Keksa inson shaxsining xususiyatlari mundarija: Kirish I. Bob keksalik-inson ontogenezida o’ziga xos davr sifatida
Keksalik hamda keksayish nazariyalari
Download 43.11 Kb.
|
gulsal
1.3 Keksalik hamda keksayish nazariyalari
Keksalik va keksayish nazariyalari Keksalikni o‘rganish bo‘yicha bir necha nazariyalar mavjud. Harbir nazariya asosida keksalikni qanday tushunish yotadi. Keksalik biologik muammo sifatida. Har bir nazariya organizmning qarish mexanizmi bo‘yicha o‘z modeliga tayanadi. Biologik nazariyalarga rus gerontologiyasining asoschisi A. A. Bogomolsning organizm fiziologik jarayonlari uyg‘unligining buzilishini keksayishda asosiy omil deb hisoblagan nazariyasini hamda keksayishni intoksifikatsiya sifatida qaragan I. I. Meclmikov nazariyasini kiritish mumkin. Gerontolog V. V. Frolkis keksalikni organizm moslashuv imkoniyatlarining qisqarishi sifatida qaraydi. Antiqarish yoki vitaukta tushunchasi (lot. Vita-hayot, auktum-cho‘zmoq) olim tomonidan taklif etilgan moslashuv-boshqaruv nazariyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Keksayish evolyutsion jihatdan dasturlashtirilib genetik' kodga kiritilishi haqidagi tasavvur, hujayralaming buzilishi bilan bog‘liq g‘oyalar biologik nazariyalarga misol bo‘la oladi. Keksalik ijtimoiy muammo sifatida. Ijtimoiy nazariyalarga “erkinlik” hamda “o‘yindan chiqish” nazariyalari misol bo‘la oladi. Jamiyatdan uzoqlashuv, motivatsiyaning o‘zgarishi, kommunikativlikning pasayishi, o‘z ichki dunyosiga o‘ralashib qolish kabilarda kuzatiladi. Jamiyatdan uzoqlashish ilgarigi ijtimoiy rollaming yo‘qotilishi, sog‘liqning yomonlashuvi, topish-tutishning kamayishi, yaqin kishilaming yo‘qotilishi yoki uzoqlashishida namoyon bo‘ladi. Subyektiv ravishda bu kerak emaslik tuyg‘usi, qiziqishlar doirasining pasayishi, uning o‘ziga qaratiiishida namoyon bo‘ladi. Bu jarayon insonning nafaqaga chiqishi bilan boshlanadi, lekin qari inson ishxonada nimalar bo‘layotgani bilan qiziqib turadi, lekin bu sekin-asta sun’iy xarakterga ega bo‘la boradi, sekinlik bilan bu ham to‘xtaydi. Insonga keladigan ma’lumotlar kamayib boradi, qiziqishlar doirasi torayadi, faolligi pasayadi, qarish jarayoni tezlashadi Faollik nazariyasi (“Yangi bandlik”) jamiyatdan uzoqlashish nazariyasiga qarama-qarshidir. Faollik nazariyasi keksalami jamiyat hayotiga tortish, ular qanchalik faol bo‘Isa, ulaming hayotdan qoniqqanlik darajasi yuqori bo‘ladi, degan g‘oyaga asoslanadi. Uzluksiz hayot yo‘li kontsepsiyasi qarilikni ilgarigi hayot uslubini saqlab qolish uchun kurash maydoni sifatida talqin etadi. Qarilik kognitiv muammo sifatida. Bu yondashuv asosida keksalarda intellektual va emotsional qobiliyatlaming pasayishb yoki yo‘qotilishi jarayoni yotadi. “Foydalanmaslik” nazariyasiga ko‘ra intellektual ko‘nikmaIar yetarlicha foydalanmaslik natijasida keksalarda yomonlashadi. Kognitiv nazariyaning boshqa va^iantida keksa inson o‘zidagi o‘zgarishlami qanday talqin qilishiga bogMiqligi nazarda tutiladi. Bunda uch soha asosiy rol o‘ynaydi: shaxsiy kechinmalar (sog‘liqning yomonlashuvi, jozibadorlikning kamayishi), ijtimoiy mavqe xususiyatlari (kirishimlilik, integratsiya yoki. ajralib qolish), shaxsiy hayotining tugayotganligini anglash). Keksayishning kompleks nazariyalari. Kompleks nazariyalar keksayishning biron jihatiga urg‘u beradigan nazariyalarga qarshi chiqadi. Kesayish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u o‘zaro biologik, ijtimoiy va psixologik jarayonlar bilan bog‘liqdir. Har bir insonga o‘ziga xos keksayish yo‘li xos. Dj. Terner, D. Xelms80 uch o‘zaro bog‘Iiq jarayonni ajratib ko‘rsatadilar: Psixologik keksayish - individ o‘zi keksayish jarayonini qanday tasawur qiladi va his qiladi, boshqalaming keksayishi bilan o‘zini taqqoslab keksayish jarayoniga qanday mimosabatda bo‘ladi. Biologik keksayish - yosh o‘tishi bilan organizmda o‘zgarishlaming sodir bo‘Iishi; r! 'Ijtimoiy keksayish - individ keksayishni jamiyat bilan, ijtimoiy rollarni bajarish bilan qanday bog‘laydi. Qarilikning yosh chegaralarini turli olimlar turlicha tavsiflashadi, lekin ko‘pchilik 60-65 yoshni qarilikning boshlanishi sifatida e’tirof etishadi. Misol sifatida bir necha olimlaming qarashlarini keltiramiz: Chexiyalik professor B. Prijigoda: 60-75 qarilik, 75-100 yosh keksalik. D .Birren: 50-75 yosh so‘nggi yetuklik, 75- yoshdan keyin qarilik. D. B. Bromley qarilikning 3 bosqichini ko‘rsatib o‘tadi: 65-70 yosh sevimli ishdan uzoqlashish; 70 yoshdan keyin keksalik; 110 yoshgacha munkillaganlik, qarib kasalga chalinish va o‘lim. Rossiya gerontologiyasi asoschilaridan biri I. V.Davidovskiy keksalik boshlanshining aniq sanasi mavjud emas, degan fikmi bildirgan 81 . Boshqa mashhur gerontolog N.F.Shaxmatovning ta’kidlashicha, keksayish muammolariga biologik nuqtayi nazardan yondashib, psixik keksayishni markaziy nerv sistemasining oliy bo‘limlarida yoshga oid destruktiv o‘zgarishlar natijasi sifatida qaraydi.82 Keksayish yoshga oid muqarar jarayon bo‘lishiga qarab har kimda har xil individual kechadi. Butunjahon sog‘liqni saqlash Yevropa byurosining klassifikatsiyasiga muvofiq, erkaklarda qarilik 61-74 yosh, ayollarda 55-74 yosh, 75dan keyin keksalik boshlanadi, 90 yoshdan keyin uzoq umr ko‘ruvchilar deb ataladi. Qarilik boshlanishida ijtimoiy mezon sifatida insonning nafaqaga chiqishi bilan belgilanadi. Lekin turli mamlakatlarda turli kasb egalarida ayollar va erkaklarda nafaqa yoshi turlichadir (55dan 65 yoshgacha davom etadi). Qarilik davriga o‘tishning boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari - bu asosiy daromad manbaining o‘zgarishi, ijtimoiy mavqening o‘zgarishi, ijtimoiy rollar doirasining o‘zgarishi hisoblanadi. Odatda yosh qariyalar 75 yoshgacha hamda keksa qariyalar 75 yoshdan keyin farqlanadi. Download 43.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling