Kegl cc pechat indd
Download 175.39 Kb.
|
2 sm-lsm
=0,1 sm. © Biror kattalikni o£lchashdan oldin o£lchanadigan kattalik o£lchov asbobining imkoniyati bilan solishtiriladi. Masalan, qalam yoki ruchkaning uzunligini o£lchash kerak bo£lsa, uni o£lchashga oddiy o£quvchilar chizg£ichining imkoniyati yetarli bo£ladi. Chunki uning o£lchash chegarasi qalam yoki ruchkaning uzunligidan katta. Lekin bunday o£lchashda ham xatolik bo£ladi. 0£lchash paytida bunday xatolik o£lchanayotgan kattalik ikkita qo£shni chiziq oraligiga to£g£ri kelib qolishidan hosil bo£ladi. Fizikada o£lchash davrida yo£l qo£yiladigan noaniqlikni oHchashlar xatoligi deyiladi. O'lchov asboblarida uning qiymati shkalaning darajasidan katta bo£lmaydi. Predmet uzunligi o'lchov asbobining shkalasidagi shtrix bilan ustma-ust tushganda ham baribir xatolik bo£ladi. Bu inson ko£zi imkoniyatlari chegaralanganligi bilan bog£langandir. Shunga ko£ra о‘Ichashlar xatoligi o'lchov asbobining shkalasi darajasining yarmiga teng deb qabul qilingan. Ko£pincha uzunligi chizg£ichning o£lchash chegarasidan katta bo£lgan hollar uchraydi. Masalan, stol uzunligini o£lchash kerak bo£lganda, boshqa uzun chizg£ich bo£lmasa, kalta chizg£ichni ketma-ket bir necha marta stolga qo£yib uning uzunligi o£lchanadi. Bunda, har safar o£lchash davrida xatolik yig£ilib boradi. Shunga ko£ra, o£lchashlar xatoligini kamaytirish uchun o£lchash bir necha marta o£tkaziladi. Buning uchun hattoki bir necha xil asbobdan ham foydalanishadi. Natijada, fizik kattalikka doir bir-biridan farq qiluvchi bir qancha qiymatlarga ega bo£lamiz. U holda o£lchanayotgan kattalik nimaga teng? Buni aniqlash uchun, o‘rtacha qiymat deb ataluvchi son hisoblab topiladi. Buning uchun o£lchangan barcha qiymatlar qo£shiladi va o£lchashlar soniga bo£linadi. Masalan, ikki marta o£lchash olib borilgan bo£lsa, 1-o‘lchangan qiymat + 2-o‘lchangan qiymat о rtacha qiymat = — — Chizg‘ichdagi chiziqcha va raqamlar chizg‘ich shkalasini, qo‘shni ikkita chiziqcha oralig‘i o‘lchash aniqligini im|ki^in|iHiiiiiFpm|mi|iiEF ko‘rsatadi. Chizg‘ich bilan o‘lchash mumkin bo‘ lgan eng katta masofa o‘lchash chegarasi deyiladi. Fizik kattalik qancha ko£p marta o‘lchanib, uning o‘rtacha qiymati topilsa, kattalik shunchalik aniq chiqadi. Ayrim o‘lchov asboblariga uning o‘lchash xatoligi foizlarda ham yozib qo'yiladi. Masalan, +5 degan yozuv asbob ko£rsatishi haqiqiy kattalikdan + 5 yoki — 5 foizga farq qilishini ko‘rsatadi. Kattaliklar o‘lchash xatoligini hisobga olgan holda quyidagicha yoziladi: A =a±\a, bunda A — o‘lchanayotgan kattalik, a — o‘lchash natijasi, A a — o‘lchash- lar xatoligi (A—grekcha «delta» harfi). 1. 0‘lchov asboblarining o‘lchash chegarasi deganda nimani tushu- namiz? 2. О ‘Ichashlar xatoligi qanday aniqlanadi? 3.Nima sababdan o‘lchashlar takroran o‘tkaziladi? 4.2-rasmda keltirilgan asboblarning olchash aniqligi va che- garasini ayting. Amaliy topshiriq Sinfda o£zingiz o£tirgan stolning uzunligini chizg£ich yor- damida o£lchang. 1-mashq 1. Quyidagi hodisalardan qaysilari yorug'lik hodisalariga kiradi? a) metroda poyezd harakatlanmoqda; b) elektr plitasida ovqat pishirilmoqda; c) soyning shovullashi eshitilmoqda; d) elektr 1am- pochkasi yonib turibdi; e) osmonda burgutning aylanishi kuzatilmoqda; f) televizorda kino ko£rsatilmoqda; g) adirdagi qor erimoqda. 2. 0‘lchov tasmasidagi chizilgan chiziqchalar soni 201 ta. Birinchi chiziqcha ro‘parasida 0 raqami, oxirgisida 100 sm degan yozuv bor. Asbob shkalasidagi bo‘linishlar nechta? Asbob shkalasining darajasi qanday? 3. 2-rasmda keltirilgan chizg‘ich, sekundomer, menzurka shkalasining darajasini aniqlang. 4. Qanday qilib o‘lchov tasmasi orqali g‘altak ipning qalinligini o‘lchash mumkin? 5. Mosh yoki no£xat donalarining hajmini menzurka yordamida qanday o£lchash mumkin? 6. 497 dm ni metrlarda ifodalang. Download 175.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling