Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-MAVZU LABORATORIYA ISHI. SHAYINLI TAROZI YORDAMIDA JISM MASSASINI O‘LCHASH Kerakli asboblar.
- Ishni bajarish.
Amaliy topshiriq
Uyda bitta cho‘p, ip, bankaning yelim qopqog‘i (yoki bak- lashkani qir qib) hamda strelka uchun metall sim bo‘lagidan foydalanib, tarozi yasang. Ta rozi toshlari sifatida tangalardan foydalaning. 1. Jism massasi deganda nimani tushunasiz? 2. Qaysi tarozida jism massasi aniq o‘lchanadi: prujinali tarozidami yoki shayinli tarozidami? Javobingizni asoslang. 3. Uchta tangadan bittasi yengil. Shakli va ko‘rinishi bir xil bu tangalardan qaysi biri yengil ekanligini toshi yo‘q pallali tarozida bir marta tortish orqali aniqlash mumkinmi? 15-MAVZU LABORATORIYA ISHI. SHAYINLI TAROZI YORDAMIDA JISM MASSASINI O‘LCHASH Kerakli asboblar. Shayinli tarozi toshlari bilan, stakan, suv, massasi o‘lchanishi kerak bo‘lgan kub, shar, silindr shaklidagi jismlar. Ishni bajarish. 1. Shayinli tarozining tuzilishi, turli massaga ega bo‘lgan tarozi toshlari bilan tanishish (14-rasm). 2. Jism massasini o‘lchashdan oldin tarozi muvozanatga keltiriladi. Lozim bo‘lsa, pallalarga qog‘oz parchalari qo‘yiladi. 3. Massasi aniqlanadigan jismni tarozining chap pallasiga, toshlarini o‘ng pallasiga qo‘yiladi. 50 500 200 100 10 20 20 50 14-rasm. 32 4. Tarozini buzib qo‘ymaslik uchun toshni taxminan jism massasiga yaqinrog‘ini tanlab qo‘yiladi. Juda ko‘p farq qiluvchi toshni qo‘yganda tarozining og‘ishi chegaradan chiqib ketishi mumkin. 5. Tarozi pallasiga ho‘l, iflos, issiq jismlarni qo‘yish mumkin emas. Unga suyuqlikni bevosita quyish, idishsiz sochilib ketuvchi narsalar (shakar, tuz)ni ham solish mumkin emas. 6. Tarozida faqat uning pasportida yozilgan yukdan ortiqcha yukni tortish mumkin emas. 15-rasm. 7. Kichik massali toshchalarni faqat pinset (mo‘ychinak) yordamida idishidan olib pallaga qo‘yiladi. Chunki qo‘l bilan ushlansa, qo‘ldagi nam va yog‘ tosh chaga o‘tib, uning massasiga ta’sir qilishi mumkin. 8. Pallaga qo‘yilgan tosh yengil bo‘lsa, unga chamalab yengilroq toshdan boshlab qo‘shib borish kerak. 9. Tarozi muvozanatga kelib, strelkasi nolni ko‘rsatsa yoki u pallalar qo‘yilgan tomonlarning ko‘rsatkich uchlari bir to‘g‘ri chiziqqa kelsa, palladagi toshlar massalarining yig‘indisi hisoblanib yozib olinadi. 10. Tarozida suvsiz bo‘sh stakan massasi m st. tortib olinadi (15- rasm). 11. Stakanni palladan olib, unga ma’lum miqdorda suv quyiladi. 12. Suvli stakanni tarozi pallasiga qo‘yib, massasi m st.suv o‘lchanadi. 13. m suv = m st.suv m st formuladan stakandagi suv massasi hisoblanadi. Izoh. Agar o‘lchanadigan jism massasi sizda mavjud bo‘lgan eng kichik tosh (20 mg) qo‘yilganda ham og‘ir yoki yengil kelsa, umumiy massa yaxlitlab yoziladi. Masalan, 100 g 20 g 1 g + 500 mg + 20 mg bo‘lganda og‘ir, 100 g 20 g 1 g 500 mg bo‘lganda yengil bo‘lsa, m 121,5 gramm olinadi. 33 1. Jismlar qizdirilganda uning massasi qanday o‘zgaradi? 2. Nima sababdan shayinli tarozida o‘lchash, prujinali tarozida o‘lchashga nisbatan aniqroq bo‘ladi? 3. Gaz massasini qanday usulda o‘lchash mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. 4. Jismlarning inertligi deganda nimani tushunamiz? • Chivin massasi ~ 0,001 g. • Filning endigina tug‘ilgan «chaqalog‘i»ning massasi taxminan 100 kg. • «NEXIYA» avtomobilining massasi taqriban 1400 kg. • Bir dona bug‘doy massasi 0,01 g. • Yer massasi taqriban . • Quyosh massasi taqriban . Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling