Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish uslubiyoti referat
Download 32.21 Kb.
|
Nutqni grammatik tuzilishini shakllantirish ishining vazifalari va mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish- ning vazifalari va mazmuni
Mavzu: Nutqni grammatik tuzilishini shakllantirish ishining vazifalari va mazmuni Reja: 1. Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish- ning vazifalari va mazmuni 2. Bolalar nutqida uchraydigan morfologik va sintaktik xatolar va ularning sabablari 3. Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni tuzatish yo’llari 4. Bolalarning kundalik nutqidagi grammatik xatolarni tuzatish uslubiyoti 1. Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish- ning vazifalari va mazmuni ,,Gramniatika“ termini tilshunoslikda ikki ma’noda ishlati- ladi: birinchidan, u tilning grammatik qurilishini belgilaydi ikkinchidan, u fan sifatida tushunilib, so’z shaklining o’zgarishi va ularning gapda moslashuvi to’g’risidagi qoidalarni tushuntirib beradi. Grammatika tilshunoslikning so’z shaklining o’zgarishi, so’z birikmalarining turlari va gapning tiplarini o’rganuvchi qismi. Grammatika: 1) so’z birikmalari va gaplarni; 2) so’zlar orasidagi leksik-semantik aloqalarni tekshiradi. Grammatika so’z turkumlari va gap tuzilishini, ya’ni tilning grammatik tuzilishini o’rganadi. Grammatik qurilish esa tilning asoslaridan biri: tilning negizi uning grammatik qurilishi bilan leksikasidir. Grammatika ikki qismdan — morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya so’zlarning tuzilishi va o’zgarishini, so’zlarning nutqda o’zaro birikishiga xizmat qiladigan struktura o’zgarishlarini, so’zlarning tuzilishi, ularning turkumlarga ajralishi va bundagi qonuniyatlarni o’rganadi. Sintaksis esa so’z birikmasida va gapda so’zlarning biri- kisli yo’llarini, gapning strukturasini, tiplarini, gap bo’laklarini tekshiradi. Bolalar tilning grammatik tuzilishini kattalar bilan muloqotda bo’lish va taqlid qilish asosida asta-sekin o’zlashtirib boradilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar atrofdagi kishilardan taqlid qilish yo’li bilan turli grammatik shakllardagi so’zlarni o’zlashtirib oladilar va ulardan asta-sckin mustaqii ravishda foydalana boshlaydilar. Biroq nutqning grammatik tuzilishini o’zlashtirish murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir. Bolalarni ntaktab ta’limiga tayyorlashda, ya’ni ularning nutq malakalarini takomillashtirishda og’zaki nutqning grammatik qurilishini shakllantirishga alohida ahamiyat beriladi. Maktabda bola har doim o’qituvchining talablari bilan to’qnash keladi, qo’yilgan savollarga mustaqii javob beradi, nimanidir hikoya qiladi, tushuntiradi, isbotlaydi. Bularning hammasi boladan tilning leksik va grammatik jihatlarini, uning frazeologik boyligini, adabiy til qoidalarini chuqur egallashlarini talab etadi. Bola maktabda nutqini grammatik jihatdan shakllantirishda grammatika qoidalarini o’rganishga asoslanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar esa nazariy bilimlarga tayanmay, balki atrofdagilar bilan o’zaro muloqotga asoslanadilar. Bog’cha yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni tushunib, yodlarida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe’l, sifat, olmosh, kelishik kabi grammatik kategoriyalarning borligini ham, nima ekanligini ham bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatikani og’zaki nutq orqali amaliy ravishda o’zlashtirib boradilar. Bolalar bog’chasida egallangan grammatik malakalar, boshlang’ich sinfda nutqning grammatik tuzilishini nazariy jihatdan egallashlariga asos bo’lib xizmat qiladi. Yilning boshida tarbiyachilar bolalar nutqidagi grammatik xatolarni mashg’ulotlarda va mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda aniqlab oladilar. Bu tarbiyachilar uchun bajariladigan ish mazmunini belgilashda yordam beradi. Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish ishlari ikkinchi kichik guruhdan boshlanadi. Ushbu guruhda ‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi’1 ning ‘Nutq ‘O’stirish" bo’liniida nutqni grammatik jihatdan shakllantirish bo’yicha quyidagi ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Otlarni kelishik qo’shimchalari bilan to’g’ri turlashga, fe’llarni shaxs-son va zamon qo’shimchalari bilan to’g’ri tuslashga o’rgatish. Buyumlarni va narsa- hodisalarning nomlarini birlik va ko’plikda ifodalashga o’rgatish, nutqning sintaktik tomonini shakllantirish va takomillashtirish. Bolalarga voqeaning sodir bo’lgan vaqtini, joyini ifodalaydigan so’zlarni, sodda va qo’shma gaplarning tuzilishini o’zlashtirib olishlarida yordam berish, ularni uyushiq bo’lakli gaplar tuzishga o’rgatish. KATTA VA MAKTABGA TAYYORLOV GURUHIDA NUTQNI GRAMMATIK JIHATDAN SHAKLLANTIRISH Birinchi yarim yillik. Bolalar nutqini grammatik jihatdan shakllantirishni davom ettirish. Bolalarda o’z nutqi va boshqalar nutqiga nisbatan tanqidiy munosabatni tarbiyalash, ularda to’g’ri jumla tuzish malakalarini mustahkamlash. Ot, sifat, fe’llarning murakkab grammatik shakllaridan foydalanishni mashq qildirish. Ayrim jonivorlarning, narsalarning, uy-ro’zg’or buyumlarining, turli kasb egalarining nomlarini aniq aytishga o’rgatish. Bolalar nutqida uyushiq bo’lakli, yoyiq va qo’shma gaplarning turli xillaridan (bog’langan qo’shma gap, ergashgan qo’shma gap) foydalanish malakasini mustahkamlash. Masalan: Lola keldi va biz o’ynadik. Yomg’ir yog’di, shuning uchun biz ekskursiyaga bora olmadik. Bunda ko’makchi va bog’lovchi so’zlardan foydalanishga o’rgatish. Bolalarni ravishdan foydalanishga o’rgatish (tez yurdi, sekin gapirdi) so’z yasash malakalarini mustahkamlash (o ‘qit — о ‘qituvchi, baliq — baliqchi va boshqalar). Bir fikrni turli so’zlardan foydalanib bayon qilishga o’rgatish: Ra ho kasal. Ra’no betob. Ra honing boshi og’riyapti. Ra honing tobiyo’q. Bolalarni bir fikrni turli usulda ifodalashga o’rgatish. Masalan: Biz sayohatga bormaymiz, chunki yomg’ir yog’a boshladi. Yomg’ir yog’a boshlagani uchun, biz sayohatga bormadik. Bolalar nutqini grammatik jihatdan shakllantirishning eng qulay va samarali usuli, bu—og’zaki mashq va o’yinlardan foydalanish. Masalan: ‘Ayt-chi, qanday?" og’zaki o’yini; ‘Qor qanday? — Oppoq, muzday, sovuq, mayda; Gul qanday? — Chiroyli, qizil, xushbo’y" va h. k. Ikkinchi yarim yillikda sodda va qo’shma gaplar tuzishga (av- val naniuna asosida, keyin mustaqil), so’z turkumlaridan foydalanishga o’rgatish. Bolalarda sonni otga (beshta nok, ettita olnui), sifatni otga (chiroyli ko’ylak, qizil olma), sifatni fe’lga (yoqimli kuyladi, chiroyli yozdi) bog’lab, so’z birikmalari hosil qilish, hayvonlarning bolalari nomini bildiruvchi otlarni ko’plikda (toychoqlar, qo’zi- choqlar, buzoqchalar) to’g’ri ishlatish malakalarini takomillash- tirish. Bolalarni turli usullar bilan yangi so’zlar yasashga (gul— guidon, gulzor, gulchi, gulli; suv—suvli, suvchi va boshqalar), nutqda sifatdoshlardan (o’ynayotgan bola) foydalanishga o’rgatish. Download 32.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling