Kegl cc pechat indd
Tezligi harakat trayektoriyasining turli qismida turlicha bo‘lgan
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala yechish namunalari
Tezligi harakat trayektoriyasining turli qismida turlicha bo‘lgan
harakat notekis harakat deyiladi. Bunday hollarda o‘rtacha tezlik tushunchasidan foydalaniladi. O‘rtacha tezlik deb, jism bosib o‘tgan butun yo‘lni shu yo‘lni bosib o‘tish uchun sarflangan butun vaqtga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikka aytiladi. Butun bosib o‘tilgan yo‘l Yo‘lni bosib o‘tish uchun ketgan butun vaqt O‘rtacha tezlik = . υ o‘r = Amaliy topshiriq Uyingizdan maktabgacha bo‘lgan masofani o‘lchashda, soatga qarab qancha vaqt ketganligiga e’tibor bering. Masofa va uni bosib o‘tish uchun ketgan vaqtdan foydalanib, o‘rtacha tezligingizni toping. Masala yechish namunalari 1. Elektr poyezdi Yangiyer shahridan Toshkentga 3 soatda yetib keldi. Agar shaharlar orasidagi masofa taxminan 150 km bo‘lsa, poyezdning o‘rtacha tezligini toping. B e r i l g a n: F o r m u l a s i: Y e c h i l i s h i: s = 150 km t = 3 soat o‘r = . o‘r = . Topish kerak o‘r = ? Javobi: 50 . 2. Suv yangi qazilgan kanaldan bir tekisda oqmoqda. Suvning oqish tezligi 1,5 . Suvga tashlangan kichik cho‘p 20 sekundda qancha masofaga boradi? 51 B e r i l g a n: F o r m u l a s i: Y e c h i l i s h i: = 1,5 t = 20 s = , bundan s = t. s = 1,5 20 s = 30 m. Topish kerak s = ? Javobi: 30 m. 1. Tekis harakat tezligi deganda nima tushuniladi? 2. Jismning harakatlanish vaqti va tezligi ma’lum bo‘lsa, tekis harakatda bosib o‘tilgan yo‘l qanday aniqlanadi? 3. Qanday harakatni notekis harakat deyiladi? 4. Jismning o‘rtacha tezligi qanday aniqlanadi? 3-mashq 1. Qaysi holda harakatlanuvchi vositani moddiy nuqta deb qarash mumkin? a) avtomobil Samarqanddan Toshkentga bormoqda; b) poyezd ko‘prikdan o‘tmoqda; c) Yer o‘z o‘qi atrofida aylanmoqda. 2. Velosiped g‘ildiragi ballonidagi havo kiritish kallagining harakat trayektoriyasini chizing. Bu qanday harakatga kiradi? 3. O‘rtacha tezligi 80 bo‘lgan poyezd 30 minutda qancha yo‘lni bosib o‘tadi? (Javobi: 40 km.) 4. 1 kattami yoki 1 mi? Javobingizni asoslang. 5. Avtobus Nurota shahridan Qo‘shrabotga 90 minutda yetib bordi. Agar shaharlar orasidagi masofa taxminan 90 km bo‘lsa, avtobusning o‘rtacha tezligini aniqlang. (Javobi: 60 km/soat.) 6. 54 necha ga teng? 7. Tezligi 1,5 bo‘lgan shilliq qurt 30 sm masofani qancha vaqtda bosib o‘tadi? (Javobi: 20 s.) 8. Ob-havo ma’lumotida sekundiga 10 metr tezlik bilan shamol esadi deyildi. Shamolning tezligi larda ifodalansa nechaga teng bo‘ladi? 9. Avtomobil 225 km masofani 2,5 soatda bosib o‘tdi. O‘rtacha tezlik nimaga teng? (Javobi: 90 km/soat.) 10. Asalari 2 soat davomida asal yig‘ish uchun 30 km masofani uchib o‘tdi. Uning o‘rtacha tezligi nimaga teng? (Javobi: 4,17 m/s.) 11 * . Otliq 46 km/soat tezlik bilan bir qishloqdan ikkinchisiga 2 soatda yetib bordi. Bu masofani o‘rtacha tezligi 0,5 km/soat bo‘lgan toshbaqa qancha vaqtda o‘tishi mumkin? (Javobi: 184 soat.) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling