Kegl cc pechat indd


-MAVZU LABORATORIYA ISHI


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

22-MAVZU
LABORATORIYA ISHI. 
DINAMOMETR YORDAMIDA KUCHLARNI O‘LCHASH
Kerakli asboblar. Dinamometr, turli massali jismlar, rezina, uchida 
ilmog‘i bor silliq taxtacha, stol.
Ishni bajarish.
1. Og‘irlik kuchini o‘lchash. Dinamometrni olib, shkalasini 
o‘rganing. Dinamometrning o‘lchash chegarasini va aniqlik 
darajasini yozib oling. Dinamometrni shtativga mahkamlab, uning 
ilmog‘iga turli massali jismlarni iling (24-rasmga qarang). Har safar 
dinamometr ko‘rsatishlarini yozib oling.
2. Ishqalanish kuchini o‘lchash. 
1-tajriba. Stol ustiga uchida 
ilmog‘i bor silliq taxtachani qo‘ying. Dinamometr ilmog‘ini taxtacha 
ilmog‘idan o‘tkazing (25-rasm).
25-rasm.


56
Dinamometr uchidan ushlab, sekin torting. Jism joyidan 
qo‘zg‘algandan boshlab, iloji boricha, jismni juda sekin tekis harakat 
qildiring. Shu holatda dinamometr ko‘rsatishini yozib oling.
Izoh: Jism tekis harakatlantirilganda tortuvchi kuch F, ishqalanish 
kuchi F
ishq. 
ga teng bo‘ladi. F = F
ishq.
2-tajriba. Taxtacha ustiga 1 kg toshni qo‘ying. Tajribani takrorlang. 
Dinamometr ko‘rsatishidan foydalanib, ishqalanish kuchini aniqlang. 
Taxtacha ustiga qo‘yiladigan yuklar miqdorini o‘zgartirib, ishqalanish 
kuchlarini aniqlang.
3.
*
E l a s t i k l i k k u c h i n i o ‘ l c h a s h. 
1-tajriba. Dinamometr-
ning asosiy qismi prujina bo‘lgan 
ligidan, unga yuk osilganda, yukning 
og‘irligi prujinaning elastiklik kuchiga teng bo‘ladi.
26-rasm.
2-tajriba. Rezinaning elas 
tiklik
ku chini o‘lchash uchun taxtacha va 
dinamometr ora 
lig‘iga l
0
= 15–20 sm 
uzun likdagi rezina ulanadi. Dina-
mometr uchidan ush 
lab, yukni tekis 
harakat qiladi 
gan holatda tortiladi 
(26-rasm). Bun 
da rezina cho‘ziladi va unda ho sil bo‘lgan elastiklik 
kuchini dinamometr ko‘rsatishidan yozib olinadi.
3-tajriba. Dinamometrni vertikal holatda shtativga mahkamlanadi. 
Uning ilmog‘iga 10–15 sm uzunlikdagi rezina bog‘lanadi. Rezina 
oxirini siqib, ip bilan bog‘lanadi va ip uchini halqa shaklida 
qoldiriladi. Ipga massasi ma’lum bo‘lgan toshlar ilinadi. Dinamometr 
ko‘rsatishidan rezina cho‘zilishi tufayli hosil bo‘lgan elastiklik kuchi 
aniqlanadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling