1. Kamalak favvoraning hamma tomonidan ham bir vaqtda ko‘rinadimi?
2. Agar prizmaga faqat bir rangdagi nur yuborilsa, ekranda nima ko‘rinadi?
3.Nima sababdan osmon havorangda, ertalab va kechqurun Quyosh chiqishi va botishida qizarib ko(rinishi haqida o(ylab ко ‘ring.
©•Spektrda nurlarning ketma-ket joylashish tartibini quyidagi sehrli so£zlarning bosh harflaridan topish mumkin. «Qip-qizil, zo£r savzi, yam-yashil hovlida ko£karib bo£ldi». Q — qizil, Z — zar- g£aldoq, S — sariq, Ya— yashil, H — havorang, К — ko£k va В — binafsha.
LABORATORIYA ISHI. YASSI KO‘ZGU YORDAMIDA YORUG‘LIKNING QAYTISHINI 0‘RGANISH
Kerakli asboblar. 1) yassi ko£zgu o£rnatilgan optik disk; 2) nurli ko£rsatkich yoki 3—6 volt kuchlanishga mo£ljallangan cho£g£lanma elektr lampochkasi; 3)o£l- chamlari 160 x 200 mm bo£lgan oq qalin qog£oz.
Ishni bajarish.
1. 119-rasmda ko£rsatilgan qurilma yig£iladi. Optik disk o£rtasiga yassi ko£zgu o£rnatiladi.
2. Nurli ko£rsatkichni (yoki cho£g£lanma elektr lam- pochkasini) optik disk chetiga mahkamlab, undan ko£zguga yorug£lik tushiriladi.
119-rasm.
149
3. Tushish burchagini o£zgartirib, ularga mos kelgan qaytish burchaklari aniqlanadi. Natijalari sinf doskasiga yozib boriladi.
4. Tushish burchagi va qaytish burchaklari teng ekanligi tekshiriladi.
5. Oq qalin qog‘ozni qaytayotgan nur tomondagi diskka yopisha- digan qilib qo£yiladi. Shunda qog£oz yuzida qaytayotgan nur ko‘rinib turadi. Qog‘ozni biroz burilsa, qaytgan nurning boshlanishi ko‘rinadi. Bu hodisadan xulosa chiqariladi.
6. Tajribani nurli ko‘rsatkichni optik diskning chap tomoniga o‘rnatib takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |