Keksa inson shaxsining xususiyatlari mundarija: Kirish I. Bob keksalik-inson ontogenezida o’ziga xos davr sifatida


Keksalik davrining psixologik xususiyatlari


Download 43.11 Kb.
bet5/9
Sana25.01.2023
Hajmi43.11 Kb.
#1121408
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
gulsal

1.2.Keksalik davrining psixologik xususiyatlari.
Rivojlangan Yevropa va Amerika mamlakatlarida ham keksalar muammolarini hal qilish borgan sayin qiyinlashib bormoqda (hatto uni “sekin ta’sir qiladigan demografik bomba deb atashmoqda)78. Ayrim mamlakatlarda nafaqa
yoshini qayta ko‘rib chiqish masalasi qo‘yi!gan (Masalan, Buyuk
Britaniyada 2010-yiIdan keyin ayollar uchun nafaqa yoshi 65 yosh
deb belgilab qo‘yildi). Gerontopsixologiya - yosh psixologiyasining boMimi bo4lib,
keksalik muammolarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i sifatida
so'nggi vaqtlarda ko‘p taqiqotchilar e’tiborini o‘ziga tortmoqda.
Qariyalarda bilish jarayonlaridagi farqlar bo'yicha o‘tkazilgan
tadqiqotlarga ko'ra, xotirani tekshirishda standart topshiriqlami
bajarishda 30 yoshli va 70 yoshli kishilar turli tezlikda bajaradi. Sodda
kognitiv topshiriqlar, ya’ni turli predmetlarni kattaligi bo‘yicha
xotirada taqqoslashda qariyalarga yoshlarga qaraganda 50% ko‘p vaqt
talab etilgan. Topshiriq murakkablashtirilganda yoshlarga qaraganda
qariyalarga 2 barobar ko‘p vaqt talab etilgan (Baltes, 1993). Qariyalarda kognitiv jarayonlar o‘zgarishiga bag‘ishlangan tadqiqotlarda operatsiyalarning bajarish tezligini yo‘qotishni kompensatsiya qilish mumkin. 1985-yilda S. Salthouse tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda qari mashinistkalar yoshlardan qolishmay
ishni bajarishgan, ularda reaksiya vaqti va barmoqlaming sekin
harkatlanishini kuzatish mumkin. Tadqiqotchi eksperiment o‘tkazish
tartibini murakkablashtirib, mashinistka oldindan o‘qib olishi mumkin
boclgan so‘zIar sonini chegaralaganda, qari mashinistkalarning ish
tezligi keskin pasayib ketgan, bu yosh mashinistkalarning ish tezligiga
umuman ta’sir qilmagan. Qari mashinistkalar yozish tezligini saqlash
uchun tekstni oldindan o‘qib olib uni xotirada saqlashga harakat
qilishgan. Uzoq muddatli xotirani o‘rganishga bag‘ishlangan test natijalarida
yosh farqlari kuzatiladi. Qator tadqiqotlarda qariyalar so‘zlar qatorini
qayta esga tushirishga qaraganda tanishga bo‘lgan topshiriqlami
yaxshiroq bajarishi aniqlandi (Craik & McDowd, 1987). Ular
materialni xotirada saqlash uchun ko‘proq tanlovchanlikni namoyon
qiladi. Qariyalarda foydasiz so‘zlar ro‘yhatini eslab qolish ichki
isyonni keltirib chiqaradi. Shu bilan bog‘liq ravishda ma’nosiz
so‘zlami eslab qolishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda ular quyi
natijalami namoyon etishgan, ma’noli so‘zlami, qiziqarli iboralami
eslashda keksalar yoshlarga qaraganda yaxshi natija ko‘rsatishgan
(Meyer, 1987). Shunday qilib, qator olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlardan
ma’lum bo‘lishicha, qariyalar ular uchun muhim hisoblangan va
hayotda kerak bo‘ladi, deb o'ylangan materialni yaxshiroq eslab
qoladilar. Uchlamchi xotira bu ilgari bo‘!ib o‘tgan voqeani esiashdir.
Xotiraning bu turi keksalarda to‘liq eslab qolinadi.

Download 43.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling