Kechirganlari


Download 6.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/63
Sana05.10.2023
Hajmi6.67 Mb.
#1692653
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63
Bog'liq
Tom Soyerning boshidan kechirganlari. Mark Tven

O 'N TOVQIZINCHI B O B  
«MEN BUNI 0 ‘YLAMASDAN QILGANMAN»
Tom qovoqlari solingan holda uyga qaytib keldi 
va xolasining birinchi so‘zlaridanoq, xafachiligiga 
yupanch topolmasligini tushundi.
- Tom, endi teringga somon tiqaman-da!
- Xolajon, nima gunoh qildim?
161


- Boldi. Tagln meni qarri ahmoq, missis Gar- 
peming oldiga borib, tush to‘g‘risidagi bu bemaza 
gaplami unga ma’qullamoq va uni ishontirmoq 
umidida yuribman. Natijada nima boldi? Bildim 
sening qilgan ishlaringni. Jondan aldab so'ragan 
ekan, u sening bu yerga kelib ketganingni aytib 
beribdi. Shunday uyatsizlarcha yolg'on so'zlagan 
boladan nima kutib boladi? Sen menga bu to‘g‘rida 
bir oglz ham so‘zlamay, meni missis Garpeming 
oldiga yuborib, hammaga masxara qilding va ular 
oldida kulgi qilding.
Bulaming hammasi Tom uchun yangi voqea bo lib 
chiqdi. Ertalab uning qilgan ishlari ortiq darajada 
oyiab qiziqchilik bo lib ko‘ringan bolsa, hozir yara- 
mas ish qilganini bildi. U boshini yerga egib, dafatan 
nima deb javob berishini bilmay turdi-da, keyin:
- Xolajon, bu qilgan ishim uchun juda achi- 
naman... men buni o'ylamasdan qilganman, - dedi.
- Oh, bolam, sen har vaqt oyiamaysan. Sen har 
qachon vaqtichogligingdan boshqa hech narsani 
oyiamaysan. Jekson orolidan kechasi kelib, g‘am- 
kulfatlarimizni ко‘rib, kulib ketishga aqling yetgan, 
bolmag4ir ishlaring bilan boshimni qotirib o‘tirishga 
aqling yetgan, biroq bizlarga achinib shu g‘am-g4is- 
salardan bizni qutqarishga aqling yetmagan.
- Xolajon, bu mening tomonimdan qilingan juda 
yomon ish ekanligini endi angladim. Lekin men qa- 
sddan yomonlik qilmoqchi emas edim. 0 ‘sha kechasi 
ham men mutlaqo sizlardan kulib masxara qilish 
uchun kelgan emasman.
- Bolmasa, nima uchun kelgan eding?
- Men sizga: «Bizni suvga choldshdi, deb tashvish- 
lanmasinlar», deb aytgani kelgan edim.
- Tom, agarda miyangga shunday yaxshi bir fikr 
kelganiga ishona olsam, jon-dilim bilan shodlanar 
edim, biroq o‘zing bilasanki, bunday fikrlar senda 
bolmaydi, men buni yaxshi bilaman.
162


- Rost xolajon, rostini aytaman, xuddi shunday 
maqsad bilan kelgan edim. Agar yolg'on so'zlasam, 
shu turgan yerimda olib qolay.
- Qo^sang-chi, Tomyolg‘on so'zlama... Buyolg'o- 
ning yana yuz marta yomonroq.
- Bu so‘zim yolg'on emas, xolajon, bu so'zlarim 
rost, sizning g‘am-kulfatlar chekib yotganingiz uchun 
rahmim keldi-da, shuning uchun kelgan edim.
- Agarda sening shu so'zlaringga ishona olsam, 
butun bor~yo‘g‘imni berishga ham rozi edim va bu- 
ning natijasida sening ко“р gunohlaring kechirilgan 
bolar edi. Hatto sening qochib ketib, shunday yomon 
ishlami qilganing uchun ham shodlanishga tayyor 
edim. Biroq, men bunga ishonishdan ojizman. Jon 
bolam, agar shunday ekan, nima uchun o‘sha vaqtda 
buni menga bildirmading?
- Mana bunday-da, xola. Siz ta’ziyamiz to‘g‘risida 
so ‘zlayotganingizda, miyamga shu cherkovga kirib 
yashirinib yotish fikri keldi va bu narsa men uchun 
juda qiziq tuyuldi. Shuning uchun xat yozilgan anjir 
po'stloglni ham qaytarib yonimga solib qoydim.
- Qanday po‘stloq?
- O'sha, bizlar qaroqchilikka ketdik, deb sizgaxat 
yozgan po‘stloqni-da! O'sha vaqtda sizni o'pganimda, 
uyg'onmaganingiz uchun endi achinayapman. Rost 
aytaman, juda achinaman.
Xolasining yuzidagi g'azab ifodasi yo'qolib, ko'zla- 
rida muloyimlik belgilari sezila boshladi.
- O'sha kuni meni chindan o'pdingmi, Tom?
- Chindan o'pdim, xola.
- Aldamayapsanmi?
- Yo‘q.
- O'shanda meni nima uchun o‘pgan eding, Tom?
- Men sizni juda yaxshi koVaman-da, xola, shu­
ning uchun o'pdim. Undan tashqari o'sha kuni uy- 
qingizda ingrab yotgan edingiz, sizga juda rahmim 
kelgan edi.
163


Tomning bu so'zlaridan samimiyat sezilib turardi. 
Kampiming tovushi ixtiyorsiz qaltirab:
- Kel, meni bir o‘p, Tom! - dedi. - Endi maktabing- 
ga bor, menga ko‘p xarxasha qilaverma.
Oradan biror daqiqa o'tgandan keyin Tom mak- 
tabiga ketdi. Polli xola bolsa uy yonidagi qaznoqqa 
bordi, - u yerda Tomning qaroqchilik qilgan vaqtida 
kiyib yurgan nimchasining uvadalari osilib turar edi. 
Nimchani qoliga olar ekan, Polli xola o'ylanib qoldi:
- Yo‘q, bunday qilmaganim yaxshi! Bechora 
bolam! Men ishonamanki, u yolg'on so'zlagan... 
biroq bunday yolg'on so‘zlash gunoh emas. Uning 
so'zlari meni ancha yupatdi. Men ishonaman, 
xudo uning gunohlarini kechiradi, u buni yomon 
niyat bilan qilgan emas, buning yolg‘onligiga ishon- 
gim kelmaydi, - deb qo^di o'zicha.
U nimchasini qo'yib, bir daqiqa unga qarab tur­
di-da, ilgarigi fikridan qaytdi. Keyin yana unga qolini 
cho'zib, yana tortib oldi, nihoyat: «Bu chin ko'ngildan 
chiqarilib, yaxshi maqsad bilan to‘qilgan yolg'on, 
buning uchun o'zimni xafa qilmayin», degan fikrda 
mustahkam turish qaroriga keldi. Oradan biror 
daqiqa o'tgandan keyin u Tomning anjir po'stloglga 
yozgan so'zlarini o'qir ekan, ko'zlari yoshga to lib:
- Men bu bolaning yuz minglab gunohi bolsa ham 
kechira olar edim! - der edi.

Download 6.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling