Kegl cc pechat indd


-MAVZU LABORATORIYA ISHI. YASSI KO‘ZGU YORDAMIDA


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

55-MAVZU
LABORATORIYA ISHI. YASSI KO‘ZGU YORDAMIDA 
YORUG‘LIKNING QAYTISHINI O‘RGANISH
119-rasm.
Kerakli asboblar. 1) yassi ko‘zgu o‘rnatilgan optik 
disk; 2) nurli ko‘rsatkich yoki 3–6 volt kuchlanishga 
mo‘l jallangan cho‘g‘lanma elektr lampochkasi; 3) 
o‘l-
cham lari 160 × 200 mm bo‘lgan oq qalin qog‘oz.
Ishni bajarish.
1. 119-rasmda ko‘rsatilgan qurilma yig‘iladi. Optik 
disk o‘rtasiga yassi ko‘zgu o‘rnatiladi.
2. Nurli ko‘rsatkichni (yoki cho‘g‘lanma elektr lam-
poch kasini) optik disk chetiga mahkamlab, undan 
ko‘zguga yorug‘lik tushiriladi.


150
3. Tushish burchagini o‘zgartirib, ularga mos kelgan qaytish 
burchaklari aniqlanadi. Natijalari sinf doskasiga yozib boriladi.
4. Tushish burchagi va qaytish burchaklari teng ekanligi tekshiriladi.
5. Oq qalin qog‘ozni qaytayotgan nur tomondagi diskka yopisha-
digan qilib qo‘yiladi. Shunda qog‘oz yuzida qay 
tayotgan nur ko‘rinib 
turadi. Qog‘ozni biroz burilsa, qaytgan nurning boshlanishi ko‘rinadi. 
Bu hodisadan xulosa chiqariladi.
6. Tajribani nurli ko‘rsatkichni optik diskning chap tomoniga 
o‘rnatib takrorlanadi.
1. Tushish burchagi va qaytish burchagi o‘zaro qanday muno-
sabatda bo‘ ladi?
2. Qaytayotgan nur tushgan nurga nisbatan qanday joylashadi? 
Bir tekis likdami yoki ixtiyoriy tekislikdami?
3. Tushish burchagi 0° ga teng bo‘lsa, qaytish burchagi nimaga teng bo‘ladi?
56-MAVZU
LABORATORIYA ISHI. SHISHA PRIZMA YORDAMIDA 
YORUG‘LIKNING SPEKTRGA AJRALISHINI O‘RGANISH
Kerakli asboblar. Proyeksion apparat (ichida cho‘g‘lanma elektr 
lampasi va nurlarni to‘plab beruvchi optik sistemasi bo‘lgan qurilma); 
turli shishadan yasalgan prizmalar; ko‘chma ekran.
Ishni bajarish.
1. 120-rasmda ko‘rsatilgan quril ma yig‘iladi.
1
2
3
120-rasm.
2. Proyeksion apparat yoqilib, undagi nur ingichka holatda priz-
maga tushiriladi (buning uchun pro yeksion apparatdan chiquvchi nurni 
tor tirqishdan o‘tkaziladi).
3. Prizmani burib, ko‘chma ekranda aniq yorug‘lik spektri hosil 
qilinadi. Ekranda spektr kengligi o‘lchab olinadi.


151
4. Tajribani boshqa prizmani qo‘yib takrorlanadi.
5. Spektr kengligi prizma yasalgan shisha turiga, prizma asosining 
kengligiga bog‘liqligi o‘rganiladi. Natijalari doskaga yoziladi.
1. 
 
Prizmadan chiqqan nurlarning burilish burchagi nur rangiga 
qanday bog‘liq?
2. Spektrda nurlarning joylashish tartibi qanday?
3. Nima uchun spektr kengligi prizma asosining kengligiga bog‘liq?

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling