46
Avtomobil g‘ildiragining o‘qi
B yerga nisbatan to‘g‘ri chiziqli,
gardishidagi
A nuqta g‘ildirak o‘qi
B ga nisbatan egri chiziqli
harakatda bo‘ladi (21-rasm). Stadionda yugurayotgan sportchining
trayektoriyasi
1 va
2 oraliqda egri,
3 va
4 oraliqda to‘g‘ri chiziqli
bo‘ladi (22-rasm).
21-rasm.
22-rasm.
Trayektoriyaning shakli qaralayotgan sanoq
jismiga nisbatan
turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Oyning Yerga nisbatan harakati
aylana shaklida bo‘lsa, Quyoshga nisbatan murakkab shaklda bo‘ladi.
Chunki Yer Oy bilan birgalikda Quyosh atrofida harakatlanadi.
Xuddi
shunday avtomobil dvigatelida sovituvchi parrak uchining harakat
trayektoriyasi dvigatelga nisbatan aylanadan iborat bo‘lsa, yerga
nisbatan vintsimon bo‘ladi.
Harakatlanayotgan jismni har doim ham rasmda ifodalash
noqulay.
Shunga ko‘ra, trayektoriya uzunligi jism o‘lchamla ridan
juda katta bo‘lgan hollarda jismni moddiy nuqta deb qaraladi. Masalan,
Toshkent dan Buxoroga qarab uchayotgan samolyotni moddiy nuqta deb
qarash mumkin. Lekin ko‘prikdan o‘tayotgan
poyezdni moddiy nuqta
deb qarab bo‘lmaydi. Moddiy deyi
lishiga sabab o‘lchamlari
hisobga
olinmasa-da, uning massasi, tezligi va
boshqa fizik kattaliklari
mavjud ligicha qoladi.
1. Mexanik harakat deb nimaga aytiladi?
2. Sanoq jismi deganda nimani tushunasiz?
3.
Yozayotganingizda ruchkangizning uchi qanday harakatda
bo‘ladi?
4. Harakatlanayotgan jismlarni moddiy nuqta deb qarash mumkin
bo‘lgan hollar uchun misollar keltiring.