Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish uslubiyoti referat


Download 32.21 Kb.
bet6/8
Sana07.03.2023
Hajmi32.21 Kb.
#1245239
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nutqni grammatik tuzilishini shakllantirish ishining vazifalari va mazmuni

O’yinning materiali. Kishilar, hayvonlar, tabiat hodisalari va boshqalarni aks ettiruvchi predmetli suratlar.
0’yinnning borishi. Tarbiyachi bolalarga bir qancha suratlarni ko’rsatadi. Bolalar 10 ga yaqin ko’rsatilgan suratlardan kamida ikkita-uchtasidan foydalanib, oddiy va murakkab gaplar tuzishlari lozim. Masalan, tarbiyachi o’t, kurtak chiqarayotgan daraxt, bog’, barg, qushlar ini, bolalar, qaldirg’och, buta, quyosh va hokazolarning tasviri tushirilgan suratlarni tanlaydi. Bolalar shu suratlar asosida gap tuza boshlaydilar: ‘Daraxt kurtaklaridan yosh barglar chiqa boshladi, chunki ularni quyosh isitdi"; ‘Quyosh nurlaridan maysalar usti yaltiraydi"; ‘Bahorda qaldirg’och in qurdi", ‘Bahor keldi, daraxtlar kurtak chiqarib, barg yoza boshladi", ‘Bahor keldi, kunlar isidi, daraxtlar gulladi". So’ngra tarbiyachi faol qatnashgan bolalarni rag’batlantiradi.
O’yinning nomi: ‘Kim bilsa, davomini aytsin."
O’yinning maqsadi. Bolalarni oddiy yoyiq gaplar tuzishga o’rgatish, to’g’ri so’z tanlash ustida mashq qilish.
O’yinning borishi. Tarbiyachi bolalardan birontasiga istagan bir so’zni aytishni taklif etadi. Uning yonida o’tirgan bola esa o’rtog’i aytgan so’z ma’nosiga mos shunday so’z tanlashi kerakki, undan gap hosil bo’lsin, shu tariqa uchinchi, to’rtinchi, be- shinchi bola hosil bo’lgan gapni kengaytiruvchi so’zlarni aytadi. Shu tariqa bir-biriga bog’langan, ma’lutn bir mazmunga ega bo’lgan gap tuzdiriladi. Masalan: birinchi bola ,,fong“ so’zini aytadi, ikkinchisi ‘otdi" so’zini aytib, gap hosil qiladi — ‘Tong otdi"; uchinchisi ‘Tong otdi, quyosh chiqdi", to’rtinchisi ‘Tong otdi, quyosh chiqdi va nur sochdi", beshinchisi ‘Tong otdi, quyosh nurini sochdi, hamma uyg’ondi". So’ngra bolalar tomonidan aytilgan boshqa so’zlar yordamida gaplar tuzdiriladi. O’yinda faol qatnashgan bolalar tarbiyachi tomonidan rag’- batlantiriladi.
O’yinning nomi: ‘Gapni to’ldir".
O’yinning maqsadi. Bolalarni ergashgan qo’shma gaplar tuzishga o’rgatish ustida mashq qildirish.

Download 32.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling