Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchni o‘lchash.
- Uyga topshiriq
1 Nyuton (N) qabul qilingan. Bu birlik mash-
hur ingliz olimi Isaak Nyuton sharafiga qo‘yilgan. Og‘irlik kuchi Ishqalanish kuchi F F Elastiklik kuchi Tortishish kuchi Elektr va magnit kuchlari 23-rasm. Kuchni o‘lchash. Kuchni o‘lchash uchun dinamometr (grekcha dinamis – kuch, metreo – o‘lchayman) deb ataluvchi asbob dan foyda laniladi. 54 24-rasm. m = 102 g Asbob taxtachaga o‘rna tilgan prujina, prujina uchiga mahkamlangan ko‘rsatkich sim hamda o‘sha joyga ulangan shkala bo‘ylab siljiy oladigan sterjendan iborat. Sterjen uchida ilmog‘i bo‘lib, unga yuk osiladi. Ilmoqqa yuk osilsa, prujina cho‘ziladi. Yuk massasi m = 102 g bo‘lsa, prujina uchidagi ko‘r satkich sim 1 raqamida to‘xtaydi (24-rasm). Bunda prujina cho‘zilishida hosil bo‘lgan elastiklik kuchi yukning og‘irlik kuchiga teng bo‘ladi. Dinamo metrning strelkasi 1 N kuchni ko‘rsatadi. Unga yana 1 N og‘ir likdagi yukni ossak, dinamometr prujinasi cho‘zilib, ko‘rsat kich sim uchi pastga siljiydi. U joyga 2 raqami qo‘yilgan bo‘lib, ta’sir etayotgan kuchning 2 N ga tengligini bildiradi. Yuklarni shu tarzda ko‘paytirib borib, dinamometr bilan ularning og‘irliklarini o‘lchash mumkin. Umuman olganda, jism massasi m ma’lum bo‘lsa, unga ta’sir etayotgan og‘irlik kuchini F og‘ir. kuch. (ef) bilan belgilab, F og‘ir. kuch. = m · g formula orqali hisoblab topish mumkin. g = 9,81 ga teng bo‘lib, Yer sirtida taqriban o‘zgarmas kattalikdir. 1. Atrofga qarab o‘zaro ta’sirlashayotgan jismlarga misollar kel- tiring. 2. Elastiklik kuchlaridan qayerlarda foydalanish mumkin? 3. Ishqalanish qayerlarda foydali, qayerlarda zararli? Uyga topshiriq Prujina, ilmoqli sim, millimetrli qog‘ozdan foydalanib dina- mometr yasang va kitobingiz, daftaringiz, o‘quv qurollarin giz- ning o‘g‘irligini o‘lchang. 55 4-mashq 1. O‘quvchini tarozida tortishganda massasi 32 kg chiqdi. Uning og‘irligi necha N ga teng? (Javobi: 314 N.) 2. Dinamometrga yuk osilganda, uning ko‘rsatishi 24,5 N ga teng bo‘ldi. Unga qanday massali yuk osilgan? (Javobi: 2,5 kg.) 3. Dehqon yelkasida 50 kg sabzi solingan qopni ko‘tarib turibdi. Deh qonning massasi 70 kg. Dehqon yerga qanday kuch bilan bosadi? (Javobi: 1176 N.) 4. Bir jismning massasi ikkinchisidan ikki barobar katta. Ularga ta’sir etuvchi og‘irlik kuchlarini solishtiring. 5. 480 mN kuchni N larda ifodalang. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling