Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
Uyga topshiriq
Jadvaldagi zichliklarga ko‘ra jismlarning qanday materialdan yasal ganligini aniqlashga harakat qiling. 1. Parallelepipeddan tashqari yana qanday shakldagi jismlarning hajmini chizg‘ich bilan aniqlasa bo‘ladi? 2. Suyuqliklar zichligini aniqlash usuli haqida taklifingizni ayting. 3. Qanday ko‘rinishdagi moddaning zichligini tashqaridan ta’sir etib o‘zgar tirish mumkin? • Qattiq jismga nisbatan «ancha» og‘ir bo‘lgan suyuqlikni bilasizmi? Bunday suyuqlikni 3 litrli shisha idishga quyib berishsa, ko‘tarib keta olmaysiz. Chunki uning massasi 40 kg dan oshib ketadi. Bu suyuqlik – simobdir. • Quyosh markazida zichlik 16 000 kg/m 3 ga boradi (jadvaldagi eng katta zichlikka ega bo‘lgan iridiy bilan solishtiring. = 22 400 kg/m 3 ). Yuzasida esa 0,0001 0,00001 kg/m 3 ga teng. Bu esa atrofimizdagi havoning zichligidan 10 000 100 000 marta kichik deganidir. • Yerning o‘rtacha zichligi 5 520 kg/m 3 ga teng. 2-mashq 1. 3 litrli bankaga to‘ldirib quyilgan sut massasi necha kg bo‘ladi? (Javobi: 3,09 kg.) 2. Massasi 18 kg bo‘lgan muz qancha hajmni egallaydi? (Javobi: 20 litr.) 3. Necha kg o‘simlik yog‘i quyilsa, 0,5 litrli butilka to‘ladi? (Javobi: 450 g.) 39 4. Qandni piyolaga solib ustidan choy quyilsa tez eriydimi yoki oldin choyni quyib keyin qand solinsa tez eriydimi? Javobingizni asoslang. 5. Sutli idishlardan birini sovutkichga, ikkinchisini xonaga qo‘yishdi. Ulardan qaysi birining yuzida tezroq qaymoq hosil bo‘ladi? 6. Sinf doskasidagi yozuvni o‘chirish uchun “Lattani ho‘llab artgin” deyishadi. Nima uchun? 7. Qishda osib qo‘yilgan kir qotib qolib buklanishi qiyin bo‘ladi. Sababi nima? 8. Ovqat sho‘r bo‘lib qolsa, unga yangi archilgan kartoshkani solib bir necha daqiqa qaynatilsa, tuzi joyiga kelib qoladi. Nega shunday? Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling