Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
YAKUNIY SUHBAT
Bunda Siz I bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari bilan tanishasiz. Fizik jismlar Tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlar. Fizik hodisalar Moddani tashkil etgan zarralari o‘zgarmasdan qoladigan holda sodir bo‘ladigan hodisalar. Fizik kattalik Jismlar yoki fizik hodisalarning o‘lchash mumkin bo‘lgan parametrlari. Xalqaro birliklar sistemasi (XBS) 1960-yilda kiritilgan. Unda asosiy 7 birlik qabul qilingan: uzunlik (metr), massa (kilogramm), vaqt (sekund), tok kuchi (Amper), temperatura (Kelvin), yorug‘lik kuchi (kandela), modda miqdori (mol). Qolgan fizik kattaliklar asosiy birliklar yordamida hosil qilinadi. Masalan, 1 N = 1 kg 1 m/s 2 . Metr (m) Uzunlik birligi. XBS asosiy birligi. Qiymat jihatidan yorug‘likning vakuumda 1/299792458 sekund davomida o‘tadigan yo‘liga teng. Namunasi platina-iridiy qotish- masidan tayyorlangan bo‘lib, Fransiyada saqlanadi. Sekund (s) XBS asosiy birligi. Taxminan o‘rtacha quyosh sutkasining 1/86400 qismiga teng (1 sutka = 24 soat = 86400 s). 42 Atom Grekcha atomos – bo‘linmas degani. Kimyoviy element xossalari saqlanib qola digan eng kichik zarra. 2016-yil dekabr oyigacha bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra tabiiy holda 94 ta element mavjudligi aniqlangan, 24 tasi laboratoriyalarda hosil qilingan. Molekula Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarra. Molekulalar atomlardan tashkil topadi. Moddalarda molekulalar bir xil atomlardan yoki har xil atomlardan tashkil topadi. Lotincha moles – massa degani. Diffuziya O‘zaro tutashgan bir modda molekulalarining ikkin- chi moddaga, ikkinchi modda molekula larining birin- chi moddaga o‘zaro o‘tishiga aytiladi. Gazlarda tez, suyuqliklarda sekin, qattiq jismlarda juda sekin bora- di. Temperatura ortishi bilan tezlashadi. Lotincha diffuzio – tarqalish, sochilish degani. Broun harakati Suyuqlik yoki gazdagi juda kichik zarralarning to‘xtovsiz va tartibsiz ha ra kati. Bu harakat temperatura ortishi bilan ortadi. Hodisa 1827-yilda ingliz bota nigi R. Broun tomonidan o‘rganilgan. Molekulyar kuchlar Molekulalar orasidagi o‘zaro tortishish va itarishish kuchlari. Juda qisqa maso fada namoyon bo‘ladi. Massa Moddaning inertlik va tortishish xossasini ifodalovchi fizik kattalik. Massa tushunchasini birinchi bo‘lib fanga I. Nyuton (1687) kiritgan. Birligi kilogramm bo‘lib, xalqaro birliklar sistemasining (XBS) asosiy birligi. Namunasi silindr shaklida bo‘lib, balandligi va diametri 39 mm ga teng. Platina-iridiy qotishma sidan 1799-yilda tayyorlangan. Zichlik Jism massasining uning hajmiga nisbati bilan o‘lchanadigan fizik kattalik. . Zichlik birligi kg/m 3 . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling