44
KIRISH SUHBATI
Kundalik turmushda harakatlanayotgan juda ko‘p jismlar,
mashina
va mexanizmlarga duch kelamiz. Avtomobillar, ventilyatorlar, osma va
qo‘l mexanik soatlari va h.k. Avtomobilning harakatiga nazar tashlasak,
uning turli qismlari turlicha harakatda bo‘lishiga e’tibor beramiz.
Avtomobil korpusi, yuki, hay dovchisi bilan oldinga yoki orqaga harakat
qilsa, uning g‘ildiraklari, dvigatelini sovituvchi
parragi aylanma harakat
qiladi. Bundan buyon oldinga, orqaga,
yuqoriga, pastga, o‘ngga yoki
chapga bo‘ladigan harakatlarni umumiy holda
ilgarilanma harakat
deymiz. Devorga osilgan mexanik soat mayatnigi esa takrorlanib
turuvchi harakat qilganligidan,
uning harakatini
tebranma harakat
deyiladi.
Shunday qilib, bizni o‘rab turgan olamdagi barcha jismlarning hara-
katini uch turga ajratish mumkin.
1. Ilgarilanma harakat.
2. Aylanma harakat.
3. Tebranma harakat.
Jismlarning hammasi ham har doim harakatda bo‘lmaydi. Masalan,
osib qo‘yilgan yuk, imoratga qo‘yilgan ustun,
kir yoyilgan arqon va
h.k. Bir qarashda ularda hech qanday qonuniyatlar yo‘qdek ko‘rinadi.
Aslida ular muvozanat holatida bo‘lib, ma’lum qonun va qoidalar
bajariladi.
Jismlarning mexanik harakatlari hamda ularning muvo
Do'stlaringiz bilan baham: