Kegl cc pechat indd
buyumning yassi ko‘zgudagi tasviri mavhum
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
buyumning yassi ko‘zgudagi tasviri mavhum,
to‘g‘ri, o‘lchamlari buyum o‘lchamlariga teng, buyum ko‘zgudan qancha masofada bo‘lsa, ko‘zgu orqasida shunday masofada va chap tomoni o‘ng tomoni bilan almashinib ko‘rinadi. Sferik ko‘zgular * . Sharning bir bo‘lagi ko‘rinishida bo‘lgan ko‘zgular sferik ko‘zgular deyiladi. Ular ikki turda bo‘ladi: botiq va qavariq. Botiq ko‘zguda nur sferaning ichki qismidan, qavariq ko‘zguda sferaning tashqi qismidan qaytadi. Botiq ko‘zguga Quyosh nurlari yuborilsa, ular bitta nuqtada to‘planadi (111-a rasm). Bu nuqta botiq ko‘zguning bosh optik o‘qida joylashib, uning fokusi deyiladi. Ko‘zgu markazi D nuqtadan F nuqtagacha bo‘lgan masofa fokus masofasi deyiladi. Qavariq ko‘zguga tushgan Quyosh nurlari undan sochiladi (111-b rasm). Sochilgan nurlarni fikran davom ettirilsa, F nuqtada kesisha- di. Unga mavhum fokus deyiladi. OD – ko‘zguning egrilik radiusi, DF – ko‘zguning fokus masofasi deyiladi. OF = . a) b) 111-rasm. . Agar yorug‘lik manbaini botiq ko‘zguning fokusiga qo‘yilsa, undan chiqqan nurlar ko‘zgudan qaytib, bosh optik o‘qqa parallel holda qaytadi. Ko‘zgularda tasvir yasash uchun buyumdan chiqqan ikkita nurdan foydalanish kifoya. 112-rasmda botiq ko‘zguda yonib turgan shamning tasvirini yasash keltirilgan. 112-rasmda buyum ko‘zgudan 2F masofadan nariga qo‘yilgan. Undan 1 nurni bosh optik o‘qqa parallel, 2 nurni bosh fokus F ga yo‘naltiramiz. Bu nurlar ko‘zgudan qay tib, o‘zaro uchrashgan joyida shamning tasviri hosil bo‘ladi. Tasvir to‘nkarilgan, kichiklashgan 144 va haqiqiy bo‘ladi. Agar buyum ko‘zgudan 2F va F oralig‘idagi masofaga qo‘yilsa (113-rasm), tasvir bu safar ham 1 va 2 nur yor- damida yasaladi. Tasvir Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling