Kelajak bunyodkori
Download 21.58 Kb.
|
1 2
Bog'liq“KELAJAK BUNYODKORI” MEDALINI TA’SIS ETISH TO‘G‘RISIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni “Kelajak bunyodkori” medalini ta’sis etish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda ma’qullangan 1-modda. “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etilsin. 2-modda. “Kelajak bunyodkori” medali to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi). 3-modda. “Kelajak bunyodkori” medalining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi). 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi 176-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 266-modda; 1996-yil, № 5-6, 63-modda, № 9, 120-modda; 1998-yil, № 9, 163-modda; 2000-yil, № 7-8, 202-modda; 2003-yil, № 9-10, 140, 149-moddalar; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 250-modda; 2008-yil, № 4, 193-modda; 2012-yil, №9/1, 241-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 12-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin: quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Kelajak bunyodkori” medali”; beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin. Download 21.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling