Kegl cc pechat indd
-MAVZU LINZALAR HAQIDA TUSHUNCHA
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
53-MAVZU
LINZALAR HAQIDA TUSHUNCHA Yorug‘likning ikki muhit chegarasida qaytishi va sinishini ko‘rdik. Amaliyotda sferik yuzalardan yorug‘likning sinishidan keng foyda - laniladi. Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismga linza deyiladi. Odatda, linzalarni shishadan yasaladi. O‘rta qismi chetki qismiga nisbatan qalin bo‘lgan linzalarni qavariq, yupqa bo‘lganlarini botiq linzalar deyiladi. Sferik sirtlarning O 1 va O 2 markazlaridan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq linzaning bosh optik o‘qi deyiladi (115-rasm). Optik o‘qda yotgan linza markazidagi nuqta linzaning optik markazi deyiladi. Qavariq va botiq linzalardan nurning o‘tishi turlicha bo‘ladi. Qavariq linzani olib, uni Quyosh nurlariga tik holda tutaylik. Linzadan o‘tgan nurni daftar varag‘iga tushiraylik. Linzani yuqoriga yoki pastga siljitsak, daftar yuzasidagi yorug‘ dog‘ kichrayib, nuqtaga aylanadi va undan tutun chiqadi. Demak, linzadan o‘tgan nurlar bir nuqtada to‘planadi (116-rasm). Bu nuqtaga linzaning fokusi (F ) deyiladi. Linzaning optik markazidan shu nuqtagacha bo‘lgan masofa linzaning fokus masofasi deyiladi. Linzaga teskari yo‘nalishda parallel nurlar tushirilsa, ular ikkinchi tomonda to‘pla nadi. Shunga ko‘ra, har qanday linzada ik kala tomonda bittadan fokus bo‘ladi. Botiq linza bilan shunday tajriba o‘tkazil sa, nur- lar aksin cha, sochilib ketadi (117-rasm). Sochilgan nurlarni fikran davom ettirilsa, optik o‘q dagi F nuqtada kesishadi. Shu ning uchun botiq linzaning fokusi mav hum. Shunday qilib, qavariq lin za yig‘uvchi linza, botiq lin za sochuvchi linza deb ataladi. Linzalarning bir tomoni sferik, ik kinchi tomoni tekis bo‘lishi ham mumkin. 115-rasm. 116-rasm. 117-rasm. Qavariq linzada buyumni ma’ lum oraliqqa joylashtirilsa, undagi tasvir kattalashgan bo‘lar ekan. Uning bu xususiyatidan narsalarni kattalashtirib ko‘rishda foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling