Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish uslubiyoti referat


Download 32.21 Kb.
bet7/8
Sana07.03.2023
Hajmi32.21 Kb.
#1245239
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nutqni grammatik tuzilishini shakllantirish ishining vazifalari va mazmuni

O’yinning borishi. Tarbiyachi gapning bosh qismini aytadi, bolalar esa uni to’ldirib, ergashgan qo’shma gap tuzadilar.
Tarbiyachi grammatik materialni oldindan tanlavdi, masalan: ‘Biz gullarga suv quyamiz, chunki...(ularning o’sishi uchun namlik kerak)’’.
4. Bolalarning kundalik nutqidagi grammatik xatolarni tuzatish uslubiyoti
Bolalar nutqini grammatik jihatdan shakllantirish doimiy, uzluksiz jarayondir. Bolalar nutqining holatini faqat mash- g’ulotlardagina kuzatib bormasdan, balki ularning kundalik hayot jarayonida ham kuzatib borish kerak.
O’z vaqtida tuzatilmagan grammatik xato bola nutqida mustahkamlanib, uni tinglayotgan boshqa bolalar nutqida ham grammatik xatoiarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Maxsus mashg’ulotdan tashqari ish bolalar nutqidagi grammatik xatolarni bartaraf etishga qaratilishi kerak.
Bola nutqidagi xatolarni do’stona, xushmuomalalik bilan tuzatish kerak. Hech vaqt bola nutqidagi xatoni takrorlash yaramaydi, yaxshisi grammatik shakli to’g’ri bo’lgan so’zni. gapni oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish mash- g’ulotlarida, ta’limiy o’yinlarda takrorlash joizdir, tarbiyachi barcha mashg’ulotlarda bola nutqini kuzatib borishi va grammatik xatolarini tuzatishi shart, ayniqsa, oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish mashg’uloti bolalardan aniq nutqni talab etadi. Bolalar bu mashg’ulotda predmetlarni (narsa-buyumlarni) sanaydilar va harakatlarini so’z bilan ifodalaydilar. Shuning uchun tarbiyachi bolalarning sonlarni to’g’ri o’zlashtirishlarini kuzatib borishi kerak. Masalan, beshta sabziga ikkita sabzini qo’shamiz va hokazo.
Bola nutqidagi grammatik xatolarni mashg’ulot jarayonida etarli ovoz tonida, boshqa bolalarga eshitarli qilib to’g’rilash kerak. Ba’zi hollarda aytib turishdan, ayniqsa, katta guruhda qayd qilishdan: ‘Sen yana noto’g’ri aytding!"; esga tushiruvchi savoldan: ‘Sen ‘termometr" so’zini qanday aytishni esdan chiqaribsan yoki imo-ishoradan foydalanadi.

Adabiyotlar:






  1. Download 32.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling