Kegl cc pechat indd


-MAVZU LINZALAR HAQIDA TUSHUNCHA


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

53-MAVZU
LINZALAR HAQIDA TUSHUNCHA
Yorug‘likning ikki muhit chegarasida qaytishi va sinishini ko‘rdik. 
Amaliyotda sferik yuzalardan yorug‘likning sinishidan keng foyda -
laniladi. 
Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof 
jismga linza deyiladi. Odatda, linzalarni shishadan yasaladi. O‘rta 
qismi chetki qismiga nisbatan qalin bo‘lgan linzalarni 
qavariq
yupqa bo‘lganlarini 
botiq linzalar deyiladi. Sferik sirtlarning O
1
va O
2
markazlaridan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq linzaning bosh optik o‘qi 
deyiladi (115-rasm). Optik o‘qda yotgan linza markazidagi nuqta 
linzaning optik markazi deyiladi. Qavariq va botiq linzalardan nurning 
o‘tishi turlicha bo‘ladi. Qavariq linzani olib, uni Quyosh nurlariga tik 
holda tutaylik. Linzadan o‘tgan nurni daftar varag‘iga tushiraylik. 
Linzani yuqoriga yoki pastga siljitsak, daftar yuzasidagi yorug‘ dog‘ 
kichrayib, nuqtaga aylanadi va undan tutun chiqadi. Demak, linzadan 
o‘tgan nurlar bir nuqtada to‘planadi (116-rasm). Bu nuqtaga 
linzaning fokusi () deyiladi. Linzaning optik markazidan shu 
nuqtagacha bo‘lgan masofa 
linzaning fokus masofasi deyiladi. 
Linzaga teskari yo‘nalishda parallel nurlar tushirilsa, ular ikkinchi 
tomonda to‘pla 
nadi. Shunga ko‘ra, 
har qanday linzada ik 
kala tomonda 
bittadan fokus bo‘ladi. Botiq linza bilan shunday tajriba o‘tkazil sa, nur-
lar aksin 
cha, sochilib ketadi (117-rasm). Sochilgan nurlarni fikran 
davom ettirilsa, optik o‘q dagi F nuqtada kesishadi. Shu ning uchun botiq 
linzaning fokusi mav 
hum. Shunday qilib, 
qavariq lin 
za yig‘uvchi linza, 
botiq lin za sochuvchi linza deb ataladi.
Linzalarning bir tomoni sferik, ik 
kinchi tomoni tekis bo‘lishi ham 
mumkin. 
115-rasm. 
116-rasm. 
117-rasm.
Qavariq linzada buyumni ma’ 
lum oraliqqa joylashtirilsa, undagi 
tasvir kattalashgan bo‘lar ekan. Uning bu xususiyatidan narsalarni 
kattalashtirib ko‘rishda foydalaniladi. 


147

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling