Kegl cc pechat indd


-MAVZU ISSIQLIKNI HOSIL QILUVCHI MANBALAR


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/127
Sana17.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1680356
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   127
Bog'liq
Fizika,6-sinf darsligi

36-MAVZU
ISSIQLIKNI HOSIL QILUVCHI MANBALAR. 
ISSIQLIK QABUL QILISH
Ma’lumki, issiqlik o‘tin, ko‘mir, gaz, neft mahsulotlarini yoqishdan 
hosil qilinadi. Lekin issiqlikning asosiy manbai 
– 
Quyoshdir. Yer 
yuzasiga kelib tushayotgan Quyosh nurlari uni isitadi, undan issiqlik 
atmosferaning quyi qatlamlariga o‘tadi va havo isiydi. Ko‘mir, gaz va 
neft ham Yerga ko‘p asrlar davomida tushgan Quyosh nurlari energiyasi 
mahsulidir. Hattoki foydalaniladigan shamol energiyasi ham Quyosh 
tufayli bo‘ladi.
Xo‘sh, issiqlik deganda nimani tushunamiz? Dastlabki davrlarda 
issiqlikni ham qandaydir modda deb qarashgan. Masalan, gaz 
yonganda undan issiqlik chiqib suvga o‘tadi. Natijada endi issiqlik 
suvda bo‘ladi. Keyin qaynagan suvni gazdan olib qo‘ysak, undan 


103
issiqlik chiqib havoga o‘tadi va h.k. Shunga ko‘ra uni o‘lchash uchun 
alohida «issiqlik miqdori» degan fizik kattalik kiritilgan. Shunday 
tajriba o‘tkazaylik. Sovuq qish kunida ikkita muz parchasini qalin 
qo‘lqop bilan ushlab (qo‘lingizning issig‘i muzga o‘tmasligi uchun), 
ularni bir-biriga ishqalab ko‘raylik. Shunda muzlar erib, suv tomchilay 
boshlaydi. Muzni eritish uchun unga issiqlik nimadan berildi? 
Qadimda odamlar ikkita yog‘ochni ishqalab olov hosil qilganlar. Simni 
ham bir joyidan bir necha marta tez-tez buklansa, o‘sha joyi qizib 
ketadi. Og‘ir bolg‘ani ko‘tarib metall bo‘lagiga bir necha marta urilsa, 
metall ham isiydi. Bularning barchasida mexanik energiya issiqlik 
energiyasiga aylanadi. Shunga o‘xshash ishqalangan barcha jismlarning 
qizishini turmushda uchratgansiz. Ular haqida eslab ko‘ring. Mana 
shunday tajribalar, issiqlik ham energiyaning bir turi ekanligi 
haqidagi xulosaga olib keldi. Unda potensial va kinetik energiyadan 
qaysi biri issiqlik energiyasiga mos keladi? Yoki bir vaqtda ikkalasi 
hammi? Ma’lumki, moddalar mayda zarralardan tashkil topgan va 
ular to‘xtovsiz harakatda bo‘ladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, 
agar modda isitilsa, zarralar harakati tezlashadi. Bundan 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling