Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 52-MAVZU YASSI KO‘ZGU
Amaliy topshiriq
Sharsimon shakldagi kolbani olib, suvga to‘ldiring va uning Quyosh nurlarini to‘plash xususiyatini kuzating. 142 1. Inson qanday qilib ko‘radi? 2. Yorug‘lik hodisalari haqida Beruniy va Ibn Sino aytgan fikrlarining qay darajada to‘g‘riligi haqida o‘ylab ko‘ring. • Markaziy Amerikada Anableps degan baliq bor. U suvda ham, quruq likda ham bir xil ko‘rsa kerak. Chunki u suv yuzida katta ko‘zlari ning yarmi suvda, yarmi havoda bo‘lgan holatda suzib yuradi. 52-MAVZU YASSI KO‘ZGU Ko‘zguga qaramagan odam bo‘lmasa kerak. Unga qarab nimani ko‘ramiz? Ko‘z guda biz o‘z ak simizni va atrofimizdagi buyumlarni ko‘ramiz. Ko‘zgudagi tasvir o‘l chamlari, buyumlar o‘lchami bilan bir xil bo‘ladi. Ko‘zguga yaqin lashsak, tasvir ham yaqin lashadi, uzoqlashsak tasvir ham uzoqlashadi. Demak, tasvir ko‘zguning yuzida emas, balki ichkarisida hosil bo‘ladi. Buning sababi nimada? Bir tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastinaga ko‘zgu deyiladi. Narsa, buyumlardan qaytgan yorug‘lik ko‘zguga tushadi va uning kumushlangan qatlamidan qaytadi. Yorug‘likning qaytish qonunidan foydalanib, yassi ko‘zguda tasvir hosil qilishni ko‘raylik (110-rasm). Tasvir hosil qilish uchun buyumdan ikkita nurni ko‘zguga yo‘nal- tiriladi. Bu nurlar ko‘zgu yuzasidan qaytish qonuniga rioya qilib qaytadi. 110-rasm. Qaytgan nurlarni teskari tomonga davom ettirilsa, buyum tasviri ko‘zgu orqasida hosil bo‘ladi. Agar tasvirdan ko‘zgugacha va ko‘zgudan buyum gacha bo‘lgan masofalar o‘lchansa, ular teng bo‘lib chiqadi. Ko‘zgudagi aksimizga qarab, unga o‘ng qo‘limizni uzatsak, aksimiz chap qo‘lini uzatadi. Demak, yassi ko‘zguda chap tomon bilan o‘ng tomonning o‘rni almashinib ko‘rinadi. Ko‘zgudagi buyum o‘zidan nur chiqarmaydi. Shu sababli tasvirni mavhum tasvir deyiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling