Kegl cc pechat indd


Suyuqlik yoki gazdagi juda kichik zarralarning to‘xtovsiz va tar-


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

Suyuqlik yoki gazdagi juda kichik zarralarning to‘xtovsiz va tar-
tibsiz hara kati fanga Broun harakati nomi bilan kirdi.
Molekulalar to‘xtovsiz va tartibsiz harakatda bo‘lar ekan, nega qattiq 
jism va suyuqlik alohida molekulalarga ajralib tarqalib ketmay 
di? Bunga 
sabab shuki, ular orasida o‘zaro tortishish kuchlari mavjud. Bu kuchlar 
ularni bir-biriga bog‘lab ushlab turadi. Bu kuchlarning ta’sir doirasi 
qanday? Bir cho‘pni olib sindiraylik. Endi ularni bir-biriga tekkizib 
qanchalik jipslab qo‘ymaylik cho‘p butun bo‘lib qol 
maydi. Chunki 
cho‘pning singan qismidagi molekulalarni yetarli darajada yaqinlashtirib 
bo‘lmaydi. Demak, molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchi juda yaqin 
masofada namoyon bo‘lar ekan. Bu masofa molekula o‘lchamlariga 
juda yaqin bo‘ladi. Unda nega plas 
tilinni, xamirni, saqichni bir-biriga 
tekkizsak, yopishib qoladi? Chunki ulardagi molekulalarni yetarli darajada 
yaqin masofagacha yaqinlash 
tirish mumkin. Singan oynani yoki piyolani 
yelim bilan yopishtirishni ham ikki bo‘lak orasida qoladigan bo‘sh joylarni 
to‘ldirib, molekulyar kuchlar ta’sir qiladigan holatga keltirish bilan tushun-
tiriladi. Metallar chetlarini elektr yoki gaz yordamida qizdirib eritil 
ganda 
bir-biriga payvandlanib qolishi ham molekulyar kuchlar tufaylidir.
Amaliy topshiriq
1. Ota-onangiz yoki akalaringizdan shisha oynadan to‘rtburchak 
shaklida o‘nta bo‘lak qirqib berishini so‘rang. Ulardan bittasi 
kattaroq bo‘lsin. Ularni ho‘l latta bilan artib, ustma-ust taxlang. Eng 
ustiga kattasini qo‘ying. Kattasidan ushlab ko‘taring. Bunda qolgani 
ham ko‘tariladi. Sababini tushuntiring.
2. Tarelkaga suv quyib chayqab tashlang. Tarelka yuzasi ho‘l bo‘la-
di. So‘ngra bir bo‘lak sovun olib tarelkaga qattiq bosing va bir-ikki 
aylantirib oling. Sovunni ko‘tarsangiz, tarelka qo‘shilib ko‘tariladi. 
Sababini tushuntiring.


24
1. Nima uchun qattiq va suyuq jismlar o‘z-o‘zidan alohida 
moleku lalarga ajralib ketmaydi?
2. 
Molekulalar orasida faqat tortishish kuchlari emas, balki 
itarilish kuchlari ham borligini qanday hodisalar ko‘rsatadi?
3. Havo molekulalari orasida o‘zaro ta’sir kuchlari bormi?

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling