Kegl cc pechat indd
Yetti xil rangdan tashkil topgan
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
Yetti xil rangdan tashkil topgan
tasvir spektr deb ataladi. Prizmadan chiqqan nur rangli bo‘lishidan tashqari, kirgan nurga nisbatan yoyilgan ho latda bo‘ladi. Buning sababini o‘rganish uchun prizmadan chiqqan nurlardan bittasini qoldirib, qolganini berkitamiz va qoldirilgan nur yo‘liga boshqa prizmani qo‘yamiz. Priz madan o‘tgan nurlarning og‘ish burcha gini o‘l chab, turli rangdagi nurlarning prizmadan o‘tishda turli burchakka og‘i shini kuza- tamiz. Eng ko‘p og‘ish binafsha nurga, eng kam og‘ish qizil nurga to‘g‘ri 118-rasm. keladi. Agar berkitilgan nurlarni ochib yuborib, ikkinchi prizmadan o‘tkazilsa, nurlar yig‘ilib, yana oq nur ko‘rinishida bo‘ladi. Bu bilan Nyuton Quyoshdan keluvchi oq nur aslida ma’lum nisbatda qo‘shilgan turli toza ranglarning aralashmasidan iborat ekanligini isbotlaydi. Haqiqatan ham, keyinchalik Yung degan olim yettita rang emas, balki uchta: qizil, havorang, yashil ranglarni qo‘shib oq rang hosil qilib ko‘rsatadi. Shu uchta rangni turli nisbatda aralashtirilsa, boshqa barcha ranglar hosil bo‘lar ekan. Hozirgi zamon rangli televizorlarida mana shu uchta rang qo‘shilishidan rangli tasvir hosil qilinadi. Narsa va predmetlarning ham turli rangda ko‘rinishi ularning o‘ziga tushgan yorug‘likdagi ayrim ranglarni yutib, ayrimlarini esa qaytarishidir. Masalan, qizil shar faqat qizil rangni qaytarib, qolganini yutadi. Qora jism tushgan yorug‘likning deyarli barchasini yutsa, oq jism qaytaradi. 149 Demak, yuqorida aytilgan kamalak ham yomg‘ir tomchilari xuddi prizma kabi nurlarni qaytarishi va undan sinib o‘tishi sababli paydo bo‘ladi. Aristotel kamalak uchta rangdan iborat deb hisoblagan: qizil, yashil, binafsha. Nyuton esa dastlab kamalakda beshta rangni ajratgan: qizil, sariq, yashil, ko‘k, binafsha. Keyinchalik o‘nta rang bor deb aytgan. Oxirida yettita rangda to‘xtagan. Haqiqatan, kamalakka diqqat bilan qaralsa, ranglar bir-biridan aniq chegara bilan ajratilmagan. Yetti raqamining qabul qilinishi shartli bo‘lib, qadimdan bu raqamga alohida urg‘u berilgan. Dunyodagi yetti mo‘jiza, yetti qavat osmon, haftaning yetti kuni va h.k. Momaqaldiroqli yomg‘irdan so‘ng ko‘ringan kamalak yorqin bo‘ladi. Maydalab yoqqan yomg‘irdan so‘ng hosil bo‘lgan kamalak xiraroq bo‘ladi. Quyosh gorizontga qancha yaqin bo‘lsa, kamalak o‘lchamlari shuncha katta bo‘ladi. 1. Kamalak favvoraning hamma tomonidan ham bir vaqtda ko‘rinadimi? 2. Agar prizmaga faqat bir rangdagi nur yuborilsa, ekranda nima ko‘rinadi? 3. Nima sababdan osmon havorangda, ertalab va kechqurun Quyosh chiqishi va botishida qizarib ko‘rinishi haqida o‘ylab ko‘ring. • Spektrda nurlarning ketma-ket joylashish tartibini quyidagi sehrli so‘zlarning bosh harflaridan topish mumkin. «Qip-qizil, zo‘r savzi, yam-yashil hovlida ko‘karib bo‘ldi». Q – qizil, Z – zar- g‘aldoq, S – sariq, Ya – yashil, H – havorang, K – ko‘k va B – binafsha. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling