Kegl cc pechat indd


Qattiq jismlar xususiy hajmga va shaklga ega


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

Qattiq jismlar xususiy hajmga va shaklga ega.

1. Qattiq jismlarni ham gazsimon holatga o‘tkazish mumkinmi?
2. Qattiq holatga o‘tkazilgan havoni ko‘rganmisiz? Ko‘rmagan 
bo‘lsan giz, eshitgandirsiz?
3. Saqich (jevachka) qattiq jismga kirsa-da, osongina shaklini 
o‘zgartiradi. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?
4. Qattiq jismlar, suyuqlik va gazlarning xossalaridan turmush va 
texnikada foydalanishga misollar keltiring.
13-MAVZU
SUYUQLIKLARDA DIFFUZIYA HODISASINI 
O‘RGANISH (UYDA BAJARILADI)
Kerakli asboblar: ikkita stakan, margansovka kristallari.
Ishni bajarish tartibi.
1. Birinchi stakanga sovuq suv quyib sovutkichga qo‘ying. 
Ikkinchisiga ham suv quyib, issiqroq joydagi shkafga qo‘ying.
2. Stakanlardagi suvni chayqatib yubormasdan ichiga rangli bo‘yoq 
kristallarini soling.
3. Bir kunda ikki mahal stakanlardagi suvning qizarishini kuzating 
(yuqori tomon necha millimetr ko‘tarilganini).
4. Kuzatishlar natijasiga ko‘ra diffuziyaning borish tezligini 
hisoblang. 
. h 
– 
diffuziya natijasida qizil rangga bo‘yalib qolgan 
suyuqlik balandligi. t – vaqt.
5. Kuzatishlar to‘g‘risida xulosalar yozing.


29
14-MAVZU
MASSA VA UNING BIRLIKLARI
Siz kundalik turmushda ota-onangiz bilan yoki o‘zingiz 
bozorga borgansiz, albatta. Bozorda sotilayotgan ko‘pgina oziq-
ovqat mahsulotlarini tarozida o‘lchab sotilishini ham bilasiz. Tarozi 
yordamida jismlar va narsalarning qanday kattaligi o‘lchanadi? Buni 
tushunish uchun quyidagiga e’tibor beraylik. Qum ortilgan bolalar 
o‘yinchoq avtomobilini joyidan qo‘zg‘atish osonmi yoki qum ortilgan 
rosmana avtomobilnimi? Bir tekis g‘ildirab kelayotgan o‘yinchoq 
avtomobilni ushlab to‘xtatish osonmi yoki rosmana avtomobilnimi? 
Albatta, har biringiz savolga o‘yinchoq avtomobilni deysiz. Boshqa 
misol olaylik. Sellofan xaltaga solingan shakarni ko‘tarish osonmi 
yoki bir qop shakarnimi? Bunda ham xaltadagi degan to‘g‘ri javobni 
olamiz. Demak, jismlar tinch turgan bo‘lsa, uni bu holatdan chiqarish 
uchun ta’sir ko‘rsatish kerak. Xulosa qilib aytsak, jismlar yoki narsalar 
tinch turgan holatini saqlashga intilar ekan. Jismlar xuddi shunday 
harakat holatini ham saqlashga urinadi. Jismlarning tinch yoki harakat 
holatini saqlash qobiliyatiga inertlik deyiladi. Lekin bu qobiliyat turli 
jismlarda turlicha. Bu qobiliyatni o‘lchash uchun 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling