“kelajak kasblari” loyihasi doirasida


TA’LIM OLUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


Download 74.62 Kb.
bet3/5
Sana18.11.2023
Hajmi74.62 Kb.
#1785201
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kelajak kasblari - shartnoma (o\'qitish) (6)

TA’LIM OLUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


    1. Ta’lim oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

O‘quv markazi tomonidan mazkur shartnoma shartlariga rioya etilishini talab qilish;
tanlangan fanlar va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim olishi uchun sharoit yaratilishini, jumladan, yuqori saviyali mutaxassislar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilishini talab qilish;

ushbu shartnoma imzolanganidan so‘ng O‘quv markazi o‘qitish xizmatini uzrli sabablarsiz bajarmaganda O‘quv markazidan unga ta’lim xizmati uchun to‘langan pulni, to‘lov qanday tartibda amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha tartibda qaytarib berilishini talab qilish;


qo‘shimcha o‘quv fanlarini tanlab, O‘quv markazidan mazkur fanlar bo‘yicha alohida to‘lov asosida ta’lim xizmati ko‘rsatilishini talab qilish.

    1. Ta’lim oluvchining majburiyatlari:

mazkur shartnoma shartlariga rioya etishi va o‘z vazifalarini belgilangan muddatda sifatli bajarish;
o‘z bilim darajasini diagnostik test sinovidan o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmaslik hamda har oyda belgilangan imtihon (test) sinovlaridan o‘tish;
barcha dars mashg‘ulotlarni ularni qoldirmasdan ishtirok etish, topshirilgan vazifalarni to‘liq va sifatli bajarishga intilish, ta’lim dasturlari bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirib olish hamda O‘quv markazi Ustavi va ichki tartib qoidalariga so‘zsiz rioya qilish;
ushbu shartnoma doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan o‘qitish muddati yakunlangunga qadar qat’iy vaqt grafigi bo‘yicha ta’lim olish;
o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan uzrli holatlar (sog‘ligi yoki yaqin qarindoshlaridan birining vafoti tufayli, jiddiy sabablar) natijasida ishtirok eta olmagan taqdirda o‘quv markazi va o‘zi yashab turgan mahalladagi yoshlar yetakchisini xabardor qilish majburiyatlarini zimmasiga oladi.
Ushbu shartnoma bajarilishini ta’minlash uchun O‘quv markazi tomonidan ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari uchun to‘lov mablag‘larini to‘liq yoki qisman to‘lashni o‘z zimmasiga oladi. Bunda O‘quv markazi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar naqd pul, plastik karta orqali yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin (to‘lovlar “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi bundan mustasno).

    1. Loyiha doirasida Ta’lim oluvchi tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini kamida 3 (uch) marotaba sababsiz qoldirish, majburiyatlarini bajarmaslik hamda o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan muddatda yakunlamasdan qoldirish holatlari qayd etilsa, Ta’lim oluvchidan loyiha doirasida ajratilgan o‘qitish xarajatlari miqdorida kompensatsiya (har bir o‘qigan oyi uchun 1 200 000 so’mgacha oylik to’lovi) undiriladi.




  1. Download 74.62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling