Kelajak bunyodkori


Download 21.58 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi21.58 Kb.
#185626
1   2
Bog'liq
“KELAJAK BUNYODKORI” MEDALINI TA’SIS ETISH TO‘G‘RISIDA

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 28-dekabr,

O‘RQ-451-son

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-451-sonli Qonuni bilan


TASDIQLANGAN

“Kelajak bunyodkori” medali to‘g‘risidagi

NIZOM

1. “Kelajak bunyodkori” medali bilan vatanparvarlik, fidoyilik va mehnatsevarlik fazilatlarini namoyon etib, xalq manfaatlari uchun sadoqat bilan xizmat qilayotgan, Vatanimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, shuningdek o‘qishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi.



“Kelajak bunyodkori” medali bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

2. “Kelajak bunyodkori” medali bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mukofotlaydi. Mukofotlash to‘g‘risidagi farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

3. “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlashga taqdim etish, mukofotlash, shuningdek uni topshirish “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

4. “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi va qonun hujjatlarida belgilanadigan imtiyozlardan foydalanadi.



(4-band O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

5. “Kelajak bunyodkori” medali ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.

6. “Kelajak bunyodkori” medali bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda medal, mukofotlash to‘g‘risidagi hujjat va bir yo‘la beriladigan pul mukofoti mukofotlangan shaxsning oilasiga topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-451-sonli Qonuni bilan


TASDIQLANGAN

“Kelajak bunyodkori” medalining

TAVSIFI

“Kelajak bunyodkori” medali dastlab 0,5 mikron qalinlikdagi nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.



Medalning qalinligi — 2,2 millimetr.

Medalning old tomonida, markazda, oq fonda zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti timsoli bo‘lgan “tinchlik atomining” ramziy tasviri, ko‘k rangdagi Yer shari, uning meridianlari va parallellari, O‘zbekiston Respublikasining xaritasi, shuningdek tayanch ramzi bo‘lgan ikki kaft tasviri joylashgan.

Medalning yuqori qismida aylana bo‘ylab yashil rangli lentaga “KELAJAK BUNYODKORI” degan so‘zlar yozilgan. Yozuv zarhal rangda bo‘lib, harflarning balandligi 2 millimetrni tashkil etadi.

Medalning pastki qismida aylana bo‘ylab ikkita zaytun novdasi joylashgan, ularning tutashgan markazida yarimoy va yulduzni o‘z ichiga olgan, chetlari zarhal hoshiya bilan o‘ralgan ko‘k rangli musamman tasvirlangan. Musammanning chap va o‘ng tomonlarida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi lentalar tasviri aks ettirilgan.

Medalning orqa tomonida diametri 21 millimetr bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan bo‘lib, uning pastki qismida medal raqami 3,5 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.

Medalning old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan.

Medal shoyi lenta bilan qoplangan besh qirrali qadag‘ichga ilmoqcha va halqacha yordamida tutashtirilgan.

Shoyi lentaning o‘rtasidan eni 7 millimetrli oq rangli yo‘l, uning ikki chetidan esa to‘q ko‘k rangli ensiz chiziqlar bilan hoshiyalangan, eni 2 millimetrli ikkita sariq rangli yo‘l o‘tgan. Shoyi lentaning chekka qismlari bo‘ylab eni 4 millimetr bo‘lgan ko‘k rangli yo‘l o‘tgan.

Qadag‘ichning bo‘yi — 48 millimetr, eni — 46 millimetr.

Qadag‘ichning orqa tomoniga medalni kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 03/17/451/0473-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 21.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling