Kelajakdagi o’zbekiston


Download 8.86 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi8.86 Kb.
#1162247
  1   2   3
Bog'liq
yo\'riqnoma


KELAJAKDAGI O’ZBEKISTON

Nutqiy mavzuning maqsadi:matnni oʻqib tushunish, muhokamaga kirishish, matnni tinglab tushunish, matn yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajara olish,


yozma nutqni shakllantirish,munozarali savollar berish orqali fikrlari bayin qilish ko’nikmasini oshirish.
Uyushiq bo’laklar,qo’shma gap va uning turlari yuzasidan lingvistik bilimlarini oshirish
1-soat
DARS JARAYONI
Yangi nutqiy mavzu eʼlon qilinadi. Quyidagi savollar asosida kirish suhbati tashkillashtiriladi:
1Kelajakda o’zingizni qaysi kasb egasi qiyofasida tasavvur qilasiz
2Davlat rivojida qaysi sohaga etiborni ko’proq qaratish kerak deb o’ylaysiz
3Ta’limning mamlakat taraqqiyotidagi o’rni qay darajada sizningcha
Asosiy qism
O’qib tushunish
Berilgan kasblar va ularning tariflarini o’qib tahlil qilish

Matn mazmumi tahlil qilingach quyidagi nutqni o’stirish uchun savollar beriladi
Ushbu sohalardan qaysi biri jamiyatimiz hayoti uchun juda muhim sizningcha?
Muhim deb bilishingizga sabablar nimada?
Siz qanday yangilik qilishni xohlardingiz ?

O’quvchining lingvistik bilimini oshirish uchun uyushuq bolaklar mavzusidan qoida aytib o’tildi


. Uyushiq bo’laklar-gapda bir xil so’roqqa javob bo’lib bir xil sintaktik vazifani bajarib teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog’langan bo’laklar
kitobga qo’shimcha tarzda mavzu yuzasidan og’zaki nazariya:
Bunday boʻlaklar gapda birdan ortiq holda qator kelishi mumkin va bu gaplar Uyushiq boʻlakli gaplar hisoblanadi. Masalan, Tobora koʻtarilayotgan quyosh oʻrik, olma, shaftoli va giloslarning shoxlariga oʻzining ertalabki yogʻdusini sepmoqda. Bu gapda oʻrik, olma, shaftoli va gilos soʻzlari uyushib kelgan. Ular bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarmoqda. Ular oʻzaro sanash ohangi va teng bogʻlovchi yordamida birikkan. Gapning barcha boʻlaklari uyushiq boʻla oladi: uyushiq egalar, uyushiq kesimlar, uyushiq aniqlovchilar, uyushiq toʻldiruvchilar, uyushiq hollar. Uyushiq boʻlaklar qismlari, odatda, bir xil grammatik shaklda boʻladi. Gapning boʻlaklari yakka-yakka holda yoki oʻziga bogʻliq soʻzlar bilan kengaygan holda uyushib kelishi mumkin
Og’zaki nutq
Matnni o’qing va tahlil qiling
Uyushiq bolaklarni aniqlang
Muhokamaga kirishish, muhokamani olib borish jarayonida boshqalarning fikrini tinglashni oʻrganish, ularga hurmat bilan murojaat etish, oʻz fikrlarini asoslab bera olish, shuningdek, xulosaviy fikrlarini ayta olish bilan bogʻliq koʻnikmalarni shakllantirish Oʻquvchilar sinfdoshining tanloviga nisbatan baho beradi, unga munosabat bildiradi. Agar boshqalarnikidan farqli hisoblangan tanlovlar mavjud boʻlsa, ushbu tanlovni izohlash soʻraladi. Shunday shaklda bir necha oʻquvchi misolida mavzu yuzasidan muhokama uyushtiriladi. Oʻquvchilar muhokamani olib borish jarayonida boshqalarning fikrini tinglashi, ularga hurmat bilan murojaat etishi, oʻz fikrlarini asoslab bera olishlari, shuningdek, xulosaviy fikrlarini ayta olishlari muhim sanaladi.
Uyushiq bo’laklar:
xizmatlar,majburiyatlar,xususuyatlar
ota-onangiz,o’qituvchingiz
shifokorlar,o’qituvchilar,aktyorlar
ishbilarmonlar,kitob mualliflari,telvezion boshlovchilar
Gardon Ramsay ,Alain Duksa
tasavvur,ijod
tasavvurga ega bo’lish ijodga ega bo’lishe’tiborga ega bo’lish,xotiraga ega bo’lish
kimyo,matematika
sezgirlik,minnatdorlik

YOZMA NUTQ
Uyga vazifa!Maktabdan keyingi talimni qayerda davom ettiraman” mavzusida kichik matn tuzing va matnda uyushiq bo’laklardan foydalaning

Download 8.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling