Kegl cc pechat indd
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Fizika,6-sinf darsligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 37-MAVZU JISMLARNING ISSIQLIKDAN KENGAYISHI
issiqlik bu
moddani tashkil etgan zarralarning kinetik energiyasidir, degan mantiqiy xulosaga kelamiz. Moddalarning yoki jismlarning isitilganlik darajasini ifodalovchi kattalik temperatura deb ataladi. Muzni eritish jarayonida kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, erish paytida uning temperaturasi o‘zgarmaydi. Demak, bu paytda unga berilgan issiqlik muz tuzili shi (strukturasi)ni buzishga sarflanadi. Demak, modda issiqligini qisman molekulalar orasidagi potensial energiya ham belgilar ekan. Shunday qilib, issiqlik ham energiyaning bir turi hisoblanadi. U boshqa energiyalar kabi bir turdan ikkinchi turga aylanishi mumkin. Issiqlik miqdori ham boshqa energiya va bajarilgan ish kabi joullarda o‘lchanadi! Ish bajarib issiqlik energiyasini hosil qilish va issiqlik ener- giyasini ishga aylantirish mumkin bo‘lganligidan, ish va energiya cham barchas bog‘langandir. 1. Nima uchun arqondan yoki yog‘och ustundan ushlab pastga sirg‘anib tushganda qo‘l qiziydi? 2. Nima sababdan avtomobil keskin tormozlanganda g‘ildirakla- rining rezinasidan kuygan hid keladi? 104 3. Og‘zi berk idish issiq suvga tushirildi. Idish ichidagi havo molekula larining potensial va kinetik energiyalari o‘zgaradimi? 4. Siz o‘qigan qaysi kitobda yoki ko‘rgan kinoda odamlar sun’iy ravishda olov hosil qilishgan? Qanday usul bilan olinganligini gapirib bering. 37-MAVZU JISMLARNING ISSIQLIKDAN KENGAYISHI 10-mavzuda Siz qizdirilgan metall sharning kengayib, halqadan o‘ta olmagan ligi bilan tanishgansiz. Suyuqliklarda bu hodisani o‘rganish uchun shunday tajriba o‘tkazaylik (70-rasm). Uchta probirka olib ulardan biriga suv, ikkinchisiga yog‘, uchinchisiga sut quyaylik. Probirkalar og‘ziga o‘rtasida nay chasi bor tiqin o‘rnataylik. Probirkalarni suvli idishga 70-rasmda ko‘rsatilganidek qo‘yib, tagidan isitaylik. Suv isigan sari asta-sekin naychalardan suyuqliklar yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Demak, suyuqliklar ham isitilganda kengayar ekan. Bunda suyuqliklarning naychadan ko‘tarilish balandligi turlicha bo‘lgan ligidan, ularning kengayishi ham turlicha bo‘ladi. Gazlarning issiq likdan kengayishini o‘rganish uchun bir kolbani olib, uning ham og‘ziga naychasi bor tiqin o‘rnataylik (71-rasm). Naycha uchini suvga tiqib, kolbani ushlagan holda ozroq siypalab turamiz. Shunda naycha uchidan suvga havo pufakchalari chiqa boshlaganini ko‘ramiz. Bunga sabab kolba qo‘l harorati tufayli ichidagi havosi bilan birga isiydi. Isigan gaz kengayib pufakcha shaklida chiqib ketadi. Kolba bo‘g‘zini shtativga o‘rnatib shu holda qoldirilsa, birozdan so‘ng naychadan suv yuqoriga ko‘tarilganligini ko‘rish mumkin. Sababi soviganda kolbadagi havo siqiladi. 72-rasm. 70-rasm. 71-rasm. mis temir muz Shunday qilib, moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan ken gayadi, sovuq likdan torayadi. Bu hodisaning sababi oldingi 105 mavzuda ay tilgan molekulyar harakatdir. Moddalarning bu xossasidan turmushda va texnikada keng foydala niladi. Temir yo‘l relslarini o‘rnatishda ularni bir-biriga jips tegmaydigan qilib o‘r- natiladi. Elektr o‘tka zuvchi simlarni ustun lar ga yoz kunida biroz osiltirib torti ladi. Qishda to rayish eva ziga uzilib ketmasligi uchun shun day qilinadi. Shisha stakan larga issiq suvni birdaniga quyib bo‘lmaydi. Chunki, uning ichki qismi issiqlikdan tez kengayadi. Tash qarisi esa kengayib ulgur maydi. Shu sababli stakan si nib ketadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling