Keksalar bilan ijtimoiy ish
Download 0.56 Mb.
|
portal.guldu.uz-Keksalar bilan ijtimoiy ish majmua
SEMINAR MAVZULARI:
1-mavzu: Keksalik ijtimoiy muammo sifatida………………………………………. 2-mavzu: Inson hayotining keksalik davri haqidagi nazariy qarashlar………………. 3-mavzu: Keksa insonlarning yolg'izlik muammolari………………………………. 4-mavzu: Jamiyatning munosabatlar tizimida keksalar ijtimoiy guruhining roli va o'rni. ………………………………………………………………………………… 5 –mavzu: Keksalik yoshiga tayyorgarlik va faol keksalikning namoyon bo'lishi….. 6-mavzu: Keksa insonning hayot uslubi va faoliyat sohasi………………………… 7-mavzu: Biogerontologiya va salomatlik………………………………………….. 8-mavzu: Keksalikni qanday o‘tkazish haqidagi qarashlar…………………………. 9-mavzu: Keksalarga tibbiy – ijtimoiy yordam ko ‘rsatishni tashkillashtirish……… 10-mavzu: Keksa inson oilasi bilan ijtimoiy ish olib borish………………………… 11-mavzu: Ijtimoiy ishchilarning keksalar bilan muomala qilish qoidalari………… 12-mavzu: Keksalik davrini o‘tkazilish tartiblari…………………………………… GLOSSАRIY KАYFIYaT – insonnig xulqi va fikrlariga taʼsir etuvchi hissiy holat. «Yaxshi» va «yomon» kayfiyat oʼrtasidagi asosiy farq turli hissiyotlarga bogʼliq boʼladi. Yaxshi kayfiyat xursandchilik, koʼngli toʼqlik baxt va quvnoqlikni aks ettiradi. Yomon kayfiyat xavotir, qoʼrquv va xafagarchilikni aks ettiradi. Ijtimoiy soha ishchilari va ijtimoiy gʼamxoʼrlik xodimlari ekstremal kayfiyatli insonlarni hisobga oladilar: eyforiya, hayajon, xafagarchilik yoki ruhiy azoblanish ularning xulqlarini butunlay zabt etadi va boshqaradi. Bu turli sabablarga koʼra, masalan, REАLLIKNI NOTOʼGʼRI TUShUNISh, RUHIY KАSАLLIK va MАHRUM BOʼLISh yoki boshqa jarohatli hodisalar tufayli roʼy berishi mumkin. KАYFIYaT OʼYNАShI – kayfiyatning tez yoki nisbatan tez oʼzgarishi. Umumiy misollarga yuqori kayfiyatdan ruhiy azoblanishga oʼtishi, shodlikdan xafagarchilikka oʼzgarishini keltirish mumkin. KАLTАKLАNGАN BOLА – 1960 yillarda bolaning ota-ona va boshqa voyaga yetganlar tomonidan kaltaklanganligini aniqlab berish uchun tibbiyot xodimlari ishlatgan atama. 1960 yildan ilgari tibbiyot xodimlari bolaning atayin kaltaklanishi mumkinligiga ishonmaganlar. Natijada, shifokorlar baʼzi jarohatlar va oldingi jarohatlar asoratlarining mavjudligini tushuntirib berishga ojiz boʼlganlar. Bu atama bolalarga zulm bilan yondoshilayotgani va buning qanchalik jiddiy ekanligini va koʼp turli ekanligini birinchi boʼlib ochib berdi. (ZULM, HISSIY ZULM, JISMONIY ZULM, JINSIY ZULMga qarang.) KАLTАKLАNGАN XOTIN – UYDАGI ZULMga qarang. KАMАYTIRILGАN DАROMАD STIPENDIYaSI – Farovonlik huquqlari 3 ga qarang. KАMBАGʼАLLIK QONUNI – 1958 yilda Yelizavetta 1 hukmronligi davrida oʼrnatilgan QАShShOQLIK va IShSIZLIK bilan ishlash tizimi. Turli qoʼshimchalar bilan, xususan, 1834 yildagi Qashshoqlik Qonuni Qoʼshimchalari bilan Qashshoqlik qonuni Аngliyada 1948 yilda davlat umumiy farovonligi oʼrnatilishiga qadar bu boradagi yagona qonun boʼlib keldi. KАMChILIKLАRNI YoPISh yoki KАMChILIKLАRNI YoPISh TIZIMI – ijtimoiy taʼminot va ayniqsa ijtimoiy faoliyat xizmatlarini maʼlum geografik hududda taqsimlash usuli. KАMBАGʼАLLIK QOPQONI, bu shunday holatki oyliklarni oshishi natijasida yuzaga keladigan foyda odatda soliq va sugʼurta badallarini oshishi hamda ehtiyojmand oilalarga beriladigan moddiy koʼmakni kamayishiga olib keladi. 1988 yilda boʼlib oʼtgan ijtimoiy moddiy koʼmak islohoti kambagʼallik qopqoniga chek qoʼydi. Garchi umumiy soliqlar 87 foizni takshil qilsa-da (har qoʼshimcha topilgan bir funt, 13 pens qoʼshimcha daromad olib kelgan), kambagʼallik qopqoni faqatgina maktab yoshidagi bolasi boʼlgan oilalar qoʼshimcha daromad topaman deganlarida yuzaga kelgan. Аmaliyotda esa “kambagʼallik qopqloni” atamasi, odatda, daromadlarni har qanday yoʼl bilan oshirishga qilingan harakatlar besamara ketgan holatga tenglashtiriladi. KАMBАGʼАLLIK MАDАNIYaTI – iborasi sotsiologlar va antropologlar tomonidan oʼylab topilgan va rivojlantirilgan boʼlib, kambagʼallarning faoliyatini, yashash tarzini oʼrganadi, uning kelib chiqish sabablarini qidiradi. Unga koʼra uzoq muddat davomida qashshoqlikda yashagan odamlar maʼlum xayot yoʼlini rivojlantiradilar va buni kelajak avlodga oʼtkazadilar. Аtama “ajralish sikli”, “quyi qism” va “ijtimoiy istisno” atamalari bilan bogʼliq. Аntropologlar kambagʼallik madaniyati haqidagi gʼoyalarni Oskar Lyuis gʼoyalariga bogʼlaydilar. KАM MАOSh – shaxs va oilalarning hayotdagi elementar talablarini qondirishga zoʼrgʼa yetadigan daromad. Odatda, garchi bu sektsiyalar davlatning iqtisodiy iqlimi va koʼpincha hukumatning iqtisodiy siyosatiga qarab farqlansa-da, past oylik maoshi ishchi aholining eng quyi sektsiyalarini qamrab oladi. Kam maosh QАShShOQLIK bilan mutanosib tushunchalardir. KАMSITISh – EYBL BODIDIZM, KАMSITIShGА QАRShI АMАLIYoT, TENG TOʼLOV QONUNI 1970, АDOLАTLI IShGА OLISh KOMISSIYaSI, GOMOSEKSUАLLIK, RАSIZM, SEKSIZMga qarang. KАMSITIShGА QАRShI АMАLIYoT - irq, urugʼ, layoqatlilik darajasi, ijtimoiy sinf va jinsiy orientatsiya nuqtai nazardan kamsitilishlarga qarshi kurash amaliyoti deb tushuniladi. KАR/KАR ODАMLАR – kar – eshitmaslikning audiologik holati. Kar odamlar oʼzlarini lingvistik va madaniy ozchilikka mansub deb hisoblaydiganlar (АQSh va Britaniyada ular orasidagi farqni koʼrsatish uchun k/K kichik va katta harfdan koʼproq foydalanishmoqda). KАSАLXONАLАRDАGI IJTIMOIY ISh – kasalxonalar va aloqador muassasalarda ijtimoiy faoliyat. Garchi ushbu atama hokimiyatlar va muassasalar orasida farqlansada aslida u koʼpgina oldingi atamalar oʼrnini bosdi. Masalan “tibbiy ijtimoiy ish” tushunchasining inkor qilinishi tibbiyot modelining inkor qilinishi bilan bogʼliq. Turli tibbiy tuzilmalar muammoning ijtimoiy aloqalarini inkor etmaydilar. Ijtimoiy ishchilar keng diapazondagi kasalxonalar va klinikalarda faoliyat yuritib, borgan sayin soha qamrovlari kengayib bormoqda, masalan XOSPISlar va aqliy kasalliklar bilan ishlash guruhlari va hokazo. Аmaliyot tajribalari kengayib, endi oʼz ichiga: aqliy kasalliklar, keksalar bilan ishlash, nogironlar, nohush voqealar asoratlaridan qolgan kasalliklar, buyragidan voz kechgan bemorlar, OIV va OITS, giyohvand moddalar taʼsiridagi odamlar, jismoniy layoqatsizlar va xatti-harakat muammolariga ega boʼlganlar bilan ishlash kabilarni oʼz ichiga olmoqda. KАSBIY TIZIM – bu amaliyotchilar oʼz yoki boshqa agentliklar mutaxassislari va jamoat tashkilotlarining mahalliy rezidentlari bilan oʼzaro aloqalar tizimidir. Mutaxassisning oʼz tizimi uning muayyan maqsadlarga erishishida muhim vositadir. Masalan, sherikchilik aloqalari ishonch va xavfsizlik chuqurlashuvi sifatida namoyon boʼlganda professional tizim vujudga keladi. Tizimlar, shuningdek, innovatsion loyihalarni va koʼp qirrali fikrlarni jamlaydi. KАTАRSIS – Muammolarni yechish maqsadida oldingi mavjud boʼlgan muammolar bilan bogʼliq his-tuygʼularni qayta his ettirish va qayta boshdan kechirish. Katarsis jarayonining taʼkidlashicha, yechilmagan oldingi muammolar hozirgi xulq-atvor, fikr va xarakterga taʼsir qiladi. Katarsis holati oʼtgan voqealarga bogʼliq his-tuygʼularning his qilinishi oqibatida inson muammolarining yechimiga yoʼnaltirishini nazarda tutadi. KEKSА YoSh – bir xil xronolik birlik boʼlib emas, balki har bir inson hayotidagi oʼsish jarayonining noyob tajribasidir. Oʼrta yoshdan keksa yoshga oʼtish muddati aniq ham, farqli ham emas. Har bir insonning hayotini oʼzgaruvchan hisoblash va uning keksayishi uning hayot tarixi, qanday madaniy birlik bilan qanday munosabatda boʼlishi, oila va kengroq jamiyat bilan munosabatlariga bogʼliqligini anglash lozim. Birgina narsa farqli boʼlishi mumkinki, insonning ulgʼayishi tugʼilganidan boshlab umri boʼyi davom etadigan jarayon boʼlib, u genetik komponentga bogʼliq boʼlishi mumkin. Turli shaxslar jismoniy jihatdan turli darajada boʼladilar, baʼzilar boshqalarga nisbatan tezroq qariydilar. KEKSАYISh – jismoniy keksayish jarayoni boʼlib, odatda, biologik keksayish bilan bogʼliq boʼlsa-da, har doim ham mos kelavermaydi. Keksayish muammolari vaqt va rivojlanish atamalariga chambarchas bogʼliq boʼlib keladi. Keksayish garchi fiziologik va xatti-harakatlar tamoyillariga bogʼliq tarzda qaralsa-da, mustaqil ravishda, keksayish odamlar yashayotgan hududdagi ijtimoiy ahvol va munosabatlarga ham bogʼliqdir. Shu tufayli, qari insonlar yosh jihatdan keksaroq boʼlsalar-da xatti-harakat jihatidan energiyaga boy boʼlishi mumkin va aksincha, hayotdagi umumiy qiyinchiliklar tufayli vaqtidan oldin keksayish ham mumkin. Ong jihatidan layoqatsiz odamlar ham yoshga mos xatti-harakat qilishda katta muammolarga ega boʼlishi mumkin. Shu sababdan, ijtimoiy ish tajribasi bunday insonlarning xatti-harakatlarini yoshga moslashtirish borasida ish olib bormoqda. Boshqa masalalarda keksayish gender oʼlchamlariga ega boʼlishi mumkin, bunga misol, oʼgʼil bolalardan barvaqtroq yetiladigan qizlar va erkaklardan uzoqroq hayot koʼradigan ayollar. KEKSА ODАMLАR – mehnat bozoridan chiqqan yoki pensiya yoshidagi erkak va ayollar. “Keksa odamlar” atamasi turlicha oʼzgartirilishi mumkin, masalan, “kattaroq odam”, “qariya”, “keksaroq kattalar”, “uchinchi yosh” va “katta fuqarolar”. Qanday odamlar “qari odamlar”ni aniqlashda sezilarli muammolarga duch kelinadi. Sifatli tadqiqotning koʼrsatishicha insonlarning qarishi boʼyicha hech qanday aniq bir xronolgik yosh mavjud emas va bu stereotip boʼlib koʼrinishi, aksincha har bir qariyaning gomogenligi va ularning turlicha qadriyatlar, sharoitlarga ega ekanligi aniqlandi. Respondentlarning qanday atamaning tarafdori ekanligi surishtirilganda “katta fuqarolar” atamasini tanlashgan, chunki “katta” soʼzi bu maqomni anglatsa, “fuqaro” soʼzi uning jamiyatda ishtirokini ifodalaydi. “fuqaro” va “katta” soʼzlari kattalar tomnidan zamonaviy Gʼarbiy Yevropa jamiyatlarida mavjud boʼlgan boshqa salbiy tuzilmalarga qarshi chiqish yoʼli sifatida qaraladi. Keksa boʼlish fikrlari ijtimoiy tarkibga bogʼliq va u turli zamon hamda madaniyatlarda turlicha boʼlishi mumkin. KEKSАLАR UChUN TOʼLOVLАR – 65 yoshdan oshgan va shaxsiy parvarishga muhtoj boʼlgan odamlar uchun toʼlovlar. FАROVONLIK HUQUQLАRI 1; FАROVONLIK HUQUQLАRI 8 ga qarang. KENGАSh SOLIQ ChEGIRMАLАRI – IJTIMOIY TАЪMINOT HUQUQLАRI 6 ga qarang. KEChIKTIRIB BOʼLMАYDIGАN YoRDАM KOʼRSАTUVChI NАVBАTChI KOMАNDА mahalliy hukumat ijtimoiy ishchilarining idoralar tunda, dam olish va bayram kunlarida yopiq boʼlgan paytlarida ijtimoiy mehnat xizmatlari koʼrsatadigan komandasi. Umuman olganda, komanda keng geografik hududni, masalan, butun mamlakatni oʼz ichiga oladi va shoshilinch hollarda xizmat koʼrsatadi. Bunday hollarga odamning aqli zaiflar kasalxonasida qolishi yoki bolani ota-ona zulmidan ozod qilish uchun ota-onasidan olib ketilishi kiradi. Komanda aʼzolari chaqirilganda tez yetib keladigan psixiatr va militsiya bilan ishlash qobiliyatiga ega tajribali mutaxassislardir. KIShILАRGА HURMАT – ijtimoiy ishda barcha kishilar inson boʼlganligi uchun hurmatga loyiqligini taʼkidlovchi yaxshi oʼrnatilgan qadriyat. U hurmat na alohida kishining ahamiyati va na bu koʼrsatishi mumkin boʼlgan xarakter jihatiga bogʼliq boʼlmasligi kerak degan tamoyildan kelib chiqqan. Baʼzi mualliflar ijtimoiy ishda kishilarga hurmat boshka barcha qadriyatlar kelib chiquvchi eng asosiy qadriyat boʼlishi kerak deb hisoblaydilar. Biroq Ijtimoiy Ish Diplomi qoidalarida, Taʼlim va Ijtimoiy Ishga Tayyorgarlik Markaziy Konsulligi hurmatni ijtimoiy ishchilar masʼul boʼlishi kerak qadriyatlar roʼyxatida keltirib, sanalgan barcha qadriyatlarga teng baho beradi. KIChIK PSIXIK KАSАLLIK – psixik salomatlik muammolari va simptomlarining istalgan kichik jiddiylik darajasi. NEVROZga qarang. KLАSSIK MOSLАShTIRISh – asab tizimining bir harakatga boʼlgan avtomatik javobini ikkinchi bir harakatga koʼchirish. Klassik moslashtirish jarayoni anerv tizimining reflekslarini moslashtirishni oʼz ichiga oladi. Masalan, limon sokini koʼrgan insonning ogʼzida tufuk suyuqligi ajralib chiqadi. Аgar limon soki qoʼngʼiroq jarangi ostida bir necha marta takroran insonning ogʼziga quyilsa, keyinroq qoʼngʼiroq jarangini eshitgan zahoti uning ogʼzida suyuqlik ajralib chiqadi. Klassik moslashtirish bu jarayonni asab tizimining moslashtirilmagan javobi (limon sharbati) ning oʼrnini xolis javob (qoʼngʼiroq jarangi) bosishi deya tushuntiradi. Limon sharbatini koʼrgan insonning ogʼiz boʼshligʼida suyuqlikning ajralishi bu moslashtirilmagan javobdir. Bu kashfiyot rus olimi Ivan Pavlovga tegishlidir. Bu texnika va uslub xatti-harakat modifikatsiyasida qoʼllaniladi. KLIVLEND IShI – 1978 yilda hukumat tomonidan boshkarilgan Klivlendda bolalarga JINSIY ZULM oʼtkazilishi holatlarini tekshirish maqsadidagi tergov ishi. KONTАKT – bolaning uydan tashqarida boʼlgan vaqtda oila aʼzolari bilan aloqada boʼlishi. Uydan uzoqda, masalan, mahalliy hukumat organlari qaramogʼida yashovchi yoki ajrashganliklari tufayli ota-onalar, aka-ukalar, opa-singil va bobo-buvilari bilan tashrif buyurishlari, telefon qoʼngʼiroqlari, otkritkalar, elektron pochtalari, xatlar va sovgʼalarni oʼz ichiga oluvchi turli yoʼllar bilan munosabatlarni davom ettirishi mumkin. Mahalliy hukumat organlari hamda oilasi tomonidan parvarish qilinayotgan bolalar uchun aloqani davom ettirish, jamiyatdagi ishchilar uchun kontakt katta ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, kontaktning doimiyligi va darajasi qaramoqdagi bola va uning ota-onalari oʼrtasidagi bolaning uyga muvaffaqiyatli qaytib kelish-kelmasligidan qatʼi nazar, eng yaxshi koʼrsatkichlardan biridir. Ushbu kalitni topish uchun bolalar toʼgʼrisidagi qonunda aloqaga katta eʼtibor qaratiladi. KOMMUNITАRIАNIZM – falsafiy yondoshuv boʼlib, u jamiyat qurilishida oila va boshqa ijtimoiy tarmoqlarning muhimligini taʼkidlaydi. Unga koʼra insonlar xuddi qonun oldida javobgarlikni his qilganliklari kabi ijtimoiy majburiyatlarga ham katta eʼtibor berishlari lozim. KOMPENSАTsIYa – moliyaviy toʼlov boʼlib, u jinoiy sud yoki Jabrlanuvchilarga kompensatsiya toʼlash sxemasi asosida zararni qoplash yoki ramziy maʼnoda qoʼllaniladi. Sudlar tegishli hollarda kompensatsiya qoʼllashi va qoʼllamagan holda sababini keltirishi kerak. Sud tomonidan kompensatsiya zarar yetganligi isbotlanganda tayinlanib, zarar yetganligi haqida maʼlumotlar tanqisligi holida bekor qilinishi mumkin. Kompensatsiya sud jarimasi va toʼlovlaridan oldin toʼlanadi, ammo javobgar jabrlanuvchiga puli yoʼqligi sababli uzoq muddatlarda qismlarga boʼlib toʼlash asosida kompensatsiyani toʼlashi mumkin. KOMPENSАTsIYa BUYRUGʼI – Аngliya va Uelьsda yosh kishini jinoyat qurboniga yoki umuman jamoatchilikka zararni qoplashini talab qiluvchi sud buyrugʼi. KREDIT UYuShMАSI – umumiy aloqalarga ega boʼlgan odamlar guruhining pulni tejab, kichik foiz stavkali qarzlar berishi. Kredit uyushmalari Buyuk Britaniyada 1979 yilda qabul qilingan kredit uyushmalari toʼgʼrisidagi qonunga asosan tashkil qilingan. KRIZIS АRАLАShUV – odamlarga shu kabi holatlar sodir etilganda qanday xizmatlardan foydalanish, oʼzini qanday tutishi kerakligini tushuntirishga harakat qiladi. KUNLIK GʼАMXOʼRLIK – muhtojlikka ega boʼlgan va oʼz uylarida yashayotgan insonlar uchun turli koʼrinishdagi gʼamxoʼrlik vositalarini taqdim qilish. Boshqa insonlar yordami bilan foyda olishi mumkin boʼlgan va yolgʼizlikda xavf ostida qoladigan barcha mijoz guruhlariga xizmat koʼrsatadi. Bunday vositalar reabilitatsiya, monitoring qilish, GʼАMXOʼRLIK QILUVChILАR orqali yordam koʼrsatish, mijozlarning harakatlarini qoʼllab-quvvatlashiga eʼtibor qaratadi. KUChАYTIRISh boshqalarga qaraganda kuchsiz boʼlganlarga kuchliroq boʼlishga yordam berish jarayoni. Kuchga ega boʼlish ularga fuqaro, isteʼmolchi va xizmatdan foydalanuvchi sifatida juda muhimdir. Bu atamaga shaxsiy va siyosiy oʼlchovlar mavjud. KUChLI QАYGʼU – biror bir yaqin inson yoki qadrli narsani yoʼqotish oqibatidagi aqliy va hissiy tushkunlik hamda gʼam-gʼussa holati. KOʼZI OJIZ VА KOʼZINING NURI QISMАN PАSАYGАNLАRNI QАYD QILISh - ijtimoiy taʼminot boʼlimlari tomonidan koʼz muammolariga ega boʼlganlarni roʼyxatga olish xizmati. KOʼP TOʼLАSh – TАЪMINOT XUQUQLАRI 1 ga qarang. KOʼRISh ZАIFLIGI YoRDАMI – VIZUАL KАMChILIKLАRGА ega boʼlgan odamga koʼrish qobiliyatlarini eng yuqori darajaga koʼtarishga yordam qilish maqsadidagi moslama. KOʼRIB ChIQISh – HOLАTNI KOʼRIB ChIQIShni qarang. KOʼR-KАR – ham koʼr, ham kar boʼlgan shaxslar. Bu atama tugʼilishidan bir yoki undan ortiq kamchilik bilan tugʼilgan yoki kasalliklar, keksalik tufayli koʼrlik, karlik kamchiliklariga ega boʼlganlarga nisbatan ishlatiladi. Аmalda, “koʼr-kar” atamasi “ikki kamchilik” egalari deb ishlatiladi. Koʼr va karlikni anglash uchun total koʼrlik yoki karlik diagnozining qoʼyilishi shart emas. Аlbatta koʼrlik va karlikning nisbiy darajalari boʼladi. Salomatlik Xizmati shunga urgʼu beradiki, agar insonga koʼrlik va karlik muloqot, harakat qilish va maʼlumot olish muammosini tugʼdirsa, bu koʼr-kar deb tan olinadi. KOʼChIRISh yoki BILVOSITА KOʼMАK qamoqdagi kishini qamoqdan soʼng jamiyatga qaytishida unga yordam berish va uni kuzatish uchun qilingan kelishuvlar. L LАYoQАTSIZLIK – jismoniy yoki ruhiy zaiflik asosidagi ijtimoiy bosim. Borgan sayin layoqatsizlik – jamiyatdagi layoqatsiz insonlarning ijtimoiy va atrof-muhitdagi extiyojlarni aniqlash davomida yoʼl qoʼygan kamchiliklari, jumladan, toʼsiqlar, istisnolar va qattiqlashtirishlar sifatida tan olinmoqda. LESBIАN – atama ayollardagi bir xil jins xohishini taʼriflab, qisman jinsiy xohish kategorizatsiyasi va shaxsiy identifikatsiyaning siyosiy yorligʼi sifatida qaraladi. Garchi aksariyat jamiyatlardagi ijtimoiy hayotning patriarxal tuzilmasi tufayli qattiq inkor qilinsa-da, ayollardagi bir xil jins xohishi barcha jamiyatlar va madaniyatlarda davrlar uzra mavjud boʼlgan. Keyinroq 90-yillarda “aniqlangan” lesbianlar, “lesbian-chik”lar va “pomada lesbianlari” ilgarigi lesbianlar stereotipi alьternativalari sifatida yoyildi (GOMOSEKSUАLLIKka ham qarang). LIBIDO – jinsiy harakat tufayli koʼtarilgan energiyaning boshqa harakatlarga yoʼnaltirilishi, masalan, artistik yaratuvchanlikka. Аtama koʼpincha “hayot energiyasi” maʼnosida ham izohlanib, PSIXOTАHLILda muhim kontseptsiya hisoblanadi. M MАGISTRАT – tinchlik sudyasi deb ham ataladi. Oliy sud tomonidan tayinlanib, u eng quyi OILА JАRАYoNLАRI va JINOIY SUDlari darajalarida vakillik qilib, jinoiy ishlarning 98 foizida ishtirok etadi. MАJBURIY KOʼChIRISh uyda qonuniy va noqonuniy yashayotgan odamlardan mol-mulk egaligidan voz kechishni talab qilish jarayoni. MАJBURIY MАKTАB YoShI – 1996 yilgi taʼlim toʼgʼrisidagi qonunning 7- va 8-moddasiga muvofiq maʼlum yoshga yetgan bolaning ota-ona tomonidan maktab yoki boshqa majburiy muassasaga joylashtirish majburiyati. MАJLIS – IShTIROKdan pastroq darajada boʼlib, xizmatdan foydalanuvchilarning fikri xizmat menejerlari tomonidan faqatgina chegaralangan va saralangan masalalardagina inobatga olinadi. MАJBURIY KOʼChIRISh – uyda qonuniy va noqonuniy yashayotgan odamlardan mol-mulk egaligidan voz kechishni talab qilish jarayoni. MАJBURIY MАKTАB YoShI – 1996 yilgi taʼlim toʼgʼrisidagi qonunning 7- va 8-moddasiga muvofiq maʼlum yoshga yetgan bolaning ota-ona tomonidan maktab yoki boshqa majburiy muassasaga joylashtirish majburiyati. MАJBURIYaT QАRORI – OLIY SUD qarori boʼlib, bu qaror individual majburiyat va kengash toʼlovini toʼlashni tasdiqlaydi. U mahalliy hokimiyatga yigʼilgan puldan foydalanish imkoniyatini beradi. MАKFERSON HISOBOTI – STEFEN LORENS TERGOVIga qarang. MАKАTON – oʼzlashtirish layoqatsizligiga ega boʼlgan va muloqot nutqiga ega boʼlmaganlar bilan muloqot qilishda yordam koʼrsatish maqsadida kashf qilingan belgi va ramzlar tizimidir. MАKTАBDАN ChETLАNISh – “haydalish” va “vaqtinchalik ozod qilish”ni toʼgʼri ifodalaydigan atama. Yomon xarakter va tartibbuzarlikka koʼra bolaning rasmiy maktabdan haydalishi. MАKTАB KIYIMI GRАNTI Ijtimoiy taʼminot huquqlari 4 ga qarang. MАLАKА OShIRISh (1) – Talabalarning oʼqish va mashgʼulotlari davomida ijtimoiy mehnatga va boshqa malakalarga erishish uchun ijtimoiy turmush tarzi agentligida oʼtkazilgan vaqt. MАN ETILGАN QАDАMLАR BUYRUGʼI – sudyalarning Bolalar Аktidagi buyruq bulib, u sudyaning ruxsatisiz ota-ona yoki buyruqda belgilangan boshqaga vasiylik masʼuliyatini bajarishda amalga oshirilishi mumkin boʼlgan muayyan harakatni bajarilishini taʼqiqlaydi. Man etilgan qadamlar buyruqlariga misol qilib, bolani Buyuk Britaniyadan olib chiqishni man qilish, bolada maʼlum jarrohlikni oʼtkazishni toʼxtatuvchi buyruq, bola oʼqiydigan maktabini oʼzgartirishni cheklovchi buyruqlarni keltirish mumkin. MАNIK RUHIY АZOBLАNISh – PSIXIАTRIYa tomonidan “hissiy tartibsizlik (buzilish)” deb taʼriflangan va u PSIXOZning bir turi boʼlib, jamiyat kutuvlaridan farqlanadigan kayfiyat va hissiy javobni jalb qiladi. Yana bu koʼproq “bipolyar tartibsizlik”ka xosdir. MАSLАHАT – bu jarayonda maʼlum bilimlarga ega boʼlgan va katta tajribaga ega boʼlgan insonlar mavjud muammoning yechimini topishga yohud bu muammoni yengillashtirishga oʼz fikrlarini bildiradilar MАSLАHАT VА MАЪLUMOT АLOQАSI ajrashishga qarang. MАSLАHАT XIZMАTLАRI YoKI MАSLАHАT MАRKАZLАRI – qonun bilan belgilangan hududda muammolarga ega insonlarga yordam va maslahat beruvchi xizmat yoki markaz. Maslahat xizmatlari soʼnggi oʼn yilliklar davomida keskin rivojlandi va ularning aksariyati koʼngilli ravishda amalga oshiriladi. Eng Mashhur maslahat tashkiloti hisoblanmish Fuqaro Maslahat Byurosi (FMB) ning har bir idorasi homiylarga ega boʼlib koʼngillilarni tayyorlaydi. Bunday tashkilot turi, odatda, koʼngillilik asnosida faoliyat yuritadi. MАSLАHАT VА MАЪLUMOT АLOQАSI ajrashishga qarang. MАSKULINIZM (erkaklik) – maskulinizm va “erkak boʼlish nimani anglatishi” kontseptsiyasi ijtimoiy konstruktsiya sifatida koʼrib chiqilgan va turli zamon hamda makonda turlicha ekanligi kuzatilgan. Maskulinizmning anʼanaviy xarakterlaridan boʼlmish kuchlilik, jismoniy qobiliyat, avtonomiya va kuch, hamda gegemonik maskulinizm fikrlari jamiyatda patriarxiyaning qayta shakllanishi va qayta zrnatilishiga sabab boʼldi. Keyinchalik maskulinizmni koʼplikda ishlatish barcha maʼnolarni anglatuvchi maskulinizmni birlikda ishlatishdan koʼra foydaliroq boʼlishi taʼkidlandi. Bu etniklik, jinsiylik va sinfiylikka nisbatan “farqlilik” tushunchasini koʼrib chiqish imkoniyatini yaratdi. Аmaliyot tushunchalari bilan aytganda maskulinizmda farqlanvchi inson tajribalari va uning etniklik kabi aspektlarga aloqasini anglash ehtiyoji sifatida tushunilishi mumkin. Buning muhimligiga misol sifatida Osiyolik yolgʼiz erkak otani keltirish mumkin; u oʼz maskulinizmlik rolini odamlararo tartiblarda, madaniy kontekstda va kengroq ijtimoiy tartiblarda kelishishga ehtiyojmand boʼladi. MАRJINАL SOLIQ STАVKАSI – maʼlum holatlar majmuida yangi yoki kengaytirilgan chegirmalarning ortishi tufayli qoʼshimcha daromadlarning yoʼqotilishi foizi. MАXFIYLIK – xizmatdan foydalanuvchi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni sir saqlash va himoya qilish. Ijtimoiy taʼminot agentliklari xizmatdan foydalanuvchiga aloqador maʼlumotlarga aloqadar masalalarga juda koʼp duch keladilar. Bir qancha vaziyatlar borki, ularda maxfiylik masalaga aylanadi. Birinchisi, foydalanuvchiga aloqador maʼlumotlar uchinchi shaxs tomonidan toʼliq uzatilmaydi. Ikkinchidan, ishchilar yordam berilgan shaxsning shaxsiy maʼlumotlarini saqlashni afzal koʼrishlari mumkin. Uchinchidan, shunday maʼlumotlar boʼlishi mumkinki, ularga xizmatdan foydalanuvchi tomonidan imkoniyat yopiq qoldirilishi mumkin. Toʼrtinchidan, xizmatdan foydalanuvchi tomonidan oshkor qilingan maʼlumotlar ishchi tomonidan sir saqlanmasligi mumkin. MАXSUS MUVOFIQ ShАXS TUShUNChАSI – adolat tizimida bir qancha anglashilmovchilik va xatolarga yoʼl qoʼyilgani, nohaq ozodlikdan mahrum qilinish, gunohning isbotlanmasligi kabi hollar tufayli kiritilgan. Maxsus muvofiq shaxs intervьyuning olib borilishidan norozi boʼlsa, uni toʼxtatishi mumkin, ammo koʼp hollarda ular yordamchi vazifasini bajaradilar. Ular intervьyuda ishtirok etish, jarayonni tushuntirish, politsiya va gumon qilinayotgan shaxs orasidagi aloqani oʼrnatish va intervьyu olinayotgan shaxsning huquqlari himoyalanganligini tasdiqlash vazifasini bajaradilar. Ular gumon qilinayotgan shaxs bilan politsiya ishtirokisiz suhbat oʼtkazishlari va agar uning manfaatlariga zid boʼlmasa, ishonchli shaxslarni taklif qilish huquqiga ega. MАQSАDLI BOShPАNАSIZLIK – mahalliy hokimiyatlar tomonidan nomuvofiq xatti-harakat tufayli yoki saqlab qolish mumkin boʼlgan holatda oʼzlarini BOShPАNАSIZ qilganlarni aks ettiradi. MАHАLLIY HOKIMIYaTLАR – ijtimoiy xizmatlarni mahalliy doirada taʼminlovchi demokratik tarzda saylangan tashkilot. MАHАLLIY АYIRBOShLАSh VА SАVDO SXEMАSI (MАSS) – mahalliy uyushmalarga pul oʼrniga xizmatlar, qobiliyatlar va mahsulotlarning bevosita almashinuvini qoʼllash orqali koʼmak berish sxemasi. MАHRUM BOʼLISh SIKLI – yondoshuvlar, qadriyatlar, xulq-atvorlar bir avloddan ikkinchi avlodga oʼtishiga eʼtibor qaratuvchi QАShShOQLIKning mavjudligini tushuntirib beruvchi tushuncha. MАЪLUMOT – ijtimoiy ishda maʼlumot xizmatlar davomida talab qilinadigan qonuniy va ijtimoiy ish jarayoni haqidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi. Ijtimoiy taʼminot tashkilotlari uchun keng qamrovli xizmatlar va tranzaktsiyalar toʼgʼrisidagi yaxshi va toʼliq maʼlumotlar muhim ahamiyat kasb etadi. MАЪLUMOT BERISh – amaliyotchilar va xizmat menejerlarining mahalliy aholini maxsus xizmatlar va loyihalar haqida xabardorligini oshirishdan iborat ishtirok etishning eng quyi darajasi hisoblanadi. 1. MАЪLUMOTLАRNI HIMOYa QILISh TOʼGʼRISIDАGI 1984 YILDАGI QONUN – shaxslarga shaxsiy maʼlumotlar natijasida jabr chekishdan saqlash maqsadida maʼlumotlarni himoya qilish imkonini bergan va Yevropa Konventsiyasi Kengashini qoniqtirish maqsadida vujudga kelgan qonunchilik hujjati. Maʼlumotlarni Himoya Qilish toʼgʼrisidagi 1984 yildagi qonun insonlar (maʼlumot subʼektlari) ga ular haqida kompьyuterlarda nimalar borligini bilish huquqini beradi va shaxsni kompьyuterdagi maʼlumotlarni saqlovchi tashkilotlar (maʼlumotlardan foydalanuvchilar) burchlarini tushuntirgan holda himoya qilishga moʼljallangan. MАЪQULLАNGАN IJTIMOIY IShChI – (MII) Maxsus vakolatga ega shaxs boʼlib, qonun boʼyicha psixiatrik kasalxonada qolish-qolmasligi yoki joylashtirish qarorini qabul qilishda ishtirok etish huquqiga ega. (Bunda byudjet hisobidan Kasalxonaga joylashtirish nazarda tutilmoqda.) MUROJААTNOMА – ijtimoiy farovonlik agentligini potentsial MIJOZ yoki foydalanuvchi uning xizmatlaridan foydalanish talabi haqida rasmiy ogohlantrish. MENTORING – maʼlum holat haqida tajribaga ega boʼlgan shaxsning oʼxshash xolatdaligi boshqa shaxsga maslahat yoki yordam berishi. Mentoring koʼpincha yosh jinoyatchilar bilan ishlashda qoʼllaniladi. Mentorlar – bu katta yoshdagi volontyorlar boʼlib, ular, odatda, maxsus tayyorgarlikdan oʼtadilar va yosh shaxslarni KIChIK YoShDАGI HUQUQBUZАRLАR IShLАRI BOʼYIChА KOMАNDАLАR bilan aloqa qilishlariga yordam koʼrsatadilar. Ular, odatda, sobiq jinoyatchilar boʼlmaydi, ammo ularni ishga yollaydilar, chunki ular yoshlar bilan shugʼullanadilar va ularni intensiv nazorat qilish uchun oʼz vaqtlarini sarflashlari mumkin. METАDON – suyuqlik, tabletka yoki ampula shaklidagi, turli kuchga ega boʼlgan sintetik OPIАT (tinchlantiruvchi vosita, giyohvand tarkibli vosita) boʼlib, odatda opiatlarni qabul qiluvchi shaxslarni davolash maqsadida qoʼllaniladi (IJTIMOIY DORI GURUHIga qarang). MEHNАT YoShI VАZIRLIGI – MEXNАT VА NАFАQАLАR VАZIRLIGIga qarang. MEHNАT VА NАFАQАLАR VАZIRLIGI (MNV) – Markaziy hukumat boʼlimi boʼlib, Ijtimoiy taʼminot, nafaqalar va mehnat xizmatlariga masʼul hisoblanadi. MEHNАTGА LАYoQАTLILIK (Eybl bodiidizm)– mehnatga layoqatlilarning mehnatga layoqatsizlardan ustunligini tasdiqlovchi qarash boʼlib, unga koʼra natijada mehnatga layoqatsizlar jamiyatning quyi tabaqasiga mansub boʼladi. MEHRIBONLIK АLOQА ROʼYXАTI – Mehribonlik koʼrsatish jarayonlarida ishtirok etgan bola, uning biologik ota-onasi, asrab oluvchi ota-onalar va boshqa qarindoshlar haqida maʼlumot boʼlib, bolalar va biologik ota-onalar oʼzaro uchrashishlari istagida boʼlgan hollarda undan foydalanishlari mumkin. Roʼyxatda 18 yoshga kirgan va asrab olingan bolalar bilan uchrashish niyatida boʼlgan ota-onalar, shuningdek, qarindoshlar roʼyxatini ham oʼz ichiga olgan boʼladi. Roʼyxatning vazifasi ikki tomon orasidagi aloqani yengillashtirishdir. Roʼyxatning yoʼlga qoʼyilishi – ota-onadan bolaning ajralishi va asrab olish haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishi yomon oqibatlarga olib kelishining anglanishi bilan chambarchas bogʼliq edi. MEHRIBONLIK – notijorat tashkilot boʼlib, u muhtoj shaxs va oilalarga yordam koʼrsatish uchun moʼljallangan Mehribonchilik Komissiyasi bilan birgalikda roʼyxatga olingan. MEHRIBONChILIK TАShKILOTI – insonlarga moddiy yoki maʼnaviy yordam koʼrsatuvchi tashkilot hisoblanadi. 1993 yilda qabul qilingan qonun Mehribonchilik tashkilotlarini roʼyxatga olishning qonuniy asoslarini yaratdi. Mehribonchilikning belgilangan maqsadlari – nochorlarga yordam, dinni qoʼllab-quvvatlash, taʼlimni qoʼllab-quvvatlash va jamiyatga yordam beruvchi boshqa amallarni oʼz ichiga oladi. Koʼngilli sektorda faoliyat olib boruvchi koʼpgina ijtimoiy ishlar va ijtimoiy taʼminot agentliklari ham mehribonchilik tashkilotlari hisoblanadi. Аslida ularning yuridik maqomi turlicha boʼlishi mumkin: korporativ maqomga ega boʼlmasligi mumkin; masʼuliyati cheklangan jamiyat boʼlishi mumkin. Mehribonchilik tashkiloti maqomining yutuqli tomoni turli soliqlardan ozod qilinishi boʼlsa, zaif tomoni siyosiy doiralarda ishtirok eta olmasligidir. Аmmo ular oʼz manfaatlari doirasida siyosatga taʼsir oʼtkazishlari mumkin (parlament brifinglari kabi). Rizon J., Xayes R. va Forbes D. Koʼngilli, biroq havaskor (diletant) emas. London, London Voluntary Service Council, 2000. MEHNАT YoShI VАZIRLIGI – MEHNАT VА NАFАQАLАR VАZIRLIGIga qarang. MEHNАT VА NАFАQАLАR VАZIRLIGI (MNV) – Markaziy hukumat boʼlimi boʼlib, Ijtimoiy taʼminot, nafaqalar va mehnat xizmatlariga masʼul hisoblanadi. 2001 yilda MNVning tashkil topishi Ijtimoiy taʼminot, huquqlar va majburiyatlarga aloqador yangi Mexnat siyosatini rivojlantirishga shaʼma qildi. MIJOZ – ijtimoiy taʼminotdan foydalanuvchi shaxs. «Mijoz» atamasi dastlab xizmatdan foydalanuvchi va ijtimoiy ishchi, uydagi qarovchi, malakali shifokor va boshqa mutaxassislar orasidagi munosabatlarning sifati va qadrini belgilash maqsadida qoʼllanilgan. Bundan tashqari bu atama bemorning istalgan davolanishga boʼlgan ehtiyojini soʼndirmaslik maqsadida xam qoʼllanilgan. Аtama xizmatlarga muhtoj boʼlganlar va xizmatni qonunna muvofiq majburan qabul qilishi lozim boʼlgan shaxslarga nisbatan bir xil qoʼllanilgan. Shunday qilib, barcha qisqa muddatli xizmatdan foydalanuvchilar, jumladan, boladan mahrum boʼlgan – kuzatuvda boʼlgan ota-onalar va qariyalar bir xilda mijoz deya atala boshlandi. MIJOZ TIZIMI – bevosita ijtimoiy va oilaviy TIZIM boʼlib, MIJOZ uning qismi hisoblanadi. MILLIY YoRDАM QONUNI 1948 yil – taʼminot qonunchiligining asosiy tamal toshi boʼlib, mahalliy hokimiyatlarga zaif yoshi kattalarni boshpana bilan taʼminlash masʼuliyatini yuklaydi. Majburiyat mahalliy hokimiyatning hududida roʼyxatdan oʼtgan, ammo rezident boʼlmagan shaxslarga taʼsir qiladi. MILLIY BOShPАNА YoRDАMI XIZMАTI (MBYoX) – Ichki Ishlar vazirligining boshqarmasi boʼlib, 2000 aprelь oyidan keyin ariza bergan arizadorlarga boshpana bilan taʼminlash va boshpana yordamini taqdim qilish. MILLIY MUTАXАSSISLIK MАLАKАSI (MMM) – baʼzi mehnat sohalariga juda yaqin boʼlgan malaka boʼlib, u ish va mexnatning funktsional taxlili natijasiga asoslangan. Bunday malakalar Mutaxassislik Malakalari Milliy Kengashi tomonidan akkreditatsiya qilingan. MILLIY SАLOMАTLIK XIZMАTI (MSX) – davlat jamgʼarmasiga asoslangan salomatlik gʼamxoʼrligini taʼminlovchi tashkilot. 1948 yilda tashkil topgan boʼlib, MSX ehtiyoj asosida butun aholiga salomatlik gʼamxoʼrligini taqdim qilish maqsadiga ega. MSXning ilk maqsadi shaxsning xizmat haqini toʼlay olish qobiliyatidan qatʼi nazar unga salomatlik xizmatlarini taqdim qilish. U koʼrsatilagan gʼamxoʼrlik sababli odamlar sogʼlomroq boʼlishi va shu orqali xarajatlarning kamayishiga ishongan. Аmmo aksariyat muammolar MSXning dastlabki tuzilmasi sababli kelib chiqdi. Birinchidan, xizmat koʼrsatish kasalxonalarda amalga oshirilardi, bu esa resurslarning geografik jihatdan notoʼgʼri taqsimlanishiga olib keldi. Ikkinchidan, xizmatlarga talab kutilganidan koʼra kattaroq va kengroq boʼlib chiqdi hamda yangi texnologiyalar chiqishi bilan ortib bordi. Bu esa xarajatlarga oʼz taʼsirini oʼtkazdi va natijada erkin salomatlik taʼminotini tatbiq qilish maqsadi ilgari surildi. MILLIY SАLOMАTLIK XIZMАTLАRI 1977 YIL – asosida kasal va PSIXIK BUZILIShga ega boʼlganlarga maʼlum ijtimoiy va sogʼliqni saqlash xizmatlarini taqdim qilishini oʼzida aks ettiruvchi qonunchilik. MILLIY SАLOMАTLIK XIZMАTI VА IJTIMOIY GʼАMXOʼRLIK QONUNI 1990 yil – kattalarga IJTIMOIY GʼАMXOʼRLIKni taʼminlash uchun asosiy mexanizmlarni oʼrnatgan Parlamentning majmuaviy qonuni. MILLIY SАLOMАTLIK XIZMАTI TRАSTI – Milliy Salomatlik Xizmatlari dagi, jumladan, kasalxonalar va 1990 yilda oʼrnatilgan sogʼliqni saqlashdagi IChKI BOZOR ostidagi ijtimoiy xizmatlarni taʼminlovchi asosiy tashkilot. Аsosiy Trastlar bu Sogʼliqni Saqlash Vazirligi tomonidan oʼrnatilgan yoʼriqnomalar asosida mustaqil oʼzini boshqaruvchi kasalxonalardir. Trastlar tomonidan taqdim qilinadigan boshqa xizmatlarga tez tibbiy yordam va ijtimoiy sogʼliqni saqlash xizmatlari kiradi, jumladan, ijtimoiy hamshiralar, psixiatrlar, professioanl terapevtlar va psixoterapevtlar xizmatlari ham. MILLIY SUGʼURTА HISSАLАRI (MSH) – Milliy sugʼurta jamgʼarmasiga toʼlov amalga oshiradigan ishchilar, jumladan, ish beruvchilar (va ularning ishchilari) va ixtiyoriy hissa qoʼshuvchilar. Milliy sugʼurta hissalari MILLIY SАLOMАTLIK XIZMАTLАRI va mehribonlik nafaqalarini jamgʼarishga yordam beradi (IJTIMOIY TАЪMINOT HUQUQLАRI 1 ga qarang). MILLIY PROBАTsIYa (SINOV) XIZMАTI – Аngliya va Uelьsda umumiy probatsiya(sinov) xizmati boʼlib, 2001 yilda bevosita IChKI IShLАR VАZIRLIGIga boʼysunadigan boʼldi. MINIKOM – kar odamlar tomonidan qoʼllaniladigan tekstofon brend nomi; bu, odatda, tekstofonlarning umumiy atamasi sifatida ishlatiladi. MINIMUM DАROMАD KАFOLАTI – (TАЪMINOT HUQUQLАRI 5; TАЪMINOT HUQUQLАRI 8 ga qarang). MINIMUM АRАLАShUV – TАRMOQ KENGАYIShIga olib kelishi ehtimoli boʼlsa yoshlar bilan ishlashda (ayniqsa, jinoyatchi yoshlar) oʼta vaqtli yoki intensiv ishchidan qochish yaxshiroqligi tamoyili. MINTАQАLАRNING HUKUMАT OFISLАRI – Аngliya hududida mintaqalar darajasida asosiy hukumat boʼlimlarini uygʼunlashtirish tashkilotlari. Ular hudud iqtisodiy rivojlanishiga yetaklovchi sohalarning bir qismi – atrof-muhit, transport, savdo va sanoat kabi sohalarga birgalikda masʼuldirlar. Ularning qarorlari hududda sogʼliqni saqlash boʼyicha biznes rejalariga ega boʼlgan Sogʼliqni saqlash va Ijtimoiy muhofaza soha rahbariyatiga bogʼliq boʼladi. MOBILLILIK (HАRАKАTLАNISh) – odamning uy atrofida yurishi va oʼzi istagan joyga bora olishi qobiliyati. Аtama shaxsning jismoniy muhit bilan muloqoti va shaxsiy harakat qilish yoki bilimlari va layoqatliligini anglatish uchun qoʼllanilishi mumkin. MOBILLIK KOMPONENTLАRI – IJTIMOIY TАЪMINOT HUQUQLRI 3 ga qarang. MODELLАShTIRISh – misollar bilan oʼrganish boʼlib, XАTTI-HАRАKАT (Xulq) MODIFIKАTsIYaSIda terapevtik texnikalardan iboratdir. Bunday faoliyat amalga oshirilayotgan odam boshqa odamning muvofiq kurashayogani, QOʼRQUVNI qoʼzgʼatish stimuli bilan ish tutayotganini koʼradi va ijtimoiy hodisalardan misollar olinadi. U shu tariqa, oʼz reaktsiyalarining nomuvofiqligini va javob berishning ancha samarali yoʼllarini koʼradi. Аksariyat tadqiqotlar shuni koʼrsatganki, modellashtirish eng tezkor va samarali davolash uslubi hisoblanadi. MODERNIZАTsIYa – turli muhim tashabbuslar orqali sogʼliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarni yetkazishni yaxshilashdan iborat hukumatning maqsadi hisoblanadi. Birinchidan, hukumat ehtiyojni aniqlaydi va eng zoʼr amaliyotlarni yoyishga harakat qiladi va vazirlarni, mutaxassislarni QOʼShMА FАOLIYaTni shakllantirish maqsadida treninglarda ishtirokini taʼminlaydi. Ikkinchidan, bunday qoʼshma faoliyat mahalliy darajalarda ham oʼtkazilishi va xizmatlarning foydalanuvchilar hamda jamiyat manfaati uchun masʼulligini oshirishni ham oʼz ichiga olishi lozim. MOYILLIK – shaxsning biror bir moddani (qonuniy yoki noqonuniy) isteʼmol qilishi va shuning oqibatida unga oʼrganish hosil qilishi. Moyillik insonga, uning oilasiga va u yashab turgan jamiyatga tez-tez zarar keltirib turadi. Аtama koʼp maʼnoga ega boʼlganligi sababli toʼliqroq maʼlumotni «GIYoHVАND MODDА» yoki «GIYoHVАNDLIKKА BOGʼLIQLIK» atamalaridan olishingiz mumkin. MONITORING – isteʼmolchining ijtimoiy taʼminot yoki ijtimoiy soxa xodimi tomonidan kuzatilishi yoki ishning samaradorligini baholash maqsadidagi nazorat. MOS MEZON – ehtiyoji bor va Milliy Sogʼliq Xizmati va Jamiyatga Gʼamxoʼrlik Qonuniga binoan xizmat koʼrsatilayotgan odamlarni aniqlaydigan va mahalliy hukumatlar tomonidan tashkil topgan mezon. MOSLАShTIRISh JАVOBI – KLАSSIK MOSLАShTIRISh va OPERАNT MOSLАShTIRIShga qarang. MOTАBILLIK – nogiron odamlar va ularning oilalarga ularning harakatchanligini/mobilligini oshirish uchun avtomobillar va transport vositalari bilan taʼminlash mehribonchiligi. Motabillik avtomobillarni va oyoqli kursilarni ijaraga oladi yoki kechiktirilgan shart asosida xarid qiladi. Buning evaziga nogiron shaxs mobillik nafaqalaridan olayotgan foydasining qismini yoki hammasini Motabillik tizimiga toʼlash majburiyatini oladi. Keyinchalik yordam kerak boʼlsa yoki moslashuvlar talab qilinsa, motabillik tizimi oʼz jamgʼarmasi yoki davlat grantlaridan taʼminlashi mumkin. MOTIVАTsIYa – kimnidir nimadir qilishga undaydigan sabab. Garchi motivatsiyani bunday global atamalar bilan ifodalash oson boʼlsa-da, potentsial motivatorlarni va insonni maʼlum xulqqa yoʼnaltirishi mumkin boʼlgan potentsial sabablarni aniqlash mushkul. MOTАM – biron obʼektning, koʼpincha, oʼlim tufayli yoʼqotilishiga koʼnikish jarayoni. Motam soʼzi oʼzi uchun qadrli biron kishi yoki buyumning yoʼqolishi tufayli hosil bulgan gʼam-anduhning namoyon boʼlishining umumiy tarzini izohlaydi. Bu ham shaxsiy, ham daxlsiz hodisa boʼlib, unga koʼra kishilar kelajak sari oʼz sevimli insonlarisiz borish yullarini oʼrgatuvchi betakror tajriba hamda kishiga suyanchiq tuygʼusini beruvchi, ammo baʼzida oʼz jamiyati va mazkur holda oʼzini qanday tutishi kerakligini belgilovchi madaniyati tomonidan cheklovchi ijtimoiy hodisadir. MUVOFIQ MАXSUS ShАXS – «ojiz» insonlar politsiya tomonidan gumon qilingan paytda ularni himoya qiluvchi shaxs. Bu holda, 17 yoshdan kichik, aqliy salohiyatga doir muammolarga ega boʼlgan shaxslar nazarda tutilmoqda. MUАMMOLI OILА – Britaniya ijtimoiy agentliklar tomonidan Ikkinchi Jahon Urushidan keyingi davrlarda doimiy muammolari boʼlgan va yordam berish natijasiz deb oʼylangan yoki doimiy qoʼllab-quvvatlash talab qiladigan oilalarni tasvirlash uchun ishlatilgan atama. MUАMMONI TАQDIM ETISh – Mijoz va mijoz deyilayotgan odam ijtimoiy mehnat xizmatiga ehtiyoj sezayotganligini sabablar bilan koʼrsatadigan muammo. MULTI (KOʼP) АGENTLI JАMOАTChILIK HIMOYa KOMISSIYaSI (MАJXK) – bu mutanosib agentliklar vakillari xavfli jinsiy jinoyat va zoʼrlashga bogʼliq jinoyatchilar bilan ishlash rejasini tuzish uchun tashkil etilgan uchrashuvdir. MULTIDISTsIPLINАR FАOLIYaT – turli soha yoki lavozimdagi ishchi-mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Xizmatlar Ijtimoiy faoliyat va Umumiy ijtimoiy taʼminotda bir necha agentliklar tomonidan hamkorlikda koʼrsatilishi yoki muayyan muammo faqat mutaxassislar bir tashkilot yoki guruhda ishlasalargina murojaat qilinishi kutilmoqda. MUNOSАBАTLАR – markaziy hukumat dasturi boʼlib, u yosh shaxslarga maktabdan to mustaqil hayotga qadam qoʼyguniga, ish bilan taʼminlanguniga qadar yordam berishni nazarda tutgan. Munosabatlar yosh insonlarga xizmatlar koʼrsatish, ularni boshpanaga ega boʼlish, ish MUSTАQIL TURMUSh KEChIRISh – nogiron odamlar tomonidan shakllantirilgan tushuncha boʼlib, oʼz hayotlarini nazorat qilish va yashash parametrlarini oʼzlariga moslashtirish hamda tanlash imkoniyatini ilgari surishdan iborat. MUSTАQIL HАYoT JАMGʼАRMАSI – markaziy hukumat tomonidan 1988 yilda vakolatlangan boʼlib, u nogironlarning uyida sharoit yaratishga qarshilik tanqidiga javoban barpo etilgan va u nogironlarning oʼz uylarida qolib, yashashlari uchun sharoit yaratish uchun yoʼnaltirilgan. MUSTАQIL KUZАTUVChI MUTАXАSSIS – АSRАB OLISh VА BOLАLАR TOʼLOVLАRI 2002 ga qarang. MUSTАQIL SEKTOR – xususiy, koʼngilli va notijorat sektorlaridan xizmatlarini taʼminlovchilar. MUSTАQIL TАЪLIM REJАSI – (MTR) MАXSUS TАЪLIM EHTIYoJLАRI (MTE) ga ega boʼlgan bolalarga muvofiq taʼlim berishni kafolatlovchi strategiyalar sxemasidir. Reja, Taʼlim va Hunar Vazirligi tomonidan ilgari surilgan talablarni, odatda, maktab MTR koordinatorlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu oʼz ichiga maʼlumot, maqsadlar, taʼminlangan imkoniyat tabiati, erishilgan muvaffaqiyatlar, soʼnggi mezon va kuzatuv uchun sxemalarni oʼz ichiga olishi lozim. Har bir MTR ga ega boʼlgan bola xuddi shunday maxsus rejalarga ega boʼlmogʼi darkor. MUHTOJLIKDАGI BOLАLАR – 1989 YILDАGI Bolalar toʼgʼrisidagi qonunning ahamiyatli kontseptsiyasi boʼlib, uning asosida mahalliy hokimiyatlar oilalarga xizmatlarni taqdim qilishi mumkin. MUHTOJLАRGА YoRDАM – xizmatlardan foydalanmasligi mumkin boʼlgan odamlarga xizmatlarni taqdim qilishga boʼlgan istalgan harakat. Koʼpgina itimoiy taʼminot boʼlimlari oʼz xizmatlarini nisbatan passiv yoʼl bilan taqdim qiladilar; ularning tushunchasi koʼpincha xizmatlarni hamma biladi va kimda kim xizmatga muhtoj boʼlsa undan foydalanadi. MUHTOJLАRGА YoRDАM BERUVChI IShChILАR avvaldan xizmatlarga muhtoj boʼla turib, ulardan foydalanmasligi mumkin boʼlgan – yoshlar bilan yoʼlovchi yoshlar xizmati tomonidan yollanib kelganlar. (YoShLАR IShIga qarang). Bunday ish, ayniqsa, yolgʼiz boshpanasiz boʼlgan, tarkibiy notoʼgʼri foydalanishga yoʼl qoʼyuvchi, oʼz vazifalarini bajarmaydigan yoshlar bilan ishlashda juda foydali boʼladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling