Kurs ishning maqsad va vazifalari:
Mamlakatni modernizatsiyalash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida korxonalarda davr xarajatlari hisobining nazariy, uslubiy va amaliy jihatlarini o‘rganish asosida davr xarajatlari hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishining ilmiy yangiligi:
Ushbu qo‘yilgan maqsadga muvofiq ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
mamlakatni modernizatsiyalashd jarayonida korxonalarda yuzaga keladigan xarajatlarni iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra ilmiy-nazariy asosda turkumashtirish;
davr xarajatlarining iqtisodiy mohiyati va mazmunining nazariy asoslarini tadqiq etish;
davr xarajatlarini buxgalteriyada hisobga olishning maqsad va vazifalarini belgilash, ularni dastlabki hujjatlar hamda hisob registrlarida aks ettirilishini ko‘rib chiqish;
davr xarajatlarining baho siyosatini shakllantirishdagi o‘rni va mohiyatini asoslash;
hisob tizimini boshqaruv talabalariga moslashtirish yo‘nalishlarini o‘rganish;
moliyaviy natijalarni shakllantirish jarayonida davr xarajatlarining tutgan o‘rni va ta’sir darajasini aniqlashdan iborat.
Kurs ishini tayyorlash jarayonida joriy davr iqtisodiy ilmida qo‘llaniladigan huquqiy va uslubiy tamoyillarga amal qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Farmonlari, asarlari, nutq va maqolalari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq Qo‘mitasining me’yoriy hujjatlari va yo‘riqnomalaridan keng foydalanildi. Mavzuni yoritishda buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan, hisoblash va tahlil qilish usullaridan foydalanildi. Shuningdek, moliyaviy boshqaruv hisobi va iqtisodiy tahlil bo‘yicha mamlakatimiz va xorijdagi yetakchi iqtisodchi olimlarning asarlari uslubiy va nazariy manba bo‘lib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |