 
kotarilgan quyosh o'zining yorqin nurlari bilan sha- 
harchani go У о yupatib turgandek bolar edi. Nonush- 
tadan keyin Polli xola ko'ngliga mustahkam joylab 
olgan Tavrot oyatlariga asoslangan duolarini o'qidi. 
Sinay cho'qqisiga o'xshagan mehrobdan turib, u Muso 
payg'ambar hayotidan dahshatli bir bobni o'qidi.
So'ngra Tom belini mahkam boglab olib, miyasini 
Tavrot oyatlari bilan toldira boshladi. Sid esa dar- 
sini allaqachon tayyorlab qoygan. Tom Tavrotning 
besh oyatini o‘z xotirasida saqlab qolish uchun 
butun kuchini sarf qildi. U jo'rttaga oson oyatlami 
tanlab olar edi, chunki butun Tavrot ichida bolgan 
suvralaming eng qisqalari shular edi.
Yarim soatdan keyin Tom o'z saboqlaridan un- 
cha-munchasinigina zo'rg'a eslab oldi, chunki shu 
vaqt ichida uning fikr-u yodi turli xayol bilan, qollari 
esa boshqa ish bilan band edi. Meri Tomning qolidan 
kitobni olib, darslarini so'ray boshladi, Tom esa o'z 
yolini goyo tuman orasidan paypaslab topib olmoq- 
chi bolar edi.
Meri tomonidan berilgan savollarga javob berishda 
qiynalgan Tom, nima deyishni bilmasdan, Meridan 
o'pkalay va Merini koyiy boshladi.
- Shulami o'zing aytib beraqolsang nima bolardi, 
insofing bormi?
- Oh, Tom bechora, kallavaram, men sening 
jahlingni chiqarmoqchi emasman, yaxshisi, borib 
diqqat bilan o'qib darsingni bilib olishing lozim.
29


Chidamli bol, Tom, shunda ishing o'nglanib qolsa 
zora, agar sen darsingni yaxshi bilib olsang, men 
senga g'alati narsalarni sovg‘a qilaman. Bor, aqlli 
bola bol, saboqlaringni takrorla!
- Xo‘p... Nima sovg‘a qilmoqchisan, Meri? Aytib 
qoyaqol.
- Yaxshi narsa deb aytdim-ku, demak yaxshi 
narsa.
- Bilaman, Meri, bilaman. Xo‘p, saboglmni tak- 
rorlayman!
Chindan ham u saboqlarini zo‘r berib takror- 
lashga kirishdi, astoydil diqqat qilishi orqasida va 
sovg'ani tezroq qolga kiritish maqsadida saboqla­
rini juda yaxshi o'zlashtirib oldi.
Buning uchun Meri o'zining yangigina, o‘n ikki 
yarim sent5ga sotib olgan qalamtaroshini Tomga 
hadya qildi. Tom esa buning uchun o'zida yo‘q 
xursand boldi. Qarindoshining shafqatliligi yura- 
gining eng chuqur yerlarigacha ta’sir qildi: chindan 
ham bu qalamtarosh «rostakam» Berlou firmasi- 
ning pichogl bolib, shu sababli unga mahobatli 
bir hadya bolib ko‘rinar edi. Tom shu pichoq bilan 
darhol bufetni yo‘nib, endi komodni yo‘nmoqchi 
b olib turganida, birdan uni maktabga borish 
uchun kiyinishga chaqirib qoldilar.
Meri unga suv quyilgan tos bilan bir bolak 
sovun berdi; u eshikdan tashqariga chiqib, tosni 
kichkina kursi ustiga qo“ydi-da, sovunni suvga 
botirib olib, joyiga qoydi. Keyin yenglarini shi- 
marib, suvni sekingina yerga to'kdi va oshxonaga 
kirib, eshik orqasiga osilib turgan sochiq bilan 
yuz-qollarini yaxshilab arta boshladi. Biroq, Meri 
uning qolidagi sochiqni tortib oldi.
- Tom, uyalmaysanmi, - deb qichqirdi Meri. -
Bunday yomon bola bolish yaxshimas! Yaxshilab 
yuvinib olsang bir narsa boladimi?
5 Sent - yigirma besh tiyin.
30


Tom biroz uyaldi, Tosga yana qaytadan suv 
tolg'azdilar. Bu gal Tom Tosning tepasiga borib, goyo 
jur’at va botirlik bilan bir dam qarab turdi-da, og'ir 
nafas olib, yuvinishga tutindi. U ko'zlarini ocholmay, 
oshxonaga ikkinchi marta kirib, devorda osiglik 
turgan sochiqni qoli bilan paypaslab axtara boshla- 
ganida, yuzidan oqib turgan suv va sovun ko'piklari 
uning chinakam yuvinganligiga shubha qoldirmas 
edi. Shunday bolsa ham uning sochiq bilan artilgan 
basharasi kutilganidek natijani bermas edi, chunki, 
yuzining toza bolgan qismi go у о niqob kiygandek, 
peshonasidan iyagigacha bolib, undan yuqorisiga va 
pastiga, ya’ni peshonasining ustiga hamda boyniga 
suv tegmay, xuddi qora halqadek bilinib turardi. Meri 
uni o‘z qoli bilan yuvintirishga kirishdi, shundan 
keyingina u ko‘chaga chiqsa kishi uyat qilmaydigan 
ozoda bola boldi. Sochian moylanib, taralib, silliq 
qilib qoyilgan, sochlarining uchidagi jingalaklari esa 
chiroylik va mutanosib ravishda ko'rinar edi (U o‘zi 
har qachon sochlarini diqqat bilan silar va uni tep- 
tekis, xuddi boshiga yopishib turgandek qilib, qoli 
bilan yotqizishga tirishardi: uning fikricha, sochlari 
jingalak bolib kotarilib tursa, qiz bolaga obcshab 
qolgandek bolar, bu hoi butun umr boyi baxtsizlik- 
ka duchor qilar emish). Shundan keyin Meri uning 
ikki yildan beri faqat yakshanba kunlarigina kiyib 
yuradigan toza kostumini olib berdi. Kostum: «u-bu» 
deb atalar edi. Bu so‘z, unga tegishli kiyim shkafida 
kiyimlaming qanchalik ko'pligini bildiradi. Kiyinib 
bolgandan keyin, xolasi uning u yoq-buyoglni tu- 
zatib, nimchasining hamma tugmalarini qadarkan, 
koyiaginingyelkaga tushib turadigan kengyoqasini 
sirtga chiqarib qoydi. Ustini chotka bilan tozala- 
di-da, boshiga savat qalpoglni ham kiygizib qoydi.
Bu ishlaming hammasi, uning tashqi qiyofasini 
ancha bezagan bolsa-da, u, uyalib, o‘zini o‘ng‘aysiz
31


holatda his qilayapti, deb о У lash mumkin edi. 
Haqiqatan ham shunday bolib chiqdi: chunki u 
hech vaqt o'zini bunchalik yuvingan, ozoda holda 
koYgan emas edi, - mana shuning uchun bu hoi 
uni qiynar va hayajonlantirardi. U: «Shoyad Meri 
etigimni unutsa», deb umid qilgan edi, lekin uning 
bu umidi puchga chiqdi. Meri, odat bo“yicha etikni 
moylab kiydirmoqchi bolib, uning oldiga olib keldi. 
Shundan keyin u chidolmasdan: «Meni doim o'zim 
istamagan ishlami qilishga majbur etadilar», deb 
zorlana boshladi. Meri unga nasihat qilib:
- Kel endi Tom, sen ham aqlli bola bol! - dedi.
Keyin Tom ming'illay-minglllay etigini kiya bosh­
ladi. Meri ham tez vaqt ichida kiyinib olganidan 
keyin, uchovlari birgalashib yakshanba kunlik 
maktabga qarab jo ‘nadilar. Tom bu maktabni jon-u 
dili bilan yomon koYar, Meri bilan Sid esa uni yaxshi 
ко Yar edilar.
Maktabda saboq soat to'qqizdan 
0
‘n yarimgacha 
davom etib, keyin cherkov ibodati boshlanar edi. 
Meri bilan Sid ikkalasi po'pning va’z-nasihatlarini 
eshitishga o'z xohishlari bilan qolganlaridan Tom 
ham noiloj qolishga majbur bolar edi.
Cherkovning kursilariga uch yuzga yaqin odam 
sig'ardi; bu kursilarga yostiq qo^ilmas edi. Cher­
kov binosi - kichkina, ko'rimsizgina bolib, tomi 
ustida qarag'ay taxtalardan qilingan va ingichka 
quvurga o'xshagan narsa cho'qqayib turardi; bu -
cherkov qo'nglrog'i edi. Tom, cherkov eshigi oldiga 
yetganida, sheriklaridan bir qadam keyinda qolib, 
o'ziga o'xshash yasangan o'rtog'iga qarab:
- Hoy, Bill, sariq bileting bormi? - dedi.
- Bor.
- Qanchaga berasan?
- Qanchaga olasan?
32


- Bir parcha lakritsa6 va qarmoq beraman.
- Qani, ko‘ray-chi.
Tom buyumlami ko‘rsatdi. Bu narsalar bolaga 
yoqqandan keyin, u sariq biletni shularga ayirbosh- 
ladi. So'ngra Tom ikkita katta marmar soqqani uchta 
qizil biletga va yana bir necha arzimas narsalami 
ikkita zangori biletga ayirboshladi. Tom ko'chadan 
otib boruvchi harbiy bolani to‘xtatib, har xil rang- 
dagi biletlarga yonidagi bor narsalarini alishmoqchi 
bolganligini aytdi. Bu hoi o‘n-o‘n besh minut davom 
etdi. So‘ngra u, yasangan bir to‘p sho'x bolalar bilan 
birga cherkovga kirib o‘z joyiga oti rib oldi-da, birinchi 
uchragan bola bilan janjallasha boshladi. Ulaming 
bu janjaliga jiddiy qiyofali keksa muallim aralashdi; 
muallim orqasini o'girishi bilanoq Tom oldingi safda 
otirgan bolaning sochidan tortdi. U bola orqasiga 
qayrilib qaraganida, Tom qolidagi kitobi bilan uning 
bumiga turtdi. Bir minut otar-otmas Tom qolidagi 
to‘g‘nog‘ichini ikkinchi bir bolaga suqib oldi va uning 
«voy!» deb dodlashini eshitmoqchi boladi, lekin bu­
ning uchun muallimdan yana tanbeh eshitdi.
Buning ustiga, Tomning sinfidagi bolalaming 
hammasi terilib olingandek nuqul sho'x, notinch 
va odobsiz bolalar edi. Saboqlami so‘rashga kirish- 
ganlarida, bolalaming hech biri ham tayyorlanma- 
gani malum boldi. Bolalaming har biri saboqni 
boshdan-oyoq so'zlab berishga to‘g‘ri kelar edi.
Ular u-bu qilib valdirash bilan bir amallab saboqni 
otkazdilar va har biri mukofot tariqasida bittadan 
ко It bilet oldi; ko“k bilet Tavrotdan yod olingan ikki 
suraning haqi edi. O'nta ко “к bilet bir qizil biletga 
to'g'ri kelar va shunga alishtirib olish mumkin edi; 
o‘nta qizH bilet esa bir sarig* biletga to'g'ri kelar, o‘nta 
sarig‘ biletga ega bolgan alohida o'quvchiga esa,

Lakritsa - eshak miya o'tidan ishlangan chuchmal-shirin 
tamli dorivor.
33


direktor sodda muqovalik Tavrot berardi. (U vaqtda 
shu Tavrotning bahosi 40 sent turar edi).
Mukofot tarzida rassom Dorening rasmlari bilan 
bezalgan Tavrot va’da qilinganida ham ikki ming 
satr oyatni yod olish uchun kitobxonlarimizdan 
qanchasining kuchi yetar edi? Meri esa astoy- 
dil diqqat bilan shu xilda ikki yil o‘qib, mukofot 
tariqasida ikkita Tavrot oldi. Bir nemis bolasi esa 
shunday Tavrotdan to'rtta yoinki beshtasini oldi. 
Bir vaqt u, sidirg‘asiga uch ming satr oyatni o‘qib 
chiqdi; ammo bunday zoV berishlik uning uchun 
foydali bolmadi va o‘sha kundan boshlab u qariyb 
aqldan ozib qolgan edi, bu esa maktab uchun katta 
baxtsizlik boldi, chunki awallari tantanali voqealar- 
da, ya’ni xalq ko‘p yigllgan vaqtlarda direktor bu 
bolani chaqirib olib, Tomning so‘zi bilan aytganda 
«safsata sotdirar» edi. Boshqa о‘quvchilardan faqat 
kattalarigina o‘z biletlarini saqlar va Tavrot olish 
uchun o‘z saboqlarini uzoq vaqtlar takrorlar edilar. 
Chunki bu mukofot kamdan-kam berilar va uning 
berilishi katta hodisa hisoblanar edi. Tom, ehtimol, 
bunday mukofotni xohlamayotgandir, lekin shunisi 
aniqki, uning butun vujudi shu mukofotni olish bilan 
bogliq bolgan shuhrat va obro'ni istar edi.
Xuddi belgilangan soatda kafedra oldida duo ki- 
tobini ushlagan direktor paydo boldi. U shahodat 
barmoglni kitobning betlari orasiga kiritib olgan edi. 
U o‘z so'zining diqqat bilan tinglanishini talab qildi.
Konsert beriladigan sahnada ashulachining 
qolida notasi bolganidek, maktab direktori odatda 
o'zining qisqa nutqini so'zlaganda, ham qoliga duo 
kitobini albatta ushlab chiqar edi. Biroq ashula­
chining qolida nima uchun nota bolishi va direk- 
torning qolida duo kitobi bolishi malum emas, 
chunki ulardan hech biri na notaga va na duo 
kitobiga qarar edi.
34


Direktor 
0
‘ttiz besh yoshlar chamasidagi, qizglsh 
yuzli echki soqolli, kalta qilinib olingan haligiday 
qizgish sochli jirkanch bir odam edi. Kraxmallangan 
tikka yoqasining ustki qirrasi qariyb qulog'iga tegib 
turar, qirrali uchlari esa oldinga egilib, qariyb og‘ziga 
yetar va xuddi devordek bolib, direktomi doim oldin­
ga qarab turishga majbur etar, yon tomonga qaragan 
choglarida esa u butun gavdasini burishga majbur 
bolar edi. Bo^nidagi galstugi esa baqbaqasini tirab 
turish xizmatini bajarar, galstugining o'ng va chap 
tomonga ayrilib turgan uchlari uzun popuklar bilan 
bezatilgan edi; etiklarining uchlari o'sha zamondagi 
modaga muvofiq konki uchi singari yuqori qarab 
turardi, - o‘sha vaqtdagi yoshlar ham bunga erishish 
uchun etiklarining uchlarini bir necha soatlab devor- 
ga tirab otirar edilar. Mister Uoltersning afti haddan 
tashqari jiddiy, ko‘ngli sof va ochiq edi; muqaddas 
narsa va muqaddas joylarga u shu tariqa yaxshi iltifot 
bilan qarar va bulami oddiy narsalardan shunday 
ajratar ediki, yakshanba kungi maktabda so'zga 
chiqqan mahalida ovozi odatdan tashqari ohangdor 
eshitilardi. Direktor so‘zni shu taxlitda boshladi:
-
Endi, bolalar, men sizlardan ikki daqiqacha 
to‘g‘ri va jim o‘tirishlaringizni hamda mening so'zim- 
ga zo‘r diqqat berishlaringizni so‘rar edim. Ha, balli! 
Yaxshi o‘g‘il va qiz bolalar 
0
‘zlarini shunday tutish- 
lari kerak. Men kichkina bir qiz bolaning derazadan 
qarab turganini sezayotirman; uning xayolida men 
daraxt tepasiga chiqib olib, kichkina qushchalarga 
so‘zlayotgandek bolsam kerak! (Bolalar uning so'zini 
ma’qullab kulishdilar). Men sizga ezgulik va haqiqat- 
ni o'rganish uchun bu muqaddas joyga to'plangan, 
yasangan, ozoda yosh bolalami o‘z oldimda ko'rish- 
dan xursandchiligimni bildirmoqchiman.
Hokazo va boshqa shunga 
0
‘xshash gaplar. Bun­
dan boshqalarini so‘zlab otirishga hojat yo‘q. Direk-
35


toming butun nutqi o‘zgarmas bir nusxada tuzilgan, 
demak u bizlaming hammamizga malum.
Bu nutqning so'nggi uchdan bir qismini yaramas 
bolalar o'rtasida damba-dam bolib turgan uruslilar 
qorong'ilashtirar edi. Bundan boshqa hangomalar 
ham ozmuncha emas edi. Bolalar turgan joylarida 
ijirg'anib shivirlashar va bunday yaramas xulq 
tolqinlari vaqti kelganda Meri bilan Sid kabi teb- 
ranmas qoyalarga ham kelib urilar edi. Biroq di- 
rektoming tovushi pasaya boshlashi bilan hamma 
gap-so‘zlar tindi va nutqning xotimasi esa so'zsiz 
tashakkur bilan qarshi olindi.
Gap-so‘z va shivir-shivirlarning qo‘zg‘alishiga 
ko‘pmi-ozmi sabab bolgan narsa - kishilaming ke­
lib qolishi boldi; bedarmon bir moysafid chol bilan 
advokat Techer, koVkam o‘rta yoshli bir olifta kishi 
va mahobatli bir xotin kirib keldi. Bu xotin albatta 
haligi oliftaning xotini bolsa kerak. Xotin bir qiz bo- 
lani yetaklab kelgan edi. Tom o‘z ayblarini sezgani 
va nomusiga chidamagani uchun, bir joyda tinch 
o^irolmas edi. U Emmi Lorensga tik qarolmas, uning 
latif va sabrli ko‘z qarashlariga chidab turolmas edi. 
Biroq u, eshikdan kirib kelgan qizni ko'rishi bilanoq 
butun qalbi sevinchlarga tolib ketdi. U darhol ku- 
chining boricha «nayrangbozlik» qila boshladi: 0 ‘gll 
bolalami tepasidan mushtlar, sochlaridan tortar, 
aftini burushtirib masxara qilar, xullas, qizni o'ziga 
maftun qilib, unga ma’qul bolish yolida hamma 
hunarlami koVsata boshlardi. Uning shunday shod- 
liklariga bir narsa xalaqit berib turar, u ham bolsa 
bog‘da shu malikaning derazasi ostida xoVlanishini 
eslash edi, biroq bu voqea to‘g‘risidagi xotira xuddi 
ko'chma qum ustiga chizilgan narsadek tuyular edi. 
Tomning hozirgi damda sezayotgan rohatlari bunday 
xo‘rlik va ko'ngilsizliklami butunlay yuvib ketardi.
36


Mehmonlami to‘rga otkazdilar, mister Uolters o‘z 
nutqini tamomlashi bilanoq ulami maktab ahliga 
tanishtirdi.
O'rta yoshlardagi erkak kishi juda bir muhim 
shaxs - xuddi okrug sudyasining o‘zi bolib chiqdi. 
Bunday yuqori mansabli kishini bolalar hali sira 
ko‘rmagan edilar, ular bu kishiga hayron bolar va 
o‘z-o‘zlariga savol berib: boshqa kishilar qanday ma- 
terialdan ishlangan bolsa, bu kishi ham o‘shanday 
materialdan ishlaganmikin? - deb so'rar va yoinki 
uning bir boldrishini orzu qilar va yoxud, aksincha, 
uning boldrib yuborishidan qo‘rqar edilar. U Pe- 
terburgdan yigirma mil uzoqlikda bolgan Istambul 
shaharidan kelgan, demak xo‘p yaxshi sayohat qilib 
dunyoni ko‘rgan kishi; u kishilaming aytishicha, tu- 
nuka tomi bolgan okrug sudi binosini o‘z ko‘zi bilan 
ko'rgan. Shunday fikrlar natijasida kelib chiqqan 
maftunlik, tantanali sukunat va bir qator baqrayib 
qarab turgan ko'zlar bilan ifoda etilar edi. Bu kishi 
o‘z shaharlarida advokat bolib turgan Techeming 
akasi buyuk sudya Techer edi. Jeff Techer butun 
maktabni hayratda qoldirish uchun o'ziga amaki 
bolgan buyuk odam bilan kibrlani.^h maqsadida, 
oldinga qadam tashlab chiqdi. Agar shu vaqtda u o‘z 
o'rtoqlarining shivir-shivir qilayotganlarini eshitsa, 
ulaming bunday shivirlashlari Jeff uchun yoqimli 
bir musiqadek tuyular edi.
-
Uni qara, Jim, u o‘shayoqqa ketayapti-ya! Uni 
ko'rsang-chi! Anau qolini berib soVashayotir... Qan­
day gap-a! - Qolini berdi-ya! Jin ursin seni! Hozir 
sen ham o‘sha Jeff bolishni istardingmi?
Mister Uolters behuda shoshqoloqlik bilan o‘zini 
korchallon qilib ko'rsatish uchun o‘zicha «chiranar», 
har bir kuchi yetgan kishiga uning maslahat, buyruq 
va farmoyishlari yogllib turar edi.
37


Quchoq-quchoq kitoblami kotarib, u yoqdan-bu 
yoqqa yugurib, o'zining pola-partish shovqin-su- 
ronlari bilan g'ayrat qilgandek kutubxonachi ham 
chiranib yurar edi.
Yosh-yosh muallimalar esa hozirgina o'zlari chim- 
chilab, quloqlarini cho'zib yurgan bolalarga muloyim 
so'zlar aytib, engashib qarar, bular ham «chiranar», 
o'zlarining chiroylik barmoqlarini silkitib, itoatsizlik 
qilgan bolalami qo‘rqitishar, itoatli bolalami esa er- 
kalatib boshlarini silar edilar.
Yosh muallimlar ham chiranishib, о‘zl arming 
kichkina-kichkina tanbehlari bilan maqtovga sazo- 
vor intizom joriy qilib, o‘z hukmronliklarini ko‘rsa- 
tar edilar. Umuman muallim va muallimalardan 
ko'pchiligi asosan kafedra oldidagi kitoblar ustida 
urinib yurar edilar.
Qiz bolalar ham turli maqomlarda «botirlik» ko'rsa- 
tar, o'gll bolalar esa bu yolda shunchalik qunt qilar 
edilarki, butun havo jangovar tovushlar va chaynal- 
gan qog‘oz soqqalari bilan to lib ketar edi.
Bulardan ham balandroqda esa - oliy martabali 
sudyaga xos tabassumi bilan maktabni jonlantirib, 
yumshoq orindiqda otirgan, ya’ni o‘z mahoratining 
shulalarida isinayotgan ulug‘ odam qiyofasi ko'zga 
baralla tashlanib turar, chunki u ham o‘z maqomi- 
cha chiranar edi.
Mister Uoltersning shodlik va mamnuniyati- 
ning xotimalanishi uchun birgina narsa yetishmas 
edi: u o'zining olijanob mehmonlariga tirishqoqlik 
mo'jizasini ko'rsatib, so'zquvar bolganlarga Tav- 
rotni topshirmoqchi edi. Biroq maktab bolalaridan 
ba’zi birovlari uncha-muncha sarig' bilet to'plagan 
bolsalar ham, bu oz, - u eng yaxshi o'quvchilami 
so‘roq qilib otkazgan edi.
Ana shu pa}rtda, ya’ni u butun umidini uzgan bir 
vaqtda, Tom Soyer oldinga chiqib, bir dasta biletni:
38


to'qqizta sarig‘, to'qqizta qizil va o'nta ko*k biletni 
taqdim etdi hamda mukofot uchun o'ziga Tavrotning 
berilishini talab qildi.
Tomning bu harakati go у о havo ochiq kunda mo- 
maqaldiroq guldirashini eslatar edi. Mister Uolters esa 
Soyerdan allaqachon qol siltagan va yaqin o'rtadagi 
o'n yil ichida undan bir ish chiqmasUgiga ishongan 
edi. Biroq, haqiqatga qarshi chiqib bolmaydi: mana 
xazinaning muhri bosilgan cheklari turipti, ularga 
pul tolash kerak. Tomni sudyaning o‘zi va boshqa 
saylangan odamlar otirgan baland taxta ustiga olib 
chiqdilar hamda bunday katta yangilikm boshliqlar- 
ning o‘zlari malum qildilar. Bu ajoyib, hayron qolarlik 
bir voqea edi. So'nggi o'n yil ichida maktab bunday 
hodisani ko'rmagan edi; buning natijasida vujudga 
kelgan dahshat shunchalik chuqur ediki, yangi qah­
ramon, mashhur sudya bilan baravar yuksaklikka 
ko'tarilgandek boldi va endi maktab bir hikmat 
oVniga ikkitasini birvarakayiga ко‘rib turar edi. Bo­
lalaming hammasi rashkdan oVtanar va Tomga devor 
oqlab yurgan vaqtda to'plagan narsalari badaliga qizil 
va sarig' biletlami sotib, bu soxta martabaga o'zlari 
yordam berganliklarini fahmlagan bolalar hammadan 
ko'proq kuyib-pishar edilar. Bu makkor va aldoqchi 
ulami osongina ahmoq qilib ketgani uchun o‘zlari- 
ga-o‘zlari jirkanch va nafrat bilan qarardilar.
Direktor o‘ziga xos tantana bilan Tavrotni Tomga 
topshirdi, biroq uning nutqi unchalik qizgln chiq- 
madi: allaqanday notayin bir hissiyot u bechoraga 
bunda qandaydir bir sir bor va unga balki tegmaslik 
yaxshiroqdir, deb xabar bergandek bolardi. Bu bo- 
laning miyasiga Tavrot suralaridan aqalli o‘n ikkitasi 
ham sig‘magani holda, u o'zining miyasida ikki ming 
bog‘ Tavrot hikmatlarini to'plaganligi to‘g‘risida faraz 
qilish ham toedi. Emmi Lorens baxt va kibr bilan yashnamoqda
39


edi. U Tomning nazarini o'ziga qaratish va o‘z shod- 
ligini unga bildirish uchun butun choralami ko'rsa 
hamki, Tom unga qaramas edi. Bu hoi Emmi Lo- 
rensga qiziq tuyuldi va biroz hayron boldi, so'ngra 
ko'nglida shubha tuglldi, shubha tuglldi-yu, yana 
tarqadi. Yanayangidan shubha tug‘ildi: u tikilib qa- 
ray boshladi, juda sinchiklab qarab ko*p narsalami 
sezdi va ko‘ngli sovudi. U ho'ngrab yiglar, butun 
dunyoni va ayniqsa Tomni juda yomon koYar hamda 
Tomni yomon ко “rib qolganiga qattiq ishonar edi.
Tomni sudyaning oldiga olib Idrdilar, biroq baxtsiz 
bola zo‘rg‘a nafas olar, uning tili tanglayigayopishib 
qolgan, qisman bu kishining dahshatli mahobati ol­
dida qo‘rqishidan va, asosan, bu kishi o‘sha qizning 
otasi ekanligidan uning yuragi orqasiga tortib ketar 
edi. Agar shu yer qorongl bolganida, Tom uning 
oldida tiz choldb ta’zim qilishga tayyor edi. Sudya 
qolini Tomning boshiga qo'yib, uni yaxshi bola, deb 
atadi va otini so'radi. U tutulib qoldi va og'zini ochib, 
otini aytdi:
- Tom.
- Yo‘q, Tom emasdir, balki...
- Tomas.
- Ha, Tomas. Men sening biror narsa qo'shishingni 
bilgan edim. Yaxshi, yaxshi! Harholda sening boshqa 
oting ham bolsa kerak, sen menga aytasan, to‘g‘rimi?
Uolters so‘zga aralashdi:
- Tomas, sen bu boyvachchaga familiyangni ayt, 
kattalar bilan gaplashganingda «ser» so‘zini qo'shishni 
unutma. Jamoat orasida o'zingni tuta bilishing kerak.
- Tomas Soyer, ser.
- Balli! Qanday aqlli bolasan-a! Juda yaxshi, 
azamat bola bolding, ко*р yasha! Ikki ming suvra -
juda ко“р narsa! Sen shuni oYganishni bo^yningga 
olganingga hech oldnmaysan, chunki bilim dun- 
yodagi hamma narsadan afzalroq. Bilim odamning
40


shuhratini oshiradi va muloyim qiladi. Tomas, sen 
ham vaqti kelib shuhratli odam bolasan va o‘sha 
vaqtda ketingga qayrilib: men bular uchun bolaligim- 
da o'qigan yakshanbalik maktabdan minnatdorman; 
bular uchun men, mehnatga o‘rgatgan qimmatli 
ustozlarimdan minnatdorman: bulaming hammasi 
uchun men, chiroyli muqovalik Tavrotni taqdim 
qilgan, «hamma vaqt yoningda saqla!» deb menga 
talddlagan, meni qiziqtirgan va menga suyanchiq 
bo'lgan direktordan minnatdorman; bularning 
hammasi uchun men, to‘g‘ri tarbiyalanganimdan 
minnatdorman, - dersan. Sen, Tomas, shu so'zlami 
aytarsan va bu ikki ming bayt uchun hech qanday 
pul ham olmassan! Endi sen menga va bu xonimga 
о ‘rganganlaringdan biror narsa aytib bera olmaysan- 
mi? Men bilamanki sen aytib berasan, chunki biz 
o'qishni yaxshi ko'rgan bolalar bilan faxrlanamiz, Sen 
o‘n ikkita sahobaning otlarini bilasan albatta, qani 
ayt-chi, shulardan dastlabki ikkitasining oti nima?
Tom nimchasining tugmalangan yeridan ushlab, 
o'zini oldinga tortdi va sudyaga xo'mrayib qaradi; 
so'ngra qizarib ketib, undan ko‘zini oldi. Mister 
Uoltersning ko'ngli sovudi. Axir, bola eng oddiy 
so‘roqqa ham javob berishga qodir emas-ku, sudya 
nima qilib unga savol beradi? Harholda u bunga 
aralashishni lozim topdi:
- Boyvachehaga javob ber, Tomas, qoVqma! Tom 
goh o‘ng, goh chap oyog'ini kotarib qoVar edi.
- Menga-ku albatta javob berasan-a, - dedi 
xonim so'zga aralashib. - Isoning dastlabki ikki 
shogirdining oti nima edi?...
- David va Goliaf!7
Sahnaning shu yeriga alam pardasini tushiramiz.

Haqiqatan esa, Tavrot rivoyatiga ko‘ra, David podshoh, 
Goliaf - polvon ekan. Isoning dastlabki shogirdlarini Tavrot Pyotr 
va Andrey deb ataydi.

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling