Kegl cc pechat indd
to‘nkarilgan, kattalashgan
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masala yechish namunasi
to‘nkarilgan, kattalashgan va haqiqiy bo‘ladi.
Agar buyum 2F masofaga qo‘yilsa, buyum va tasvir ustma-ust tushadi. 112-rasm. 113-rasm. 114-rasm. 114-rasmda qavariq ko‘zguda tasvir hosil qilish ko‘rsatilgan. Unda tasvir to‘g‘ri, kichiklashgan va mavhum bo‘ladi. Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, qa- variq va botiq ko‘zgularda buyumdan ko‘zgu mar kazigacha bo‘lgan masofa d, tasvirdan ko‘zgu o‘rtasigacha bo‘lgan masofa f (112-rasm) va fokus masofasi F orasida quyidagicha bog‘liqlik bor: . Botiq ko‘zgularda d va F hamma vaqt musbat qiymatga ega. f ning qiymati haqiqiy tasvir uchun musbat, mavhum tasvir uchun manfiy bo‘ladi. Sferik ko‘zgular kundalik turmushda va texnikada keng qo‘llaniladi. Qavariq ko‘zgular avtomobillarda orqa tomonni kuzatish uchun o‘rnatiladi. Chunki unda yassi ko‘zguga nisbatan kattaroq joyni ko‘rish mumkin. Botiq ko‘zgular nurni to‘plash xususiyatiga ega bo‘lganligidan projektorlarda, avtomobil va qo‘l chiroqlarida qo‘llaniladi. 1. Mavhum tasvir deganda nimani tushunamiz? 2. Tajribada sferik ko‘zgularning fokusi qanday topiladi? 3. Sferik sirt markazi va ko‘zgu fokusi ustma-ust tushadimi? 4. Botiq ko‘zguda kattalashgan tasvirni olish uchun buyumni qayerga qo‘yish kerak? 145 Masala yechish namunasi Odam ko‘zguga 1 m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. Uning tasviri ko‘zguga qanday tezlik bilan yaqinlashadi? B e r i l g a n : F o r m u l a s i : Y e c h i l i s h i: 1 = 1 1 2 Odam ko‘zguga qanday tezlikda yaqin- lashsa, tasvir ham shunday tezlikda yaqin lashadi. Demak, 1 = 2 Javobi: 1 . Topish kerak 2 = ? 10-mashq 1. Buyum botiq ko‘zgudan 2F masofada joylashgan hol uchun tasvir yasang. 2. Buyum botiq ko‘zgudan 250 sm masofada turibdi. Ko‘zguning fokus maso fasi 245 sm. Ko‘zgudan tasvirgacha bo‘lgan masofani toping. (Javobi: 124 sm) 3. Yassi ko‘zguga nur burchak ostida tushmoqda. Agar ko‘zguni burchakka bursak, qaytgan nur qanday burchakka buriladi? (Javobi: 2 ) 4. Ikkita yassi ko‘zgu parallel qo‘yilgan. Ular orasiga buyum qo‘yilsa, ko‘zgularda nechta tasvir ko‘rinadi? (Javobi: 2 ta.) 5 * . Odam o‘z yuzini to‘liq ko‘rishi uchun diametri 5 sm bo‘lgan qavariq ko‘zguni qancha uzoqlikda tutishi kerak? Ko‘zguning fokus masofasi 7,5 sm, yuzining uzunligi 20 sm. (Javobi: 0,45 m.) 6. Jarrohlik operatsiyasi bajarilayotganda, jarroh qo‘lining soyasi, jarrohlik o‘tkazilayotgan joyga tushmasligi uchun yorug‘lik manbaini qanday joylashtirish kerak? 7. Agar predmetning soyasi, predmet balandligiga teng bo‘lsa, Quyosh gorizontga nisbatan qanday joylashgan bo‘ladi? 8. Avtomobil ichida orqani ko‘radigan oyna sifatida qaysi turdagi ko‘zgudan foydalangan ma’qul? Javobingizni asoslang. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling